Buxgalteriya balansi bo’yicha to’lov mablag‘iari va to‘lov majburiyatlarining maxsus guruhlari. Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishdagi asosiy ko’rsatkichlardan biri bolib, tolov qobiliyatini ifodalovchi koeffitsiyent hisoblanadi.
Balans bo’yicha xo’jalikning to’lov qobiliyatiga aylanma aktivlarning likvidlik ko’rsatkichlari orqali baho beriladi. Balans likvidlik ko’rsatkichlarini tahlil etishdagi asosiy manbadir.
Buxgalteriya balansida xo’jalik mablag’ari va ularning tashkil bolish manbalari toliq aks ettiriIgan boladi. Xo’jalik mablagiari balansning aktivida va ularning manbalari esa passivida ko’rsatiladi. Xo'jalik m ablagiari hozirgi paytda «Uzoq muddatli aktivlar» va «joriy aktivlar» tariqasida, ularning manbalari esa «O’z m ablagiari manbalari» va «majburiyatlar» nomlari bilan balansda aks ettirilgan.
Balans Iikvidligi deb nimaga aytiladi? Xo’jalikning o’z joriy aktivlari bilan qisqa muddatli majburiyatlarini qoplay olish quvvati balans Iikvidligideyiladi. Boshqacha aytganda, balans Iikvidligi qarzlarni tolashga boigan qurbining darajasini ifodalaydi.
Korxonaning joriy aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlariga bolish orqali balansning likvidlik darajasi aniqlanadi. ya'ni tolovga qodirlik ko’rsatkichi aniqlanadi. Tolovga qodirlik - majburiyatlarini o’z vaqtida qoplay olish qobiliyatini anglatadi.
Aktivlar Iikvidligi deb nimaga aytiladi? Aktivlar Iikvidligi deb aktivlarning vaqt bo’yicha naqd pul shakliga aylanishiga (o’tishiga) aytiladi. Aktivlarning naqd pulga aylanishi uchun ketadigan vaqt ularning tezligini ifodalaydi.
Aktivlarning har bir turi pul shaklini olganiga qadar o’tgan vaqt qancha kam bolsa, uning Iikvidligi shuncha yuqori boladi.Balans bo’yicha to lo v qobiliyatini tahlil etishga kirishishdan oldin balans aktivi va passividagi moddalarni maxsus belgilari bo’yicha guruhlash maqsadga muvofiq boladi. Balansning aktividagi xo’jalik mablag’ari «likvidlik darajasi (ya’ni pulga aylanish tezligi)» bo’yicha va balansning passividagi xo’jalik m ablag’larining manbalari «tolov muddatlari darajasi» bo’yicha m axsus guruhlarga bolinadi.Balans aktivlarini pulga aylanish tezligi bo'yicha quyidagi 4 ta guruhga bo'lib, tahlil etiladi:
A1 - eng yuqori likvidli aktivlar. Bular doimiy harakatdagi aktivlar deb ham yuritiladi. Bu guruhga korxonaning barcha pul mablag'lari va qisqa muddatli investitsiyalar (qimmatli qog'ozlar) kiradi;
A2 - tez realizatsiya etiladigan aktivlar. Ushbu guruhga barcha debitorlik qarzlari kiritilib kelinmoqda. Bu guruhga tayyor mahsulot, tovarlar, o'stirish va boquvdagi mollarning qiymatlarini kiritish zarur deb hisoblaymiz, ammo
o'stirish va boquvdagi mollarning qiymati balansda ajratib ko'rsatilmaganligi uchun biz ushbu guruhning hajmini debitorlik qarzlari. tayyor mahsulot va tovarlar qiymati tariqasida oldik va tahlil qildik.
A3 - sekinlik bilan realizatsiya etiladigan aktivlar; bu guruhga moddiy ishlab chiqarish zahiralari to'liq kiritilib kelinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu guruhga ishlab chiqarish zahiralari (o'stirish va boquvdagi mollar qiymatidan tashqarisi), tugallanmagan ishlab chiqarish va uzoq muddatli investitsiyani kiritib, kelgusi davr xarajatlarini chegirib tashlash kerak.
A4 - qiyinchilik bilan realizatsiya etiladigan aktivlar. Bu guruhga «Uzoq muddatli aktivlar» kiritilib kelinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu guruhga uzoq muddatli investitsiyadan tashqari qolgan jami qismini kiritish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Balans passivlarini «To'lov muddati darajasi» bo'yicha quyidagi 4 ta guruhga bo'lib, tahlil etiladi:
P1 - tezlikda to'lanadigan majburiyatlar. Bu guruhga joriy kreditorlik qarzlari bilan o'z vaqtida qaytarilmagan bank ssudalari kiradi. Joriy kreditorlik qarzlari kreditorlik qarzlaridan Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan to'lov muddati uzaytirilgan kreditorlik qarzlarini chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
P2 - qisqa muddatli passivlar. Ushbu guruhga muddatida qaytarilmagan ssudalardan tashqari qisqa muddatli kreditlar va qisqa muddatli qarziar kiradi. Bularning hajmini aniqlash uchun qisqa muddatli kreditlar va qarziar summasidan Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan to'lov muddati o'zaytirilgan ssuda qarzlari summasini chegirib tashlash kerak. Bularni mo'tadil qisqa muddatli kreditlar va qarziar deb atash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |