Reja: Kirish Korxona moliyasini tashkil etishni nazariy asoslari. Korxonalarning vjkbyaviy xo’jalik faoliyatining nahlil etish fvfkbeoti Korxonaning amortizasiya siyosati Korxonalar moliyaviy faoliyatini baholash asosllari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar



Download 275 Kb.
bet6/8
Sana01.04.2022
Hajmi275 Kb.
#523238
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Курс иши

4. Korxonaning pul mablag’lari.

Iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlarini oshishi, ishlab chiqarishning iqtisodiy samardorligini oshishi davlat budjetining soglomlashishi ko‘p tomondan korxonalarda shakllantirilgan sotuvdan tushgan tushumni taqsimlanishi va shakllantiriladigan moliyaviy mablag’lardan foydalanish samardorligiga bog’liqdir.


Moliyaviy mablag’larning ulchami va tarkibi ko‘p tomondan ishlab chiqarish xajmining o‘sishi va samardorlikni yuksalishiga bog’liqdir. Ishlab chiqarishning doimiy ravishda o‘sishi va uni samardorligi ko‘rsatkichini yuksalishi bir tomondan korxonalar moliyaviy mablag’larini miqdorini ortishiga olib keladi, ikkinchi tomondan, davlatning moliyaviy mablag’larini miqdorini o‘sishiga olib keladi.
Shuning uchun ham korxonalar moliyaviy mablag’larini o‘z ichiga oluvchi mahsulot sotuvidan tushgan tushumni ko‘payishi bir tomondan davlat budjeti va budjetan tashqari fondlarni samarali daromad manbalarini shakllanishiga olib keladi. Chunki, budjetning daromadlar manbalari hisoblanuvchi respublika hamda mahalliy soliqlar va yigimlarning soliqka tortiladigan obyektlarini shakllanishi mahsulot sotuvi, ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan tushumning taqsimlanishi natijasida shakllantiriladi. Umuman soliqlar, kredit, sug’urta va boshqa iqtisodiy kategoriyalarning moliyaviy mazmuni yangidan yaratilgan daromadlarni qayta taqsimlash bilan belgilanadi. Masalan, soliq to‘lovlarining asosiy manbai korxona tomonidan shakllantiriladigan kushimcha qiymat yoki yakqolrok faoliyatning sof moliyaviy natijasi hisoblanadi. Korxona takror ishlab chiqarish jarayonida kushimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lmasa soliqlarni to‘lashning iqtisodiy asoslari ham mavjud bo‘lmaydi. Mantikan olib karaganda korxona kachon soliqlarni to‘laydi?- degan savolga, kachonki u yetarli darajada daromadga ega bo‘lsa- degan soddagina javobni berishimiz mumkin. Bu daromadning asosiy manbai sotuvdan tushgan tushum hisoblanadi. Kredit va sug’urta munosabatlarining ham moliyaviy mazmuni ulardan foydalanganlik uchun to‘lanadigan ssuda foizi va sug’urta badallari vositasida yangidan yaratilgan qiymatni qayta taqsimlash hisoblanadi. Umuman olganda asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarini shakllantirish maqsadida olinadigan qarz mablag’larining iqtisodiy asosi ham mazkur qarz mablag’laridan yuqorirok darajadagi samaraga ega bo‘lgan holatdagi ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil qilish hisoblanadi. Tashkil qilingan takror ishlab chiqarish samaradorligini baholashning bosh omillaridan biri esa mahsulot sotuvidan tushgan tushum hisoblanadi.
Soliqka tortish bilan bog’liq asosiy muammolardan biri mahsulot sotuvidan tushgan tushumni harajatlar elementlari bo‘yicha taqsimlanishi natijasida soliqka tortiladigan bazani shakllanishi bilan bog’liqdir. Chunonchi, budjet daromadlari nuqtai nazardan soliqlarni turkumlanishi natijasida Respublika budjeti daromadlarini manbalari hisoblanuvchi soliqlar mahsulot sotuvidan tushgan tushum va korxonalardan shakllantiriladigan foyda miqdoriga bevosita bog’liqdir ya’ni aksariyat soliqlar daromaddan undiriladigan proporsional, regressiv va progressiv soliqlar hisoblanadi. Mahalliy budjetlar daromadlari manbalari hisoblanuvchi soliqlar bo‘yicha shakllantiriladigan obyektlar mahsulot sotuvidan tushgan tushum va yalpi foydani o‘sishiga bog’liq emas. Bunday holat aksariyat hollarda budjet munosabatlari bilan bog’liq muammolarni keltirib chikarmokda. Ishlab chiqarish jarayonini intensivlashishi va mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hisobiga sotuvdan tushgan tushumni ko‘payishi Respublika budjeti uchun soliqli tushumlarni ham ko‘payishiga olib keladi. Bu hol Respublika budjeti soliqlari vositasida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va sotuvdan tushumni ko‘paytirish uchun yetarli soliq imtiyozlari tizimini shakllantirishga olib kelmoqda. Chunki ko‘rib turibmizki bunday budjetning o‘zi ham manfaatdor hisoblanmoqda.
Ishlab chiqarish samardorligini yuksalishi mahsulot sotuvi, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan tushum tarkibidagi harajatlarni minimallashtirish va korxona manfaatdorligini asosi hisoblangan foydani tushum tarkibidagi salmogini yuqori bo‘lishi bilan belgilanadi. Buday holatda korxonalar extiyoji uchun zaruriy bo‘lgan moliyaviy mablag’lar miqdorini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish korxonaning moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati va balans likvidliligi bilan aniqlanadigan moliyaviy muvaffakiyatlarini anglatadi. Joriy davr mobaynida mazkur mablag’larga extiyojlar va ulardan samarali foydalanish moliyaviy rejalashtirish jarayonida aniqlanadi.
Har bir korxonaning faoliyati ravnaq topib boraverishi va foydaning ortib borishiga, albatta, ko‘pgina ko‘rsatkichlar ta’sir ko‘rsatadi. Bulardan biri korxonanning moliyaviy natijasi bo‘lsa, ikkinchisi, tovar mahsulotini sotuv qilish natijasida tushgan pul tushumlarini tahlil qilishdan iboratdir.
Korxonalar mahsulot sotuvidan tushgan tushumning taqsimlanishi o‘ziga hos harajatlar tizimi vositasida amalga oshiriladi va bunday harajatlarning funksonal vazifalariga ko‘ra turli xil markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlari va korxona oldidagi moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1999 yilda joriy etgan “Mahsulot ishlab chiqarish va sotuv qilishda tannarax tarkibiga kiruvchi harajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi” to‘g’risidagi nizomi bo‘yicha mahsulot sotuvidan tushgan tushumning taqsimlanishidagi harajatlar tizimining qo‘yidagi elementlari ko‘rib o‘tiladi:

  1. 1.Harajatlarni ishlab chiqarish jarayonidagi funksiyalariga bog’liq ravishda:

  2. -ishlab chiqarish harajatlari;

  3. -noishlab chiqarish harajatlari.

  4. 2.Mahsulotning qiymatiga olib borishiga bog’liq ravishda:

  5. -to‘g’ri harajatlar;

  6. -egri harajatlar.

  7. 3.Sotuv qilingan mahsulot bilan chegirish vaqtiga bog’liq ravishda:

  8. -tannarx tarkibiga kiritiladigan harajatlar;

  9. -davr harajatlari.

  10. Sotuv qilingan mahsulot o‘zgarish reaksiyasiga bog’liq ravishda:

  11. -O‘zgaruvchan harajatlar;

  12. -Doimiy harajatlar;

  13. -Doimiy- o‘zgaruvchan harajatlar.

  14. Mahsulot sotuvidan tushgan tushum tarkibidagi foyda miqdoriga qo‘yidagi omillar ta’sir qiladi:

  15. Sotilgan mahsulot xajmining o‘zgarishi. Bu omil korxona faoliyatiga bog’lik (ichki omil), chunki, mahsulot qancha ko‘p sotilgan bo‘lsa, foyda ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

  16. Ishlab chiqarish tannarxining o‘zgarishi. Bu omil ham ichki xususiyatga egadir. Chunki, mahsulot tannarxi qancha kamaysa, foyda mutanosib tarzda ko‘payadi.

  17. Ishlab chiqarishdan tashqari harajatlar darajasining o‘zgarishi.

  18. Ulgurji bahoning o‘zgarishi. Bu omil tashqi xususiyatga ega bo‘lib, ya’ni korxona faoliyatiga bevosita bog’liq emas.

  19. Kushilgan qiymat soligi stavkasining o‘zgarishi (tashqi omil);

Albatta yuqoridagi omillar foydaga ta’sir etadi. Mahsulot sotuvidan tushgan tushumga ta’sir etuvchi omillar bu asosan foydaga ta’sir etuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek mahsulot ishlab chiqarishda assortimentini ko‘pligi, mamlakatdagi baho tizimi, egri soliqlarning amaldagi holati kabi omillar sotuvdan tushgan tushumga ta’sir etadi.
Korxonalarda shakllantirilgan mahsulot sotuvidan tushgan tushumni taqsimlanishi va moliyaviy faoliyatning samardorligini baholovchi sof foyda ko‘rsatkichining shakllanishigacha bo‘lgan taqsimot munosabatlari jarayonida korxonanning pul okimlari baholash imkoniyatiga ega bo‘linadi. Bunday baholash natijasida foydaga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlanadi.
Turli mahsulotlar turlicha rentabellik darajasiga egadir. Binobarin, korxonalar assortimenti bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasiga rioya kilmasalar, bu holat ularning foydasi darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu omil ichki xususiyatga egadir. Agar, korxona mahsulot assortimenti bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasini 100%ga bajarib foyda olgan bo‘lsa bu korxonaning yutugidir. Tovar mahsulotini sotishdan kelgan foydani tahlil qilish uchun kerakli ma’lumotlar yillik hisobotning №2 “Moliyaviy natijalar to‘g’risidagi hisobot” nomli shakli olinadi.
“A” korxonani 2001 yil yakuniga ko‘ra tovar sotishdan kelgan tushumni taqsimlanishi va foydani tahlili.
№2 jadval
Jadval ma’lumotlaridan kurinib turibdiki, korxonaning umumiy iqtisodiy faolligi pasaygan. Chunonchi, mahsulot sotishdan tushgan tushum keyingi yilga utib 89,8%ga pasayishi kuzatiladi. Shuningdek korxonaning moliyaviy faoliyatida ham pasayish tendensiyasini kuzatiladi. Mahsulot sotuvidan tushgan tushumning tarkibidagi ishlab chiqarish tannarxi harajatlari bilan birgalikda, noishlab chiqarish harajatlarining pasayish dinamikasi sotishdan tushgan tushum, soliqli harajatlar va foydani pasayishiga nisbatan past darajada pasaygan. Bu holat korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini kamrok harajat qilib ko‘prok foyda olish prinsipiga zid bo‘lganligini kuzatiladi. Agar kuzatadigan bo‘lsak mahsulot sotuvidan tushgan tushum 10,2%(100%-89,8%) ga kamaygan holatda olingan foyda 38%(100%-62%) ga kamaygan. Bu holat korxonada umumiy ishlab chiqarish sur’ati pasayibgina qolmay mahsulot sotishdan kelgan foyda ko‘rsatkichini sezilarli ravishda pasayganligini kuzatiladi. Korxonaning sotuvdan rentabellik darajasi 2,4% dan 1,7% ga ya’ni joriy davr rentabelligi 0,7% o‘tgan davrga nisbatan pasayishi kuzatiladi.
Agar kuzatadigan bo‘lsak, sotuvdan tushgan tushumni pasayishiga bir necha omillar ta’sir qilmoqda. Chunonchi, mahsulot ishlab chiqarishda tannarx harajatlarining ortishi natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarishni nisbatan qisqartirgan. Tannarx tarkibidagi ish haqi,xom ashyo harajatlari va amortizatsiya kabi harajat elementlarining ortishi baholarni shakllantirish siyosatidagi o‘zgarishlar va korxonaning sotuv qilingan mahsulotlari tannarxini nazorat qilish qobiliyatini pasayganligi bilan belgilanadi. Tannarx harajatlarini ko‘payishi natijasida korxonada yalpi daromadning shakllanish samaradorligi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli pasaygan. Bu hol foydani shakllanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Mazkur koeffitsiyent dinamikasidagi negativ o‘zgarishlar korxona tomonidan moddiy- ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish yoki zaruriy maxsulot baholarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini tasdiqlaydi.
Yalpi daromad mutloq miqdorida va o‘rtacha yalpi daromad darajasi, yalpi daromad summasining ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan aniqlanadi.
Yalpi daromad summasining o‘zgarishiga 2 ta omil ta’sir ko‘rsatadi:
1. Tovar aylanish xajmining o‘zgarishi;
2. O‘rtacha yalpi daromad darajasining o‘zgarishi.
Birinchi omilning ta’sirini aniqlash uchun tovar aylanishi xajmi bo‘yicha mutloq farkni rejadagi o‘rtacha yalpi daromad darajasiga ko‘paytirib, 100 ga bo‘linadi.
Ikkinchi omilning ta’sirini aniqlash uchun o‘rtacha yalpi daromad darajasi bo‘yicha mutloq farkini hisobotdagi tovar aylanishi xajmiga ko‘paytirib, 100ga bo‘linadi.
Tovar aylanishi xajmining rejaga nisbatan ortiqcha bajarilishi yoki bajarilmasligi yalpi daromad xajmini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun yalpi daromad xajmi o‘zgarishiga faqatgina yuqoridagi omillar ta’sir qilib qolmasdan, balki yana boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tahlilning asosiy vazifalaridan biri tahlil qilish davrida yalpi daromad xajmi bo‘yicha rejaning bajarilishini yalpi daromad xajmining o‘zgarishiga, tovar salmog’i o‘zgarishini ta’sirini sotilgan tovarlarning assortimenti va sifat o‘zgarishini hamda o‘rtacha yalpi daromad darajasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanadi(2-jadval)
“A” korxonaning yalpi daromadini tahlili. 2-jadval.
Jadvaldan ma’lumki yalpi daromadning mutloq miqdori hisobot yilida rejaga nisbatan 15741,1 ming sumga kamaygan. Bu 2000 yil kurstakichini 2001 yil ko‘rsatkichiga solishtirganda 24,3%ga kamayganligini kuzatamiz. Bu ko‘rsatkich sotishdan tushgan tushumning pasayish suratidan ancha past hisoblanadi.
O‘rtacha yalpi daromad darajasining iqtisodiy jihatidan asoslangan miqdorining belgilanish va o‘zgarishi asosan ularni savdo tashkilotining joylashgan o‘rni bo‘yicha, tovar aylanish xajmi ulushining o‘zgarishi, savdo chegirmalarining o‘zgarishi va boshqalar qilish.
Tabakalashtirish ayrim tovarlarni sotish bilan bog’liq bo‘lgan muomala harajatlarining bir xil emasligi bilan bog’liqdir. Savdo chegirmalarining eng yuqori miqdori eng ko‘p mehnat sarflanib tayyorlanadigan saklash uchun maxsus sharoitlar va kushimcha ishlov berish talab qiladigan, nisbatan sust aylanadigan va muomala harajatlari darajasini oshirib yuboradigan tovarlarga belgilanadi. O‘rtacha yalpi daromad darajasini o‘zgarishiga tovar aylanishi xajmi ichida ayrim tovarlar ulushining yuqori va past darajada bo‘lishi, o‘z navbatida o‘rtacha yalpi daromad darajasining ko‘payishiga yoki pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham tahlil jarayonida tovar aylanishi xajmining tuzilishini o‘rtacha yalpi daromad darajasiga o‘zgarish ta’sirini aniqlash ham mumkin.
5. Mahsulot sotuvidan tushumning taqsimlanishi natijasida korxonalar faoliyatining asosiy natijasi hisoblanuvchi foyda shakllanadi.
Foyda va rentabellik samarali ko‘rsatkichlar bo‘lib u korxonaning moliya va xo‘jalik faoliyatining natijasidir.
Foyda sotilgan maxsulotning qiymati bilan tannarxi ayirmasi; ko‘shimcha mahsulotning pul shakli. Foyda daromadning bir qismi mahsulot tannarxini pasaytirish; jadallashtirish asosida ishlab chiqarish xajmini oshirish foyda o‘sishining, korxona moliyasi barqarorligining asosiy omillari hisoblanadi.
Foydaga 3 funksiya hosdir:
-u iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalarini ko‘rsatib turadi,
foydaning manfaatdorlik funksiyasi taqsimoti va undan foydalaniladi va namoyon bo‘ladi;
foyda korxonalarning moliyaviy mablag’larini manbaini, mahalliy va davlat budjetlarining daromad qismlarini manbalarini shakllantirishning asosidir.
Korxonalar foydaning xajmiga obyektiv harakterdagi ishlab chiqarish jarayoniga bog’liq omillar va xo‘jalik faoliyatiga bog’liq bo‘lmagan obyektiv omillar ta’sir qilishi mumkin. Obyektiv omillarga: iste’mol qilinayotgan material va quvvat beruvchi mablag’larning baho darajasi, amortizatsiya ajratmasining meyoriy bozor konyukturasi kiradi.

Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish