Raqobat ustunligini himoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan foydalanish. Raqobat bozorlarida barcha firmalar raqobatchilar uyushtiradigan hujumlarning ob’ektlari bo’lishi mumkin. Hujumlar xuddi eski, amaldagi firmalar tomonidan bo’lganidek, yangi firmalar tomonidan ham bo’lishi mumkin. Himoyaviy strategiyaning maqsadi hujumga uchrash xavfini kamaytirish yoki ularni eng kam yo’qotish bilan o’tkazib yuborish. Himoya strategiyasi kompaniyaning raqobat ustunligini kuchaytirmasa ham, raqobat pozitsiyasi atrofida mudofaa inshootlarini tashkil etish va raqobat ustunligini saqlab qolish imkonini beradi.
Raqobat ustunligini himoya kilishning bir qancha yullari mavjud. Ulardan biri - raqobatchilarning sozlangan harakatlarni boshlashlari uchun xalal berish. Bunday yondoshuv quyidagi asosiy qadamlarni ko’zda tutadi:
1. Bo’sh bozor uyalarini to’ldirish uchun mahsulot nomenklaturasini kengaytirish;
2. Raqobatchilar ega bo’lgan yoki ega bo’lishi mumkin bo’lgan modellar va mahsulotlar sortlarini ishlab chiqish;
3. Pastroq narxlarda raqobatchilarning maxsulotlariga yaqin modellarni taklif etish;
4. Raqobatchilarni vositachi va distribyuterlarning taqsimlash tarmog’idan siqib chiqarish uchun ular bilan shartnomalar imzolash;
5. Vositachilar va distribyuterlar boshqa ta’minotchilar bilan aloqa bog’lashlariga xalal berish uchun ularga sezilarli chegimalarni kafolatlash;
6. Iste’molchilarni bepul yoki past narxlarda o’qitishni taklif etish;
7. O’z mahsulotiga iste’molchilar talabini saqlab qolish uchun choralar ko’rish;
Kreditga sotish hajmlarini oshirish;
Butlovchi qismlar yetkazib berish vaqtini qisqartirish;
Muqobil texnologiyalarni patentlash;
Xususiy nou-xaularni himoyalash;
Eng yaxshi ta’minotchilar bilan eksklyuziv kontraktlar imzolash;
Raqobatchilarni yaqinlashtirmaslik uchun xom-ashyolarni katta xajmlarda sotib olish;
Raqobatchilar bilan ishlaydigan ta’minotchilardan voz kechish;
Tovarlar va raqobatchilar harakatlarni doimo nazorat qilib turish.
Himoyaviy strategiyaga bo’lgan ikkinchi yondoshuv - raqobatchilarga ularning harakatlari javobsiz qolmasligi va kompaniya hujumga tayyor ekanligini yetkazib turishdan iborat.
Raqobatchilarning hujumkor harakatlariga qarshilik ko’rsatishning boshqa yo’li raqobatchilarni o’ziga jalb etadigan va ularni hujumkor harakatlarga undaydigan foydani kamaytirishga urinishdan iborat.
Firmaning foydaliligi qanchalar yuqori bo’lsa, bu boshqalar uchun o’ziga jalb etadigan «xo’rak» vazifasini o’taydi va hujumkor harakatlar qilish istagini tug’diradi. Bunday sharoitda kompaniya hisob mexanizmlari yordamida himoyalanishi mumkin.
Vertikal integratsiya strategiyasi. Strategik menejmentda vertikal integratsiya - bu firma ta'minot zanjirining bir nechta bosqichlarini to'liq nazorat qilishni o'z ichiga oladigan vertikal bog'liq faoliyatga egalik qilish. Gorizontal integratsiya raqiblar o'rtasidagi kombinatsiyani nazarda tutsa-da, vertikal integratsiya sotib olish-sotish yoki yuqoridan-pastga yo'naltirilgan munosabatlarga ega bo'lgan kompaniyalarni o'z ichiga oladi. Vertikal integratsiya ikki xil bo'lishi mumkin: «Orqaga» va «Oldinga» integratsiya.
Orqa tarafdagi integratsiya - bu firma o'z shaxsiy mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun egalikni va mulkni o'z zimmasiga olishni anglatadi, oldinga inteqrasiya esa firma o'z mijozlarining mulki va boshqaruvini oladi. Kompaniyalar vertikal ravishda birlashganda, ular buni to'liq tarzda amalga oshiradilar; ular orqaga yoki oldinga siljiydilar, natijada to'liq birlashishga olib keladi. Vertikal integratsiyaning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, u kompaniyaning bozorda duch keladigan xatarlarini biroz kamaytirishi mumkin.
Kompaniya mablag’larini vertikal integratsiyaga investitsiya qilishning asosiy sababi uning raqobat pozitsiyasini kuchayishidir. Agar vertikal integratsiya kompaniya xarajatlarini sezilarli darajada pasayishiga yoki qo’shimcha raqobat ustunligiga erishishga olib kelmas ekan, u strategik xisoblanmaydi va unga mablag’ sarflashning foydasi yo’q.
Vertikal integratsiyaning kamchiliklariga kuyidagilar kiradi:
- Integrallashgan firmalar yangi texnologiyalarga sekin ko’nikish tendentsiyasiga ega bo’ladilar, chunki bu katta xarajatlar bilan bog’liq.
- Integratsiya ta’minotchilarni erkin tanlash xususida firmaning imkoniyatlarini cheklaydi.
- Vertikal integratsiya qadriyatlar zanjiridagi xar bir bosqichda quvvatlarni balansligi bilan bog’lik bo’lgan muammolarga olib keladi.
- «Oldingi» yoki «Orqaga» integratsiya turli malaka, mahorat va ishbop qobiliyatlarini talab etadi.