Reja: Kirish. Istiqlol davri nasrining o’ziga xos xususiyatlari



Download 42,33 Kb.
bet1/4
Sana27.06.2022
Hajmi42,33 Kb.
#710597
  1   2   3   4
Bog'liq
yangi kurs ishi

Mavzu: Istiqlol davri qissalarida mutelik ruhiyatining yoritilishi


Reja:

  1. Kirish. Istiqlol davri nasrining o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Asosiy qism:

  1. Hozirgi o’zbek qissachiligi qirralari.

  2. Qissalarda mutelik ruhiyatining badiiy talqini.

  3. Qissalarda qahramon va ijtimoiy muhit masalasi.

  1. Xulosa.


Kirish. Istiqlol davri nasrining o’ziga xos xususiyatlari.
O‘zbekistonda XX asrning 90-yillarida istiqlol adabiyoti deb atalmish estetik hodisa yuzaga keldi. Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti ko‘p asrlik milliy adabiyotimizning mantiqiy davomi va merosxo‘ri sifatida paydo bo‘ldi. Bu davr adabiyotiga xos belgilar XX asrning 60-yillarida kuch berib, 80-yillarning oxirlarida muayyanlashgan bo‘lsa-da, milliy adabiyotning alohida bosqichi sifatida shakllanishi to‘qsoninchi yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keldi.
Nasr istiqlol adabiyotining salmoqli va og‘ir karvon turidir. Agar mustaqillik davri she’riyatida yoshlar faol, yangi avlod shoirlari ko‘zga yaqqolroq tashlangan bo‘lsa, nasrda ijodiy davomlilik ustuvorligi namoyon bo‘ldi. Taniqli nosirlarimiz ham ijodiy tajribalar o‘tkazish, yangi usullarni qo‘llashdan cho‘chiyotganlari yo‘q. Keyingi o‘n yillikda O. Yoqubov, Sh. Xolmirzayev, Muhammad Ali, O‘. Hoshimov, O. Muxtor, T. Malik, Tog‘ay Murod, A. Dilmurod, N. Norqobilov, X. Do‘stmuhammad, N. Eshonqulov, T. Rustamov, A. Yo‘ldoshev, U. Hamdam, S. Vafo, A. Nurmurodov, Abbos Said singari turli avlodga mansub ijodkorlar o‘ziga xos yo‘sinda qalam tebratib, milliy proza taraqqiyotini ta’minlayotirlar.
Ijodiy tajribalar qilish, kutilmagan tasvir yo‘sinlarini qo‘llash, badiiy ifodaning kutilmagan, yangi tamoyillaridan foydalanish o‘zbek nasrining bu bosqichi uchun yetakchi xususiyatlardir. O. Muxtorning tamomila yangicha ifoda usullarida yaratilgan «Ming bir qiyofa», «Ko‘zgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba», «Ffu”, «Ayollar saltanati va mamlakati», «Maydon» romanlari, Nazar Eshonqulning jahon prozasining eng ilg‘or tajribalari asosida sof milliy obrazlar yarata olgan «Qora kitob» qissasi, «Shamolni tutib bo‘lmaydi», «Tobut shahar», «Quyun» hikoyalari, X. Do‘stmuhammadning «Bozor» romani, «Oromkursi» qissasi, «Jajman», «Qorachiqdagi uy» hikoyalari tasvirning quyuqligi, inson ruhiyati qatlamlarini aks ettirish miqyosining kengligi va ifoda tarzining favquloddaligiga ko‘ra milliy adabiyotimiz uchun yangi badiiy hodisalar bo‘ldi.
N. Eshonqul-milliy istiqlol davri o‘zbek nasriga yangi ohang olib kira oldi. Uning «Shamolni tutib bo‘lmaydi» hikoyasi ifodaning qabariqligi, tasvir markaziga olingan shaxs tabiatining mutlaqo kutilmagan va yangiligidan tashqari ohangning o‘zgachaligi bilan ham kishini hayratga soladi. Shu vaqtga qadar bu taxlit ko‘p qatlamli, zalvorli, hikoya maromining o‘zi bilan badiiy kayfiyat hosil qila biladigan nasr namunasi milliy adabiyotimizda yo‘q edi hisob. Nazar Eshonqul nasrimizni shunday ohang bilan boyitdiki, bu ohang o‘zbekka xos jihatlarni ifodalash imkoniyati jihatidan tengsizdir:
«Qishloqdoshlari bahor kelishi bilan eski yaylovlarga ko‘chib chiqishar va yer shudgorlar, har kim o‘z tashvishiga berilib ketardi. Qishloqda qolgan Bayna momo esa bu paytda yolg‘izlik dashtini shudgorlar, u yerga haryili Zamon otboqar hukumat odamlari bilan kelib, eri va o‘g‘lini otib tashlagan oqshomni ekar va so‘ng yolg‘iz o‘zi hosilini ham yig‘ib olardi. Bayna momo har kecha ko‘z yoshlari bilan to‘lgan qayiqda yillar qoyalari orasida qolib ketgan eri bilan o‘g‘lining ilma-teshik bo‘lgan murdasi va Zamon otboqarning muzaffar qamchisi yotgan qonli xalqob bilan to‘lgan ayvonga suzib borar, ertalablari ho‘l bo‘lib ketgan yostig‘ini xuddi qadim ajdodlarning unut bo‘lgan yaloviday... baland tolga osib, oftobda quritardi». Ifodadagi zalvor, serqatlam estetik bosim, ruhiy holat manzaralari tasvirining ayni shu tarzda zanjirsimon va boloxonador qilib berilishining o‘zi hikoyada o‘ziga xos ohang paydo qilgan. Bu ohang momoning yolg‘izligi va baxtsizligi miqyoslarini tuyish va tushunish imkonini bergan.
Ulug‘bek Hamdamning «Muvozanat», «Isyon va itoat» romanlari, «Yolg‘izlik» qissasi, qator hikoyalari qahramonlar ruhiy olamini tadqiq etish ko‘lami va yo‘sinlari jihatidan adabiyotimiz uchun tamomila yangilik bo‘ldi. Ularda bayon, ifoda etish, ko‘rsatish, tasvirlash singari usullar badiiy tadqiqqa olz o‘rnini bo‘shatib bergan. Yozuvchi uchun qahramonlarining xatti-harakatlarini ko‘rsatish emas, balki uning o‘y-u sezimlaridagi tovlanishlarni aks ettirish muhim. Arastu zamonlaridan buyon adabiyotning mohiyati hayotdagi xaos, ya’ni tartibsizlikni badiiyatning kosmosi, ya’ni tartibiga aylantirishdan iborat deb tushunib kelingan. Voqelikdagi ,,tartibsizlik»lar muayyan muntazamlik kasb etishi, intizomga solinishi bilan badiiy asar yuzaga keladi deb qaralgan. U. Hamdamning «Yolg‘izlik» qissasida esa aynan shu tartibsizlikning o‘zi, voqelikdagi emas, inson xayoli, kechinmalaridagi tartibsizlik tasvir obyektiga aylangan. Qissada muallif qahramon o‘y-u xayollarini uning xarakterini ochish vositasiga aylantirmaydi. Bil’aks, o‘y-xayollarning tartibsiz va noizchil oqimini berishning o‘zini maqsadga aylantiradi. Ma’lumki, inson xayolotida izchillik, muntazamlik bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda, odam xayolni emas, xayol odamni yetaklaydi. Shu tariqa milliy adabiyotimizda, sirtdan qaraganda, badiiy maqsadga bo‘ysunmaganday taassurot qoldiruvchi, aslida esa, o‘ychil inson tafakkuri va hissiyoti manzaralarini namoyon etuvchi asar dunyoga kelgan.
Milliy tafakkurda yalpi yangilanish boshlangandan beri ko‘pchilik tomonidan anglab yetilgan va tan olingan haqiqatlardan biri shu bo‘ldiki, odamning eng kichigi, eng ko‘rimsizi, eng zabuni, eng noshudi ham odamdir. Binobarin, badiiy adabiyot kichik odamning katta va chigal ichki dunyosidagi behudud poyonsizlikni, turfalikni tadqiq etishi lozim. Bir qator asarlarda sirtdan qaraganda, ko‘zga tashlanib turadigan jihati yo‘q, hamma qatori, ammo botinida ulkan iztiroblar, ruhiy po‘rtanalar mavjud bo‘lgan «kichik» odamlarning ichki dunyosi bor bo‘yicha aks ettirilgan. Nosirlarimizda ma’naviy dunyosi quruqshagan, risoladagi odamlarday fikrlash va o‘zgalarni tuyish saodatidan mahrum bo‘lgan ma’naviyatsiz kimsalarni tasvirlash mahorati shakllanayotganligi ham quvonarli holdir. Sh. Bo‘tayevning «Sho‘rodan qolgan odamlar» qissasi, A. Yo‘ldoshevning «Otchopar» qissasi va «So‘qir» hikoyasida ayni shu xildagi qahramonlar tasvir etilgan. Bu asarlarda ma’naviyatdan mahrum, shaxsligi sindirilgan, shu bois o‘zligi yitgan shaxslarning g‘aroyib qismati aks ettirilgan. Ular hamisha ham ojiz, notavon, noshud emaslar. Ba’zan juda ishchan, olg‘ir, uddaburon bo‘lishlari ham mumkin. Lekin bunday kimsalarning umumiy xislati ichki olamning omonatligi, quruqshaganligi, ma’naviyatining kichikligidir.
Har bir odamda bo‘lgani kabi har bir millatning va har bir davrning ham o‘z mo‘ljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari bo‘ladi. Mustaqillikka erishilganidan keyingi davr o‘zbek adabiyoti uchun inson ma’naviyati qirralarini tekshirish, odam ruhiyatidagi ko‘z ilg‘amas sezimlarni tadqiq etishga erishish ana shunday baland marradirki, milliy adabiyotimiz ana shu marrani egallashga intilmoqda.
Hozirgi o’zbek qissalari ko’plab adabiyotshunoslar tomonidan o’rganilmoqda. Chunonchi, hozirgi kunlarda yaratilayotgan qissalar haqida gazeta va jurnallarda maqolalar chiqib turibdi. Bularga Mashhura Sheralievaning “2019 yil qissalari haqida ayrim mulohazalar” va Umida Rasulovaning “Qissalar tahlili” kabi maqolalarni kiritishimiz mumkin. Bu maqolalarda yozuvchilarning asarlari misolida yozuvchining o’ziga xos uslubi, insondagi psixologik xususiyatlarni talqin etishdagi mahorati yoritilishi bilan bir qatorda asardagi persanajlarning tasviri haqida ham so’z boradi.


Download 42,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish