Reja: Kirish Korxona moliyasini tashkil etishni nazariy asoslari. Korxonalarning vjkbyaviy xo’jalik faoliyatining nahlil etish fvfkbeoti Korxonaning amortizasiya siyosati Korxonalar moliyaviy faoliyatini baholash asosllari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Moliyaviy hisobot – xo‘jalik subyektlari to‘risida ma’lumot olishning manbai sifatida



Download 275 Kb.
bet5/8
Sana01.04.2022
Hajmi275 Kb.
#523238
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Курс иши

3. Moliyaviy hisobot – xo‘jalik subyektlari to‘risida ma’lumot olishning manbai sifatida.
“Korxona moliyaviy mablag’lari bu xo‘jalik yurituvchi subyektning ixtiyorlarida bo‘lgan va moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga doir harajatlarni amalga oshirishiga va korxona xodimlarini iqtisodiy rag’batlantirishga mo‘lljallangan pul daromadlari va tushumlaridir”. Korxonalar moliyaviy mablag’lar hisobidan o‘z-o‘zini moliyalashtiradi: Korxona moliyaviy mablag’lari bir qancha manbalar hisobiga shakllanadi. Bu manbalarning ko‘pgina olimlari o‘z asarlarida sanab utishgan. Jumladan, V.A.Chjen Korxona moliyaviy mablag’larini 3 guruhga bo‘lib ko‘rsatdi: O‘z mablag’lari hamda ularga tenglashtirilgan mablag’lar; moliyaviy bozorga safarbar qilinadiganlardan tushgan mablag’lar va qayta taqsimlash tartibida tushuvchi moliyaviy mablag’lar. A.Ulmasov va M. Sharifxujayevlar esa moliyaviy mablag’lar manbalarini birma bir tulik keltiradilar. Olimlarning fikrlarini solishtirib shuni anglash mumkinki, ular bir-biridan unchalik fark kilmaydi. Bu fikrlarni jamlab moliyaviy mablag’lar manbalarini qo‘yidagicha tasvirlash mumkin.
Moliyaviy mablag’larning dastlabki shakllanishi ustav fondi hisobiga amalga oshiriladi. Ixtiyoriy xo‘jalik yurituvchi subektning iqtisodiy shakllanishi asosiy va aylanma mablag’larini tashkil etish bilan boshlanadi va ularni qiymati ustav fondi miqdorini ko‘rsatadi.
Ustav fondi xo‘jalik yurituvchi subyektning xayotiy faoliyatini ta’minlash maqsadida uning ta’sischilari tomonidan kuyilgan ulushlari yig’indisini ifodalaydi. Binolar, inshootlar, jixozlar va boshqa moddiy boyliklar: yerdan, suvdan va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish huquqini, shuningdek boshqa mulkiy huquq; qo‘shma korxona katnashchilarining mamlakati milliy valyutasidagi pul mablag’lari korxonaning ustav sarmoyasi jumlasiga kiritilishi mumkin.
Moliyaviy mablag’larning asosiy manbai bo‘lib tayyor maxsulotni sotishdan, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarilishidan olingan tushum hisoblanadi. U qayta taqsimlash jarayonida korxona pul daromadlari shaklini oladi. Daromadlar korxonalarning odatdagi xo‘jalik faoliyati tufayli aktivlarning ko‘payishi yoki korxona majburyatlarining kamayishi bo‘lib, o‘z sarmoyasining ko‘payishiga olib keladi.
Moliyaviy mablag’lar asosan foyda hisobidan shakllanadi. “Foyda kapital va ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib akl-idrok bilan ish yuritib, xatarli ishga tavakkal qo‘l urganligi uchun tegadigan moliyaviy mablag’ hisoblanadi”. Foyda shakllanishi korxona faoliyatini eng muhim tomonidir. Foyda massasi natijani tashkil etadi va korxona faoliyati ko‘lamini ko‘rsatadi. Foydani harajatlar bilan taqqoslash korxona faoliyatini samaradorligini tavsiflaydi. Foyda o‘z asosiga ko‘ra 2qismdan iboratdir: real va potensial foyda
Real foyda-mahsulot sotishdan tushgan tushum bilan ishlab chiqarishga ketgan harajatlar o‘rtasidagi farqdir.
Potensial-foyda korxonaning sotishdan tashqari faoliyati bilan bog’liq bo‘lib, qiymati vaqt davomida o‘zgaradigan aktivlardan (qimmatbaho qog’ozlardan olinadigan daromad, mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad va hokazo) shakllanadi. Foydaning shakllanishi omillarini tashkil qiladi va firma ichini 2 guruhga bo‘lish mumkin.
Tashqi omillar umum iqtisodiy holat inflyatsiya darajasi, ayrim tovar bozorlarning o‘ziga hos xususiyatlariga bog’liq.
Foydaning ichki omillari qo‘yidagilardan iborat:
-Asosiy ishlab chiqarish faoliyati va sotishdan tashqari daromadlar;
-Innovatsiyalarni tadbiq qilish;
-Tavakkalchilikni boshqarish;
Mehnat jamoasining bo‘sh pul mablag’larni jalb etishi moliyaviy mablag’larni kushimcha manbai bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi emissiya aksiyalarni, chiqarilgan obligatsiyalarni va boshqa xil qimmatli qog’ozlarni sotish hissadorlik jamiyatlarida moliyaviy mablag’larning yana bir manbai bo‘lishi mumkin.
+immatli qog’ozlar bozorini shakllantirish jarayonida moliyaviy mablag’lar hosil bo‘lishini boshqa elementlarning qimmatli qog’ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlari, shuningdek qimmatli qog’ozlar bilan o‘tkazilgan operatsiyalarda musbat kurs tafovutiga erishilishi singari yangi manbalari paydo bo‘ladi.
Ixtyoriy korxonada ishlab chiqarish jarayonining moddiy texnika asosi bo‘lib asosiy ishlab chiqarish fondlari hisoblanadi. Asosiy fondlarning dastlabki shakillanishi, amal qilishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish, bevosita moliyaviy mablag’lar ishtirokida amalga oshiriladi. Asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qarab ularni qiymati 2 ga bo‘linadi:
1) Mahsulot tarkibiga kirib ketuvchi eskirish qiymati.
2) Amal qilayotgan asosiy fondlarning qoldik qiymati.
Asosiy fondlarning eskirgan qiymati mahsulot sotuvi davomida sekin astalik bilan maxsus amortizatsiya fondida pul shaklida jamlanadi. Asosiy vositalarning eskirishi ularni belgilangan xizmat muddati davomida hisoblanadi. Sarflash zaruriyati esa ularni haqiqiy hisobdan chiqarilganda paydo bo‘ladi. Shuning uchun ekspulatatsiyadan chiqarilgan asosiy fondlarni almashtirilguncha hisoblangan amortizatsiya ajratmalari vaqtincha bush hisoblanadi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni qo‘shimcha manbai sifatida ishlatilishi mumkin. Korxona tomonidan amortizatsiyani hisoblash usulini tanlash moliyaviy resurlar shakllanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki bu korxonaning asosiy moliyaviy proporsiyasiga uning sof foydasiga va pul muomalasiga, mablag’ bilan ta’minlashning ichki tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Amortizatsiya hisoblash uchun O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy andozasini 22-28 chi bandlarida ko‘rsatib utilgan.
Bunga ko‘ra amortizatsiya hisoblashni quyidagi usullari ajratib ko‘rsatiladi.

  1. Amortizatsiyani baravar hisoblash usuli.

  2. Ishlab chiqarish usuli.

  3. Jadaldashtirilgan amortizatsiya usuli.

Amortizatsiyani baravar hisoblash usuli shundan iboratki, asosiy vositalarning eskirishi ularni foydali ishlatish muddati davomida asosiy vositalar qiymatidan bir ulushda hisoblab chiqariladi. Shunga muvofiq amortizatsiya ajratmalarni hisoblab chiqish formulasi kuydagicha:
Ak- Asosiy vositalar qiymati.
An- Amortizatsiya normasi.
Ishlab chiqarish usuli esa har bir aniq yil davvomida asosiy vositani ishlab chiqarishni hisobga olishga asoslangan. Bu usul bo‘yicha eskirishning yillik miqdorini hisoblash uchun asosiy vositani foydali ishlatishning butun muddati uchun umumiy ishlab chiqarishni hisobga olishga asoslangan.
Ushbu usul bo‘yicha eskirishning yillik miqdorini hisoblash uchun asosiy vositani foydali ishlashining butun muddati uchun umumiy ishlab chiqarish
Yillar yigindisi usuli (akumuliyativ usul) qoldiqning kamayishi usuli aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qilinadigan summaning kamayib borishini bildiradi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, baravar ishlab chiqarish usulidagi eskirish me’yori asosiy vositaning qoldik qiymatiga qo‘llaniladi. Uni hisoblanishicha
Ap q2 An (Ak * A )(
Ap-p- yildagi amortizatsiya summasi.
An -asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati
Ak-k-yilgacha bo‘lgan amortizatsiya summasi yigindisi.
Yillar yigindisi usuli mohiyati shundan iboratki har bir yilda amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddatining oxrigacha qolgan amortizatsiya qilinadigan qiymatdagi ulush sifatida aniqlanadi. Bu ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguncha qolgan tulik yillarning miqdorini amortizatsiya muddatini tashkil etuvchi yillarning tartib soni miqdorga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Asosiy vositalarning har xil turlariga amortizatsiya hisoblashning har xil usullarga qo‘llanishga yo‘l qo‘yildi. Bunda asosiy vositalarning bir turiga faqat bir usul qo‘llanishi lozim bo‘ladi.
Qo’shimcha moliyaviy mablag’larni jalb qilish shakllaridan biri bu qimmatli qog’ozlarni chiqarish miqdorini aniq bir yilda ishlab chiqarilishni bilish zarur. Ishlab chiqarish sifatida mahsulotning ishlab chiqarilgan birligi miqdorini, necha soat ishlaganini qabul qilish mumkin.
Asosiy vositalardan intensiv foydalanganida, shuningdek fan texnika taraqqiyoti asosiy vositalarning eskirishiga katta ta’sir o‘tkazganda asosiy vositalarning eskirishi jadalashtirilgan amortizatsiya yo‘li bilan hisoblanadi. Jadallashtirilgan amortizatsiya usulining mohiyati shundan iboratki, aylanmadan tashqari aktivlardan foydalanishning dastlabki yillarida ular dastlabki qiymatning asosiy qismi hisobidan chiqariladi. Bunga birinchidan, aylanmadan tashqari aktivlardan eng ko‘p foydalanish jadalligi ular xali fizik va ma’naviy jihatlardan yangi hisoblangan ulardan foydalanishning birinchi yillariga to‘g’ri kelishi; ikkinchidan, amortizatsiya qilinadigan obyekti tezlikda ma’naviy eskirgan takdirda uni almashtirish uchun rezerv yaratilishi: uchinchidan, amortizatsiya qilinadigan obektlardan foydalanishning oxirgi yillariga to‘g’ri keladigan, ularni tuzatishga sarflanadigan harajatlar ulushini ishlab chiqarish chikimlarni ko‘paytirmasdan ko‘paytirish imkoniyatini ta’minlashi sabab bo‘ladi. Bu usul ikki xil yo‘l bilan hisoblanadi:
Amortizatsiyaning ikki baravar ko‘paytirilgan me’yori bilan kamayadigan qoldiq usuli. qimmatli qog’ozlarni chiqarish va sotishda korxona ma’muriyati quyidagi muammoni xal etishi kerak. +aysi qimmatbaho qog’ozni chiqarib sotganda eng yuqori natijani xal eta oladi. Agar korxona o‘z mulkining bir qismidan foydalanish huquqini boshqasiga berishni hohlamasa obligatsiyalarni chiqarish maqsadga muvofiqdir. Obligatsiya aksiyadorlik jamiyati tomonidan uning faoliyatini mablag’ bilan ta’minlash uchun qarz mablag’lari manbai sifatida chiqariladi. Obligatsiyalar chiqarishda qarz oluvchi bilan qarz beruvchi o‘rtasida kontrakt to‘ziladi, kontraktda taraflarning huquq va majburiyatlari belgilanadi. Obligatsiya chiqargan aksiyadorlik jamiyat sharnomaga muvofiq olingan summani va bu bo‘yicha hisoblangan foizlarni belgilangan muddatlarda to‘lashi kerak. Obligatsiya u teng egasiga ovoz berish huquqini bermaydi. /arb mamlakatlarida amaliyotda obligatsiyalarning xillari ko‘p. Masalan, obligatsiyalar ta’minlangan va ta’minlanmagan, boshqa qimmatli qog’ozlarga konvertatsiya qilinishi yoki qilinmasligi, foiz to‘lashning mutlaqo har xil shartlariga ega bo‘lishi mumkin va boshqalar.
Obligatsiyalar nominali bo‘yicha, mukofotli yoki diskont bilan sotilishi mumkin. Mukofot ham, diskont ham ushbu qarz mavjud bo‘lishi muddati davomida asta-sekin hisobdan chiqariladi.
Ayrim hollarda obligatsiyallar chiqarishda kontraktda qarz oluvchi qarz mavjud bo‘lishi davomida pul mablag’larni davriy ajratmalar ko‘rinishida obligatsiyalar haqini o‘z ulushi uchun maxsus jamg’armaga zaxira qilinishi qayd etilgan bo‘ladi.
Agarda korxona ishlab chiqarishni kengaytirishi boshqa investorlarning kapitalsiz amalga oshmasa u aksiya chiqarishga qaror qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “+immatli qog’ozlar va fond birjasi to‘g’risidagi” qonuniga muvofiq mamlakatimizda aksiyani amalda bo‘lishiga ruxsat berilmagan.
Korxona aksiya chiqarishda uning turiga e’tibor berishi kerak. Aksiyaning bir necha turlari mavjud. Bir tomonidan aksiyalarni bir aksiyadordan boshqasiga berish usulidan kelib chiqib, ularning egasining nomi yozilgan aksiyalarga va taqdim qilinadigan aksiyalarga bo‘linadi, ikkinchi tomondan, jamiyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga muvofiq oddiy va imtyozli aksiyalarga bo‘linadi.
Egasining nomi yozilgan aksiyalar egalari aksiyadorlar reyestrida albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan aksiyalardir. +ulaylik nuqtai nazardan olganda aksiyadorlik jamiyati uchun egasining nomi yozilgan aksiyalar eng makbul hisoblanadi. Bu aksiyadorlik sarmoyasi harakati jarayonini va qimmatli qog’ozlarni ayrim aksiyadorlar kulida jamlanishini nazorat qilish hamda ularning chetga chiqib ketishini tartibga solish imkonini beradi. Nomi yozilgan aksiyalar o‘z likvidligiga ko‘ra istalgan vaqtda naqd pulga aylanishi jihatdan aksiyadorga birmuncha ijobiy ta’sir qiladi. Taqdim qilinadigan aksiyalar esa ya’ni egasini biror joyda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ikkilamchi bozorda erkin sotiladi bu esa uning likvidligini ta’minlaydi.
Aksiyalarni ushbu turlari qayta sotilishining har xil mexanizmlari mavjud nomi yozilgan aksiyalarning egasi jamiyatdan uni harid qilishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan egasining nomi yozilgan aksiyalarni olish mumkin, ular mavjudligini qayta ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlaydi.
Taqdim qilinadigan aksiyalarni qayta sotish qimmatli qog’ozning bir mulkdordan boshqa mulkdorga to‘g’ridan-to‘g’ri o‘tishdan iborat.
Biz yuqorida aksionerlar jamiyatini boshqarishda ishtirok etishi huquqiga qarab ikkiga bo‘lgan edi ya’ni oddiy va imtiyozli aksiyalar.
Oddiy aksiyalar unga tegadigan dividend, foydaga qarab har xil bo‘ladi. Uning miqdori qat’iy kafolatlanmaydi, ammo egasiga aksionerlik jamiyatini yiginida ovoz berib, uning ishini xal etishda ishtirok etishi huquqini beradi. Bunday aksiyalarni egalari boshqa qimmatli qog’ozlar egalariga nisbatan ko‘proq o‘z zimmalariga olganliklari tufayli shunday aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendlar yuqoriroq qilib belgilinadi.
Imtiyozli aksiya shunday aksiyaki, unga tegadigan dividend foydaga qarab emas balki zayom to‘lagani kabi oldindan belgilangan qat’iy foizlarda beriladi. Agar joriy yilda daromad tegmay qolsa, u holda uning kelajakda olinishi kafolatlanadi. Ammo imtyozli aksiya egalari aksionerlar majlisida ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaydilar.
Korxona moliyaviy mablag’larning muhim manbalaridan yana biri bu xo‘jalik yurituvchi subyektning doimiy ixtiyorida bo‘ladigan kreditorlik qarzlarida ular asosan qo‘yidagilardir: ish haqi yuzasidan qarzdorlik, mehnatga haq to‘lash fondi bilan bog’liq budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar, kelgusi to‘lovlar uchun rezervlar va boshqalar kutilayotgan to‘lovlar uchun rezervlar ishchilarning mehnat ta’tillarini ta’minlash yoki moliyalashtirish uchun mo‘ljanlangan mablag’larni to‘lash orqali shakllantiriladi.
Moliyaviy mablag’larni to‘g’ri shakllantirishni o‘zigina xo‘jalik subyektlari faoliyatining ijobiyligidan darak bermaydi. Balki har bir korxona moliyaviy mablag’larni shakllantirish bilan birga uni to‘g’ri sarflanishini, qaysi yo‘nalishga ishlatilishni xal qilish lozim. Moliyaviy resurlarni ishlatilishi korxona tomonidan ko‘p yo‘nalishlarida amalga oshiriladi.
Moliyaviy resurslar ishlab chiqarishni rivojlantirishga, iste’molga hamda zaxirani shakllantirishga yo‘naltiriladi. Takror ishlab chiqarish jarayonini sotish bosqichini rivojlantirishga mo‘lljallangan moliyaviy mablag’lar pul shaklidagi kapitalni ifodalaydi. Kapital -bu aylantirishga kuyilgan pullar bo‘lib aylanish jarayonida o‘zini ko‘paytiruvchi pullar hisoblanadi. Pul aylanishi ularni tadbirkorlikka yunaltirish vositasida, ssudaga berish vositasida, qarzga berish bilan amalga oshiriladi. Kapital quyish shakliga qarab tadbirkorlik va ssuda kapitaliga ajartishimiz mumkin.
Tadbirkorlik kapitali turli tashkilotlarga to‘g’ri yoki potrfel investitsiyalar sifatida kuyilgan kapitaldir. Bunday kapital quyish foyda olish maqsadida yoki korxonani boshqarish huquqini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Ssuda kapitali bu qaytaruvchanlik va to‘lovchanlik shartlari asosida qarzga berilgan pul mablag’laridir. Ssuda kapitali tadbirkorlik kapitalidan farkli o‘laroq u korxonaga investitsiya qilinmaydi, balki boshqa investorga foiz evaziga vaqtinchalik foydalanishga beriladi. Ssuda kapitali tovar sifatida namoyon bo‘ladi va uning bahosi u bo‘yicha to‘lanadigan foizlar hisoblanadi.
Korxona moliyaviy mablag’lari moliya-bank tizimi tashkilotlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun ham ishlatiladi. Bularga: budjetga soliqli to‘lovlar, kreditlardan foydalanganlik uchun bank foizlari, avval olingan ssudalarni to‘lanishi, sug’urta harajatlari va boshqalar kiradi. Xozirda bozor iqtisodiyoti asosidagi iqtisodiy tizim korxonalari o‘z faoliyatlari hamda mol-mulkini sug’urta qilishni zarur qilib kuymokda. Bu esa o‘z navbatida moliyaviy mablag’larni bir qismini sug’urta harajatlariga sarflashga olib kelmokda. Moliya-bank tizimi tashkilotlarga to‘lovlarini soliq bo‘yicha imtiyozli bank foizlariii sug’urta holati ruy berganda to‘lanadigan sug’urta to‘lovi sababini kamayishi korxona moliyaviy mablag’larini o‘zida qolishini taminlaydi. Natijada bo‘sh moliyaviy mablag’ni vujudga keltirishda korxona moliyaviy mablag’larni xayriya maqsadlarga, xomiiylikka, hamda rag’batlantiruvchi va ijtimoiy harakatda bo‘lgan pul fondlarini shakllantirish mumkin. Moliyaviy mablag’larni bunday yo‘nalishga ishlatilishi to‘g’ridan -to‘g’ri foyda keltirmasa ham ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishga, korxona obrusiini oshishiga va sotish jarayonini tezlashishiga ijobiy ta’sir qiladi bu esa foydani oshishiga olib keladi.
Xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmi asoslariga o‘tib borishi xususiylashtirilgan korxona rahbarlari, aksiyadorlik a’zolari, shuningdek moliyaviy-iqtisodiy xizmatlarning roli kuchli darajada oshadi. Korxonaning me’yordagidek faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun moliyaviy manbalarni izlash moliyaviy mablag’larni eng samarali quyish yo‘nalishlarini aniqlash, qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirishni va moliyaviy menejementning boshqa masalalari korxonalar moliyaviy xizmatchilarining asoiy vazifalariga aylanadi. Korxonalar moliiyaviy xizmati xodimlari va raxbarlari moliyaviy mablag’larni investitsiya qilishnng maqsadlari to‘g’risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari hamda ularni jalb etish bo‘yicha ma’lum qaror qabul qiliishlari kerak. +isqa va o‘rta muddatli mablag’larga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun kredit muassasalarining ssudalarini ishlatish maqsadga muvofiqdir.
+o‘shimcha daromad olish maqsadida pul mablag’larini boshqa korxonalarning qimmatli qog’ozlariga qo‘yishda moliya xizmatchilari, agar ular o‘z korxonasiga zarar yetkazishni hohlamasalar balki uni gullab -yashnashiga kumaklashga intilsalar qo‘yidagi talablarga rioya etishlari shart:
-boshqa korxonalarni qimmatli qog’ozlarini sotib olayotganda korxona Ortiqcha moliyaviy mablag’larni jalb qilishi kerak, bunda korxonada favqulodda holatlarga mo‘lljallangan pul mablag’lari bo‘lishi kerak.
-istalgan korxonani qimmatli qog’ozini sotib olishdan oldin uning faoliyatini moliyaviy natijalarini o‘zgarishini har tomonlama tahliliii qilib va o‘rganib chiqish kerak.
-boshqa korxonani aksiyalarini sotib olishda ishonchsiz tekshirib ko‘rilgan ma’lumotlardan foydalanish kerak emas. O‘zining daromadlari to‘g’risida hisobot bermaydigan korxonalarni aksiyalarni sotib olmaslik kerak.
Korxona bush pul mablag’larini joylashtirishda bir obyektga emas, balki halk xo‘jaligini turli tarmoqlariga yunaltirish zarur bu moliyaviy adashmovchiliklarni oldini oladi.
Aksiyalarga pul mablag’lari investitsiya qilingan korxonalarni moliyaviy hisobotlarni muntazam urganib borish zarur.
Korxonani aksiyalarning dividendlari pastligi qarabgina ularni sotib olishdan bosh tortish tavsiya etilmaydi. Ba’zan uzoq muddatda stabil harakterga ega bo‘lgan daromadlarni keltiradigan aksiyalarni dividendlari past bo‘lsa sotib olish maqsadga muvofiqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy mablag’larni taqchiligi ularni tashkil topish manbalarini hamda ishlatilishi yo‘nalishlarini tahlil qilishni taqozo etadi. Korxona moliyaviy mablag’lari tahlil qilinar ekan birinchi navbatda ularni tashkil etishi mablag’larini urganib chiqishi lozim. Biz bilamizki bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning xo‘jalik faoliyati va uning rivojlanishi asosan o‘z-o‘zini moliyalashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Korxonaning o‘z mablag’lari va chetdan jalb qilingan mablag’lar korxona moliyaviy mablag’lari manbalari hisoblanadi. Korxona moliyaviy mablag’lari manbalarini dinamikasini tahlil qilishda quyidagi jadvaldan foydalanamiz.
3. Jamiyatimiz taraqqiyotining bosh omillaridan biri milliy daromadni yaratuvchanlik faoliyatida ishtirok etuvchi xo‘jalik subyektlari faoliyatini samaradorligini oshirish va amaldagi iqtisodiy islohotlar ustivor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyatini keng kulamda rag’batlantirish, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, mamlakat milliy iqtisodiyotining eksport potensialini oshirish kabi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishidagi islohotlar hisoblanadi.
Buning uchun esa turli xil mulk shakllarida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlarida tadbrkorlik faoliyatini rag’batlantirish va ularnin ishlab chiqarish jarayoni samarasini o‘sishidan manfaatdorligini oshirish bo‘yicha yetarli moliyaviy iqtisodiy zamin yaratilish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat asosida faoliyat yurituvchi har qanday xo‘jalik subyektlari moliyaviy iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi bosh omillaridan biri ishlab chiqarilgan mahsulot sotuvi, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha olingan pul tushumlari hisoblanadi.
Mahsulot sotuvidan tushumning iqtisodiy mazmuni, birinchidan, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning iqtisodiy-moliyaviy natijalarini puldagi aks etishi hisoblanadi. Shuningdek mahsulot sotuvidan tushum takror ishlab chiqarish jarayonidagi yaratilgan tovarlarning abstrakt va konkret mehnatini o‘zida aks ettiradi ya’ni takror ishlab chiqarish jarayonining qayta ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol boskichlaridagi harajatlarning hamma elementlarini va foydani ya’ni yangidan yaratilgan qiymatni o‘z ichiga oluvchi asosiy moliyaviy kategoriya hisoblanadi.
Ma’lumki, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib berish bilan tugallanadi. Bozor munosabatlari sharoitida bu jarayen tayyer tovarlarni qiymatini o‘zaro ayirboshlash jarayeni natijasida sotuv qilinishi bilan belgilanadi. Tovarlar sotuvi ishlab chiqarish jarayenining muvaffakiyatli tugallanishini asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi va bir vaqtning o‘zida korxonaning me’yordagidek xo‘jalik faoliyatini yuritishda muhim hisoblanuvchi aylanma mablag’larini aylanishining tugallangan boskichi hisoblanadi. Sotuv qilingan tovarlar iste’molchilarga yuborilgan yeki korxonalar tomonidan turlicha pul shaklida tushumga ega bo‘lgan tayyor tovarlar hisoblanadi.
Mahsulot sotuvidan tushum o‘zida sotuv qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga korxona hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag’lari yigindisini o‘zida aks ettiradi. Mahsulot sotuvidan tushum korxonaning pul daromadlarini asosiy manbai hisoblanadi. Sotuvdan tushum muhim moliyaviy kategoriya sifatida tovarlar yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi pul munosabatlarini o‘zida aks ettiradi. Moliyaviy kategoriya sifatida tushum korxonalar moliyaviy mablag’larining va pul mablag’larining bosh moliyaviy manbai hisoblanadi. Shuningdek moliyaning koorxonalar doirasidagi taqsimot funksiyasini asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi.
Moliyaviy mablag’lar- mehnatga to‘lovlar fondi va pul qoplamalariga taqsimlanish jarayenida foydalanuvchi yalpi daromad va pul qoplamalaridan iboratdir, pul mablag’lari esa– aylanma mablag’lar va amortizatsiya hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda iqtisodiy adabiyotlarda sotuv qilingan mahsulot tushunchasi haqida turli xil karashlar mavjud. Xususan, vositachilik– ta’minot- savdo va tayyerlov tashkilotlarda ulgurji baholar bo‘yicha sotuvdan tushumni mahsulot sotuvidan tushum hisoblash mumkinmi?– degan bahsli munozara mavjud. +ator iqtisodchilar sotuv tushunchasi sotuvning asosiy obyekti hisoblangan tovarlarni bevosita iste’molchilarga tushishi bilan bog’liq deb hisoblaydilar.
Bu munozara kushilgan qiymat, aksiz soliqlarini to‘lovchilar haqidagi masalani xal qilishda kutariladi. Bu soliqlarning to‘lovchilari iste’molchilar hisoblanadi. Budjetga ularni tovarlar sotuvini kiluvchi korxona, soliq vositachilari keltirib tushiradi.
Bizning fikrimizcha, korxonalar moliyasi uchun muhim hisoblangan mahsulot sotuvi tushunchasining mohiyatini aniqlash uchun qo‘yidagilarni ko‘rib utish lozim:
Birinchidan- sotuvdan tushum qiymatning tovar shakli bilan pul shaklini o‘zaro almashishi hisoblanadi. Sotib oluvchi tomonidan tovarlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish natijasida tovar pul shakliga almashadi; ikkinchidan-subyektlar mulklari o‘zaro almashadi: tovarlarni to‘lovini sotib oluvchi amalga oshirganga kadar tovarlar mulkiy egaligi ishlab chiqaruvchida bo‘ladi. Tovarlarning to‘lovlari amalga oshirilgandan so‘ng sotib oluvchi mulkchilik subyektiga aylanadi.
Bu ikki jarayonning majmuasi, ya’ni mulk va qiymat shaklining o‘zaro almashuvi sotuv qilingan mahsulot tushunchasining iqtisodiy mohiyati hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, tayyer mahsulotning tovarlarni o‘zaro ayriboshlash operatsiyalari uchun foydalaniladigan qismini sotuv qilingan mahsulotga kiritish mumkin emas (Barter operatsiyalari).
Bizning fikrimizcha, bunday shartnomalarning amalga oshishi qonunchilik bilan cheklanishi lozim, modomiki, bu mamlakatdagi pul muomalasini buzilishiga olib keladi, mahsulot sotuvidan foyda miqdorini kamaytiradi va soliqqa tortishda chetlashish holatlarini vujudga keltiradi. Mahsulot sotuvdan tushum o‘lchoviga sotuv qilingan mahsulotning miqdori assortiment ko‘rsatkichlari, sotuv qilinadigan mahsulotlarning sifati, hisob kitob tartiblari va baholar ta’sir qiladi.
Mahsulot sotuvidan tushumning miqdoriga ishlab chiqarish xajmi bog’liq bo‘ladi va sotuv davrining boshi va oxiridagi sotuv qilinmagan qoldik mahsulotlar ulchamiga bog’liq. Umuman, hozirgi sharoitda ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish va mahsulot ishlab chiqarish birligini yuqori samaradorligini ta’minlash xukumatimiz tomonidan asosiy masala sifatida kuyilishi sharoitda korxonalarda mahsulot sotuvidan tushumni rejalashtirish va uning sifat ko‘rsatikichlarini oshirishning moliyaviy imkoniyatlarini yaratish muhim hisoblanadi.
Sotuv qilingan mahsulotlarning assortiment ko‘rsatkichlari tushumga faol ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida tushumga ikki tomonlama ta’sir qiladi. Tovarlar bahosini o‘sishi sharoitida mahsulot assortimentlarining ham yuqori bo‘lishi tushum miqdorining oshishiga olib keladi. Bu yerda shuni takidlash lozimki, tushumning miqdor ko‘rsatkichlariga baholarning o‘sishiga to‘g’ri proporsional ammo, teng shart sharoitlarda baholarning o‘sishi mahsulot sotuvini xajmini pasaytiradi. Natijada korxonalarning yetarli darajadagi pul tushumlari shakllanmaydi. Bu holat albatta, birlamchi darajadagi to‘lanishi zarur bo‘lgan joriy majburiyatlarni qaytarish imkoniyatini pasaytiradi va korxonaning moliyaviy holati yomonlashishi mumkin.
Sotuv qilingan mahsulotning sifati ham tushum o‘lchoviga ikki tomonlama ta’sir etadi. Tayyer mahsulot bahosiga uning sifati va iste’mol xususiyati ta’sir qiladi.
Mamlakatdagi to‘lov hisob kitob tartiblari ham sotuvdagi tushumga ta’sir etadi.
Mahsulot sotuvidan tushumning iqtisodiy mohiyati nuqtai nazardan ikki elementdan tashkil topadi. Birinchisi, yalpi daromad ikkinchisi pul jamg’armalari.
Mahsulot sotuvidan tushum taqsimot munosabatlarining bosh moliyaviy ko‘rsatkichlari sifatida o‘ziga hos xususiyat kasb etib bunday xususiyatlar turli mulk shakllarida va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxonalar nuqtai nazardan turkumlanadi. Xususan, moddiy ishlab chiqarish korxonalarida asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi sifatida olingan foydaning bosh moliyaviy manbai ishlab chiqarilgan tovarlar sotuvidan tushgan tushum hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlarida esa ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga olingan pul tushumlari asosiy faoliyatning moliyaviy natijalarini moliyaviy manbai hisoblanadi. Umuman olganda moliyaviy nuqtai nazardan bu ikki xo‘jalik subyektida mahsulot sotuvidan tushumning shakllanishi bir mazmunni anglatadi ya’ni avanslangan kapitalning foydaliligi, samaradorliligini belgilab beruvchi bosh moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining texnik iqtisodiy asoslari nuqtai nazardan korxonalarda mahsulot sotuvidan tushumning shakllanish yo‘nalishlari farklanadi. Masalan, moliyaviy sektor institutlarida mahsulot sotuvidan tushgan tushum emas balki operatsion daromadlar sifatida hisoblanadi.
Mahsulot sotuvidan tushum moliyaviy kategoriya sifatida taqsimot munosabatlarining asosiy manbai hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushum moliyaning asosiy harakterli belgilaridan bo‘lgan pul fondlarini shakllantirishdagi asosiy moliyaviy manbalardan biri hisoblanadi.
Har qanday qiymat taqsimot munosabatlari umumiy ekvivalent ya’ni pullar vositasida amalga oshiriladi. Shuningdek taqsimlash xarakteridan iborat bo‘lgan pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi
-moliyaviy bozorlardan jalb qilingan mablag’lar;
-moliya bank tizimidan qayta taqsimlash natijasida kelib tushgan mablag’lar.
Korxonaning xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lari qatoriga foydaning hamma turlari, amortizatsiya, mahsulot sotuvidan tushgan tushum, barqaror passivlar, chiqarib yuborilgan mulklarni sotishdan tushgan tushumlar va boshqalar hisoblanadi.
Moliyaviy bozorlardan jalb qilingan mablag’larga xususiy aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushgan tushum va kredit investitsiyalari kiritiladi.
+ayta taqsimlash tartibidagi pul mablag’lariga sug’urta to‘lovlari, dividendlar va foizlar, pay badallari, budjet subsidiyalari va boshqalar kiritiladi.
Bizning fikrimizcha, moliyaviy mablag’lar kategoriyasini bu usulda yoritish nisbatan kamchiliklarga egadir. Chunki, moliyaviy mablag’larga ta’rif berilganda moliyaviy majburiyatlarni bajarishga yo‘naltirigan pul daromadlari va tushumlari ham kiritilgan. Moliyaviy mablag’larning manbalari sifatida esa asosan xususiy va unga tenglashtirilgan mablag’lar hisoblanmokda.
Ma’lumki, korxonaning oldidagi budjetga to‘lovlar (soliqlar) va ajratmalar, budjetdan tashqari fondlarga ajratma shaklidagi to‘lovlarning nafaqat foydadan to‘lanadi. Balki, ularning ma’lum qismi, tannarxni tarkibiga ham kiritiladi. Shuning uchun ham korxonaning xususiy moliyaviy mablag’larini shakllanish manbalari yalpi foyda emas balki yalpi daromad hisoblanadi.
Korxonalar doirasida shakllantiriladigan moliyaviy mablag’larning ulchami, zaruriy kapital kuyilmalarni moliyalashtirish, aylanma mablag’larni ko‘paytirish, hamma turdagi moliyaviy majburiyatlarni amalga oshirish, ijtimoiy harakterdagi extiyojlarni ta’minlash imkoniyatlarini aniqlaydi.
Korxonalarda mahsulot sotuvidan tushgan tushumning tarkibiy elementi sifatida moliyaviy mablag’lar fond va nofondli ko‘rinishlarda foydalaniladi. Chunki, moliyaviy mablag’larni bir qismi hisobiga turli xil pul fondlari shakllantiriladi, shuningdek uning ma’lum bir qismi, korxonaning majburiyatlarini bajarish uchun yo‘naltiriladi.
Amaliyotda, pul mablag’lari, pul moliyaviy mablag’lar, pul fondlari tushunchalari guyoki bir xildagidek qabul qilinadi. Ammo, ularning o‘rtasida jiddiy farklanishlar ham mavjud.
Pul mablag’lari- moliyaviy mablag’larga nisbatan kengrok ma’noga ega bo‘lgan tushunchadir. Moliyaviy mablag’lar esa korxona pul mablag’larining faqatgina aylanmada bo‘lgan qisminigina anglatadi.
Pul fondlari esa moliyaviy mablag’lardan fondli shakllardagi yo‘nalishlarda foydalanish natijasida shakllantirilgan foyda hisoblanadi.
Pul mablag’lari va moliyaviy mablag’larning o‘rtasidagi fark mahsulot sotuvidan tushgan tushum mohiyatini yoritish misolida aniqlanadi. Korxonaning bankdagi hisob raqamiga kelib tushgan tushumning umumiy summasi pul mablag’lari o‘lchamini bildiradi. Mazkur pul mablag’lari umumiy summasidan sezilarli qismi, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, elektoenergiya shaklida ishlab chiqarish jarayoniga avanslashtirilgan shaklidagi aylanma mablag’lar va qolgan qismi sof tushum sifatidagi yalpi daromad moliyaviy mablag’larning manbai hisoblanadi.

Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish