Loyiha bo'yicha boshqaruv qisqa muddatda yangi texnika va texnologiyani joriy etish zarurati tug'ilgan hollarda qo'llaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus xizmat bo'limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo'lim loyiha tuzadi va uning joriy etilishini nazorat qiladi.
Loyiha bo'yicha boshqaruv muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi, kichik bo'laklarga ajratadi yoki to'ldiradi. U loyihani bajarish uchun korxonaning barcha funksional xizmatlari va bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Bu organga tegishli huquqlar beriladi. U vazifalarning bajarilishi uchun to'la javobgar bo'ladi.
Bunday boshqaruv ko'p nomenklatura ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Loyiha rahbari maxsus vakolatga ega bo'lib, texnologik ishlarni zvenolar bilan ishchilar o'rtasida taqsimlaydi, uning bajarilishini o'z loyihasi doirasida nazorat qilib boradi. Chiziqli rahbarning shu ishlarga oid buyruqlari loyiha rahbari bilan kelishiladi. Bunda bajaruvchi kishi ikki va undan ortiq rahbarga ega boʼlib, ularga bo'ysunadi.
Mahsulotga ko'ra boshqaruv tarkibining afzalligi axborotlarning kelish yo'llari va oqimining qisqarishi, yakkaboshchilik tamoyiliga to'la rioya qilinishi, boshqaruvning yuqori bosqichlarini kichik joriy vazifalardan xalos etishda namoyon bo'ladi. Bunday tarkib bozorda talabning o'zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodirdir.
5. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi.
Rahbarning boshqaruv uslubi deganda, boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarini hal qilish usullari majmui tushuniladi.
Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarlikning quyidagi boshqaruv uslublaridanfoydalaniladi:
Xo'jalik ishlaridagi kamchiliklarga murosasiz bo'lish.
Jamoa va uning har bir xodimi to'g'risida qayg'urish.
Yuqori madaniyatli boshqaruvni tashkil etish.
Rahbarning yangilikni his etish qobiliyati.
Kichik biznes faoliyatini boshqarishning bir necha pog'onalari mavjud. Ularga ikki pogonali, uch pogonali va ko'p pogonali boshqaruvni misol qilib ko'rsatish mumkin. Kichik biznes faoliyatini boshqarishda jahon amaliyotidan olingan va eng samaralisi hisoblangan ikki pog'onali usul, ya’ni rahbar-bajaruvchi usulidan keng foydalaniladi.
Bu usulning samarasi uning oddiyligida, bajaruvchi va rahbar o'rtasidagi munosabatlarning to'g'ridan-to'g'ri bogʼlanganligidadir. Bu yerda nazoratning yuqori samarasiga erishiladi. Pogʼonalar soni ortib borgan sari boshqaruv samarasi kamayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |