Mavzu:Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish.
Reja: KIRISH 1.Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan otkazish tartibi. 2. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi 3.Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning maqsadivavazifalari 4. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari boshqaruvining tashkihy tuzilmalari 5. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Chiziqli (pogonali) struktura boshqaruv strukturasining eng sodda turi hisoblanadi.Boshqaruvning chiziqli strukturasi uncha murakkab bolmagan ishlab chiqarish sharotida ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq va axborotlar xajmi kam bolganda ozini oqlashi mumkin. Ishlab chiqarish tobora murakkablashib, ish kolamining kengayib borishi boshqaruv funktsiyalarini tabaqalashtirishni talab qiladi, chiziqli strukturaning orniga chiziqli-shtabli strukturaning vujudga kelishini taqazo etadi.Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq strukturasini vujudga keltirish tadbirkor hal etishi kerak bolgan muhim vazifalardan biridir.Korxonaning boshqaruv strukturasi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalirni bajaruvchi, bir-biri bilan boglangan turli boshqaruv organlari va boginlarining majmui tushuniladi.Boshqaruv strukturasi ishlab chiqarish strukturasi deb ham yuritiladi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. U ozaro boglangan asosiy, yordamchi hamda xizmat korsatuvchi jarayonlardan iborat bolib, bu jarayonlar bolimlar va xodimlar ortasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bolimlari va ularga xos bolgan boshqaruv apparati tuziladi. Bolinmalar yigindisi, ularninng tarkibi va ozaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Boshqaruvning maqsadi, funktsiyasi, vazifasi, obekti va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi. Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqaruv organlari boshqaruv boginlari va boshqaruv bosqichlari shaklida boladi.
Boshqaruv bosqichi bu ierarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bogindir. Masalan:
Vazirlik → birlashma → korxona → sex → uchastka
Boshqaruv bosqichlari bir boshqaruv bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi bo’g’inning yuqori bo’g’iniga izchillik bilan bo’ysunishini ko’rsatadi. Bu vertikal bo’yicha bo’linishdir.