Korxona to’lov qobiliyatining tahlili
O’zbekiston Respublikasi korxonalari o‘rtasida debitor-kreditor qarzdorlik muammosining mavjudligi tufayli debitor qarzdorlikning korxonalarning pul oqimi barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini hisobga olgan holda bir nechta metodlarga asoslangan metodikada korxonaning debitor qarzdorligini aylanish ko‘rsatkichini kiritish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotiga ko‘ra, 2016 yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra, respublikamiz korxonalarining umumiy debitorlik qarzlari 95,5 trln. so‘mni tashkil etdi.3 Bu esa, korxonalar o‘rtasidagi to‘lovsizlik muammosining jididy ekanligidan dalolat beradi.
Fikrimizcha, debitor qarzdorlikni aylanish koeffitsientini ushbu metodikaga kiritilishi debitor qarzdorlikning korxona pul oqimiga nisbatan ta’sir darajasini aniq baholash imkonini beradi.
Hozirgi davrda, xalqaro amaliyotda debitor qarzdorlikning aylanishinianiqlashning quyidagi usulidan foydalanilmoqda.4
Debitor qarzdorlikning o’rtacha qoldig’i
Mahsulotlarni sotishdan olingan bir kunlik tushum
Tahlilning ahamiyati,maqsadi va vazifalari. Barcha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar kabi fermer xo'jaligi ham turli xil korxonalar, tashkilot va muassasalar bilan iqtisodiy aloqa bo'ladi, ya’ni mol yetkazib beruvchilar, sotib oluvchilar va, shu jumladan, tayyorlov tashkiloti, soliq, bank, sug'urta tashkilotlari va boshqa kreditorlar bilan iqtisodiy munosabatda bo'ladi. Ushbu iqtisodiy aloqalar moliyaviy intizom chegarasida sodir bo'lishi, ya’ni belgilangan m uddatlarda am alga oshishi katta ahamiyatga ega. Mol yetkazib beruvchilarga, qarzini o'z vaqtida to'lash, tijorat banklaridan olingan kreditlarni belgilangan muddatda uzish, davlat budjetiga soliqlarni o'z vaqtida to'lash va hokazo to'lovlarni amalga oshirish, sotib oluvchilardan va, shu jumladan, tayyorlov tashkilotlaridan qarzini o'z vaqtida undirib olish kabi jarayonlarning hisob-kitobi iqtisodiy tahlil bo'yicha chuqur bilimni talab qiladi. Bu jarayonlarning natijalari xo'jalikning to'lov qobilyatini ifodalovchi ko'rsatkichlarda namoyon bo'ladi, shuning uchun to'lovga qodirlik darajasini o'rganish va uni oshirish imkoniyatlarin aniqlash tahlilning asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun tahlilning oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi.
1) to'lov mablag'lari va to'lov majburiyatlari hajmini aniqlash, hisoblash;
2) to'lovga qodirlik ko'rsatkichlarini uning barcha turlari bo'yicha aniqlash
3) to’lov qobiliyatiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash va ta’sirini hisoblash, baho berish;
4) to’lov qobiliyati ko’rsatkichi darajasini oshirish imkoniyatlarini ko’rsatish.
Ushbu vazifalarni samarali hal etish uchun tolov qobiliyatini ifodalovchi barcha ko’rsatkichlarini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish zarur. Hisoblash va tahlil etish tartibi ushbu bobda quyida yoritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |