2. Strategik boshqaruv uzoq muddatli boshqaruv faoliyati sifatida
Maqsadni aniqlash strategik ko’rish va kompaniyaning rivojlanish yo’nalishlarini aniq maqsadga aylantirib beradi. Maqsad firma boshqaruv apparatining belgilangan vaqtda aniq natijaga erishish majburiyatidir.
Firmaning o’zoq, muddatli rejalari aniq, o’lchanadigan aniq vazifalarga aylantirilmaguncha missiya va firmaning kelajak niyatlari fakat chiroyli so’zlardan iborat bo’lib qolaveradi. Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning hal qiluvchi daqiqasidir.
Korporativ maqsad - bu tashkilot o’z aksionerlarining manfaatlariga qanday qarashini ko’rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko’rsatkichdir. Maqsadga yo’nalganlik firmaning biznesini, asosiy maqsadlarini, tavsifnomalarini va uning yetakchi falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo’nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun tashkiliy mazmun kasb etadi.
Kompaniyaning maqsadga yo’nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli tashqi va ichki guruhlar ta’sir ko’rsatadi (1-chizma).
Ichki guruhlar:
menejerlar; direktorlar kengashi; xissadorlar; yollanma ishchilar.
Maqsadni belgilash
Biznesni aniqlash
Bosh tizimlar
Biznes falsafasi
Tashqi guruhlar: iste’molchilar; hukumat; kasaba uyushmalari; raqobatchilar; jamiyat.
Vazifa va mavqeidan kelib chiqib, strategiyani ifodalash
1-rasm. Maqsadni belgilash va firma strategiyasini shakllantirishdagi harakatlanuvchi guruhlar5.
Oldiga maqsadlarni qo’yish biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning har bir bo’linmasini kerakli tomonga yo’naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga erishish uchun muhim deb hisoblagan har bir muhim natija uchun zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasi, ishning rivojlanishi, investitsiyalarning qaytarilishi, dividendlarning o’sishi, bozor o’lchamlarini, sifatli mahsulot yoki texnologiya peshqadamlikning obro’-e’tibori, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyati, diversifikatsiya darajasi, moliyaviy qudrat, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish, qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o’z ichiga olishi mumkin.
Mashhur kompaniyalarning o’z oldiga qo’ygan maqsadlaridan namunalar keltiramiz:
- Federal Express: Dunyodagi eng katta va eng yaxshi transport kompaniyasi bo’lish;
- Alcan Aluminum: Eng arzon alyuminiy ishlab chiqaruvchi korxona bo’lish;
- General Electric: Dunyodagi eng qudratli raqobatchi bo’lish, kompaniya biznesining har bir sohasida bozordagi ulush bo’yicha birinchi yoki ikkinchi o’rinni egallash;
- Atlas Corp: arzon oltin ishlab chiqaruvchi o’rtacha ishlab chiqaruvchi bo’lish va oltin ishlab chiqarish hajmini yiliga 125000 unsiyaga etkazib, 1500000 unsiyaga teng oltin zaxirasiga ega bo’lish;
- Black and Decker: yangi mahsulotlar chiqarishni va biznesni keng qamrovliligini davom ettirish.
Bu yerda ham o’zoq muddatli, ham qisqa muddatli maqsadlar talab qilinadi. O’zoq muddatli maqsadlar ikki xil bo’ladi. Birinchidan, ular o’zoq muddatli maqsadlarga erishish uchun bugun nima qilish kerakligini ko’rsatadi, ikkinchidan, bunday maqsadlarning mavjudligi menejerni bugungi qarorlarni qabul qilishda o’zoq muddatli istiqbolni hisobga olishga undaydi.
Qisqa muddatli maqsadlar izchillik bilan eng yaqin kelajakda qaysi natijalarga zudlik bilan erishish kerakligini ko’rsatib beradi. Ular tashkilotga tanlab olingan yo’ldan borish uchun kerak bo’lgan tezlikni ham, qilinishi kerak bo’lgan ishlarning talab qilingan darajasini ham (qachon va qanchalik ko’p ish qilish kerakligini) ko’rsatadilar.
Tashkilotning maqsad va vazifalari ochiq-oydin bo’lishi lozim. Ba’zi kompaniyalarning menejerlari har bir hal qiluvchi natija uchun ma’lum bir maqsadni belgilaydilar va so’ngra uning sari qat’iy harakat qiladilar. Odatda bunday menejerlar umid, iltimos va yaxshi niyatlarga tayanadigan kompaniyalarga qaraganda g’oliblikka yaxshiroq nomzod bo’ladilar. Bu erda «daromadni ko’paytirish», «xarajatlarni kamaytirish», «samaradorlikni oshirish», «savdo hajmini ko’paytirish» kabi iboralarni ishlatmaslik kerak.
Strategik fikrlash uchun maqsadlar ierarxiyasini rahbarlikning barcha tabaqalari uchun har tomonlama belgilab olish muhimdir. Bu barcha menejerlar uchun vazifalarni aniqlashdan tashqari, ularni bajarishning muhimligini ham ta’minlaydi (shu maqsadda jarayonda quyi tabaqadagi menejerlar ham ishtirok etadi).
Maqsad va vazifalarni aniqlash uchta kichik jarayonlardan iborat. Birinchi kichik jarayon firmaning vazifasini aniqlashdan iborat. Bu vazifa firmaning faoliyat yuritishini mazmunini ifodalaydi va bu tashkilotda ishlovchi odamlarga ularning joriy xatti-harkatlariga istiqbol nuqtai nazaridan ma’lum ma’no, mazmun berish imkoniyatiga ega.
Tashkilot faoliyatiga manfaatlari ta’sir etuvchi odamlar guruhi (demakki, firma vazifalari aniqlanishida hisobga olinishi lozim manfaatlar egalari) bo’lib, tashkilot egalari (ta’sischilari), xodimlari, tashkilot mahsulotlarini sotib oluvchilar, firmaning hamkorlari, mahalliy jamoat va butun jamiyat hisoblanadi. Vazifada har bir sub’ekt manfaatlarining namoyon bo’lish darajasi bevosita tashkilot katta-kichikligiga, qaysi biznes turi bilan shug’ullanishiga, qayerda joylashganligiga va h.k.larga bog’likdir.
Keyin o’zoq muddatli maqsadlarni aniqlash kichik jarayoni boshlanadi. Strategik boshqaruvning ushbu qismi qisqa muddatli maqsadlarni aniqlash bilan tugallanadi. Firma maqsad va vazifalarini aniqlash firma nima uchun faoliyat yuritayotganligi va nimaga erishmoqchiligi aniqlanishiga olib keladi. Buni bilib esa o’zini tutish strategiyasini to’g’ri tanlash mumkin.
Vazifa o’zida nimani va qanday muddatlarda tashkilot qilishi lozimligi haqida aniq ko’rsatmalarni mujassamlantirmasligi lozim. U tashkilot harakatining asosiy yo’nalishlarini ko’rsatadi.
Yevropa, va ayniqsa, Amerika korxona va tashkilotlari potentsial xaridorlar hamda o’ziga nisabatan jamiyatning yaxshi munosabatini mustahkamlash uchun o’zaro raqobatlashish jarayonida maksimal darajada shaffof bo’lishga harakat qiladilar.
Vazifani shakllantitrish korxonaning xaqiqiy maqsadlari xaqida o’ylantirishini amaliyot ko’rsatmoqda, shuning uchun bu dastak eng avvalo, rahbarlarni qiziqtirish lozim. Vazifa shunday shakllantirishi lozimki, uni tashqi muhitda sifat va ishonchlilik jihatidan boshqalardan ajratib turuvchi tashkilotning joriy yutuqlarini aks ettirsin va kelajakdagi intilishlarini ifoda etsin. Bunda vazifa strategik mo’ljallarni aniqlaydi va taktik yo’nalishlarni ko’rsatadi, ular, o’z navbatida, tashkilot ichki muhiti uchun o’ziga xos vazifa bo’ladi.
Kompaniya vazifasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |