6. Pul oqimi harakati
Boshqa ishlatinishlar 2001 yilda 3218 ming sum, 2002 yilda 3172 ming sum, 2003 yilda 16171 ming sum bo‘lgan. Jami foydadagi salmogi yillarga mos ravishda 31%, 16,9% va 25,4% teng bo‘lgan. Boshqa ishlatishlarda aksiyalar uchun dividend to‘lash yuqori salmokka ega 2001 yilda 21,7% foyda dividendga sarflangan bo‘lsa, 2002 yilda 13,5%, 2003 yilda 17,8% foyda sarflangan.
Moddiy rag’batlantirish fondi uchun ajratmalar yillar davomida usib borgan bo‘lsada, foydani ishlatishdagi salmogi pasayib borgan.
Ishlab chiqarishni rivojlantirishga foydaning 2002 yilada ishlatilishi 544,4 ming sum bo‘lgan. 2003 yilda 4036,3 ming sumni tashkil etgan. 2000 yilda foydaning 5,2%, 2001 yilda 1,2% 2001 yilda 6,3% ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarflangan. Bu miqdor juda oz bo‘lib korxona ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘proq mablag’larni joriy etishi lozim. Korxona uchun dividendlar xajmini oshirish albatta yaxshi, lekin shu hisoblangan dividend miqdorini xissadorlar bilan kelishib ishlab chiqarishga qayta investitsiya qilish korxona uchun ham, hissadorlar uchun ham foydalidir.
Sof foydani taqsimlashda qo‘yidagi maxsus jamg’armalarni tashkil qilish asosida bo‘lishi mumkin: Jamg’arma fondi va iste’mol hamda foyda bevosita alohida yo‘nalishlarga bo‘linib zaxira jamg’armalarini tashkil qilishi mumkin.
Jamg’arma fondlari qo‘yidagi tarkiblarni moliyalashtirishga foydalaniladi: Ilmiy-tadqiqot ishlarga loyixalash, konstruktorlik va texnologik ishlarga, yangi mahsulot va texnologik jamg’armalarni ishlab chiqarish va uni o‘zlashtirish ishlariga texnika bilan qayta kurollantirish va korxonani sex bo‘limlari qayta tiklash, uzoq muddatli ssudalarni qaytarishga va ularning foizlarini to‘lashga, tannarxga olib boriladigan summadan tashqari qisqa muddatli ssudalarni to‘lashga, aylanma mablag’larning o‘sishini qoplashga tabiatni muxofaza qilishga, tadbirkorlikka bog’liq harajatlarga boshqa korxonalarni nizom kapitalini tashkil kiluvchi sifatida qatnashilgandagi ma’lum darajadagi pay umumiy summalarini to‘lashga, xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z tarkibiga kirgan ittifokchi hissadorlik jamiyatlari yoki kompaniyalarga badal to‘lovlarini to‘lashiga.
Iste’mol fondi ijtimoiy zaruratga ishlatiladi. U jamg’arma hisobidan qo‘yidagi tadbirlarga bog’liq harajatlar moliyalashtiradi: ijtimoiy –maishiy obyektlardan foydalanishga noishlab chiqarish obyektlarini qurishga, sog’lomlashtirish va madaniy ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga, ishlab chiqarishga bog’liq mas’uliyatni ta’mirlashlarni bajarishga bog’liq ishlarni bajarganlik uchun beriladigan mukofotlarga moddiy yordam ko‘rsatishga nafakaga kushimcha pul mablag’larini ajratishga va boshqalarga yunaltiriladi.
Tadbirkorlikning maqsadi nafaqat yuqori foyda olish. Shu bilan birga korxonalar xo‘jalik faoliyatini yuqori darajadagi rentabellik qilishdan ham iboratdir. Rentabellik absolyut foydada ko‘rsatkichdan farqli ularoq nisbatan olingan ko‘rsatkich bo‘lib korxona daromadliligini ko‘rsatadi. Rentabellikni 3 guruh ko‘rsatkichi mavjud: mahsulot rentabelligi, ishlab chiqarish fondlarining rentabelligi, korxonani kuyilmalarining rentabelligini.
Mahsulot rentabelliligini hamma sotiladigan mahsulot bo‘yicha aniqlash mumkin. Birinchi holatda, rentabellilik hamma sotilgan mahsulotdan olingan foydani uning ishlab chiqarish va sotish harajatlariga bo‘lgan nisbatini foiz hisobida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar, korxonani kundalik harajatlarini samaradorligini va sotilayotgan maxsulotni daromadligini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish fondlarining rentabelliligi bilan foydani asosiy ishlab chiqarish fondlarining va material aylanma mablag’larining o‘rtacha yillik qiymatiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichni sof foyda bo‘yicha ham hisoblash mumkin.
Bozor munosabatlarining rivojlanishiga bog’liq holda korxonalarda moliyaviy ishlar sifat jihatidan yangi mazmunga ega bo‘lmokda. Bozor munosabatlari takomillashib borishi bilan moliya xizmatining jiddiy vazifasi faqatgina budjet, mol yetkazib beruvchilar, haridorlar, bank va boshqa korxona tashkilotlar va o‘z xizmatchilari oldidagi majburiyatlarni bajarishgina bo‘lib qolmay, moliyaviy menedjmentni oqilona tashkil qilishdan ham iboratdir. Bu hol o‘z navbatida moliya xizmati ishlarida sifat jihatidan ijobiy o‘zgarishidir. Moliyaviy menedjment, xo‘jalik sube’ktlarini ma’lum darajadagi moliyaviy strategiya va taktikasini ishlab chiqadi. Buning uchun korxonada moliyaviy hisobotlar tahlil qilinib, xo‘jalikni aktiv va passivlarini tarkibini o‘zgarishiga bog’liq daromadlarining prognoziga(istikboliga) baho beriladi. Bu holat tadbirkorlikni boshqarishdagi tizimda moliya xizmatining tarkibida va uni o‘rni to‘g’risidagi taassurotni o‘zgartirib, bozor munosabatlariga moslashtiradi.
Xulosa
Sof foydaning taqsimlanishini rejalashtirish jarayonida imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lanish tartibi, albatta, ko‘rib utiladi. Oddiy aksiyalar bo‘yicha dividentlar to‘lash tartibi esa korxona faoliyatining moliyaviy natijalariga uning rivojlanish istiqbollariga hamda hisobot yilidagi moliyaviy holatiga bog’liq holda xal etiladi.
Korxona foydasining investitsiya qilinuvchi dividendga taqsimlanish jarayoni moliyaviy rejalashtirishning muhim masalasidir, chunki, aynan ana shunday korxonaning rivojlanishi va uning kelgusida dividentlar to‘lash imkoniyatlari kelib chiqadi.Reklama maqsadlarida to‘lanadigan nisbatan yuqori dividendlar korxona asosiy kapitali “yuqolishi”ga olib keladi. Shuning bilan bir vaqtda dividentlarning to‘lanmasligi korxona aksiyalari bozor kursining pasayishiga olib keladi va kelgusida ularni muomalaga chiqarish va sotishda muammolarga olib keladi. Dividentlarni reinvestitsiyalash haqidagi qaror yetarlicha asoslangan bo‘lmogi va kelgusida katta foyda olishni kafolatlashi lozim. Ma’lum ma’noda bu tadbir xo‘jalik subyekti bo‘lmish korxonaga nisbatan qulay va manfaatlidir. Chunki, dividend sifatida to‘lanmagan foydaning bir qismi foyda soligiga tortilmayapti. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishni rivojlantirishga kushimcha moliyaviy mablag’lar manbai vujudga keladi. Bundan tashqari bu sharoitda yangi aksiyalarni chiqarish va sotish bilan bog’liq ortiqcha harajatlar ham bo‘lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
SH.M. Mirziyoev. Erkin va farovon, demokratik O‗zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –Toshkent: O‗zbekiston, 2016. -56 b. 85
. SH.M. Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‗lishi kerak. – Toshkent: O‗zbekiston, 2017. -104 b.
SH.M. Mirziyoev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –Toshkent: O‗zbekiston, 2017. -48 b.
SH.M. Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –Toshkent: O‗zbekiston, 2017. -488 b. V. Darsliklar
Abulqosimov H.P., Muminov N.G. Xufyona iqtisodiyot: o‘quv qo‘llanma. Yangi nashr, 2020.
M.M.Tashxodjayev, R.X.Karlibayeva, Z.A.Ashurov ―Ishlab chiqarish infratuzilmasi‖ O‘quv qo‘llanma TDIU: 2014.
Kalanov B.Z., Kalanova M.Z., Muxamedjonova G.YA ―Ijtimoiy soha iqtisodiyoti‖ Uslubiy qo‗llanma. T.: TDIU, 2008. -160 b.
. V. V. Kovarda, E. V. Bezuglaya // Evropa ijtimoiy fan jurnali ). - 2013 yil. - № 2 - P. 285-290.
. Abdurahmonov Q.X., Abduramanov X.X., Qurboniyozov I.R. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish. O‘quv qo‘llanma. T.: TDIU, 2010. – 268 bet.
Ishmuxamedov A.E., Kalanov B.Z., Kalanova M.Z., Sunnatov M.N. Ijtimoiy soha iqtisodiyoti.Darslik. T.: TDIU, 2007. – 250 bet.
―Ijtimoiy soha iqtisodiyoti‖ fanidan o‗quv-uslubiy majmua. T.: ―Iqtisodiyot‖ 2012. -200 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |