3. Iqtisodiyotni prognozlashtirishning shakllari va usullari Prognozlashning ekspert usuli. Prognoz - ekspert ob‘ekti perspektiv taraqqiyotiga qaraganda mutaxassislarning individual fikrlashini namoyon qiladi hamda mutaxassis tajribasi mobilizatsiya va intuitsiyaga asoslangan. Ekspert baholash usuli ob‘ektlar va muammolarni tahlil qilishda, ularning taraqqiyoti to‘liq yoki qisman matematik shakllantirishga to‘g‗ri kelmaydigan, ya‘ni adekvang (o‘xshash, to‘g‗rilangan) modelni ishlab chiqish qiyin bo‘lgan xollarda ishlatiladi. Prognozlashda qo‘llaniladigan ekspert baholash usuli individual va kollektivga bo‘linadi.
Individual ekspert usuli, soxalari bir-biriga boglanmagan ekspert mutaxassis fikrlaridan foydalanishga asoslangan. Ko‘pincha prognozni shakllantirishda quyidagi ikki usul qo‘llaniladi:
Intervyu.
Analitik-ekspert baholash.
Intervyu usuli prognoz qiluvchining ekspert bilan bo‘ladigan suhbatini taxmin qiladi. Shundan kelib chiqqan holda suhbat davomida prognoz qiluvchi oldindan ishlab chiqilgan dasturlar asosida ekspert oldiga ob‘ektning perspektiv taraqqiyotiga nisbatan savollar qo‘yadi. Bunday baholashning muvaffaqiyati muhim darajada intervyu olinayotgan ekspert mahoratiga, uning eng fundamental savollarga tez va turli - tuman xulosalar berishiga bog‗liq.
Analitik-ekspert baholash tahlil qilishga intilish ustidan uzoq va sinchiklab mustaqil ishlashni, prognozlanayotgan ob‘ektning taraqqiyot yo‘li va xolatini baxolashni taxmin qiladi. Bu usul ekspertga prognozlanayotgan ob‘ekt bo‘yicha lozim bo‘lgan barcha axborotlardan foydalanish imkonini beradi. Ekspert o‘zining fikrlarini ximoya qogozi ko‘rinishida tayyorlaydi.
Ko‘rilayotgan usullarning asosiy yutug‗i ekspertning individual maxorati xamda aloxida ishchiga ko‘rsatilgan, e‘tiborga olinmagan psixologik ta‘sirni maksimal darajada foydalanish imkonini beradi. Lekin bu usullar bir ekspert - mutaxassis bilimi bir qancha fan sohalari bo‘yicha cheklanganligi tufayli ko‘pincha umumiy strategiyani prognozlashda kam qo‘llaniladi.
Ko‘p hollarda umumiy strategiyani prognozlashda prognozlanayotgan ob‘ektning perspektiv taraqqiyoti haqida, ekspertlarning jamoaviy fikrlarini aniqlash prinsipiga asoslangan jamoaviy-ekspert baholash usulidan foydalanish mumkin.
Bu usullarni qo‘llash asosida ekspertning o‘rganayotgan muammoni muhimligi va ahamiyatliligini yetarli darajada baholash gepotezasi, ma‘lum bir yo‘nalishdagi perspektiv taraqqiyoti, u yoki bu voqeaning yuzaga kelishi, prognoz ob‘ekti taraqqiyotida maqsadli ma‘lum bir muqobil yo‘lni tanlash gepotezasi yotadi.
Hozirgi vaqtda maxsus hay‘at a‘zolarining ishlashiga asoslangan ekspert usullari keng tarqalgan bo‘lib, ekspert guruhlari «dumaloq stol atrofida» u yoki bu muammoni hal qilishda bir qarorga kelish maqsadida munozara qilib, bir fikrga kelishadi.
Haqiqatdan ham ekspert jamoasi yordami bilan prognozlashni shakllantirishda asosiy masalalar quyidagilardir:
malakali ekspert guruhlarini shakllantirish;
ekspertizalarni tayyorlash va o‘tkazish;
olingan hujjatlar asosida statistik hisoblashlar o‘tkazish.
Anketalarda saqlangan, ko‘p sonli kiymatlar ko‘rinishida berilgan, ekspert baholash natijasini statistik baholash va ularning ishonchlilik chegaralari, ekspertlar fikrlari kelishuvini statistik baholash aniqlanadi.
Prognozlanayotgan kattaliklarning o‘rtacha ahamiyati quyidagi formula orqali aniqlanadi.
В n Bu yerda: Bj – tarafidan berilgan prognozlanayotgan kattalikning ahamiyati; n- guruhdagi ekspertlar soni.
Bundan tashqari, dispersiyani ham aniqlash mumkin:
D (Bi-B)2/(n-1)
(Dispersiya, bu variant (Bi)dan o‘rtacha arifmetik (V) ayirmasining o‘rtacha kvadrati).
Bundan so‘ngra j ishonchlilik intervalining yaqinlik ahamiyati hisoblanadi.
j Bu yerda: t- parametr, ya‘ni styudent jadvalidan berilgan ishonchlilik ehtimoli darajasi va ozodlik darajasi soni orqali aniqlanadi. So‘ngra prognozlanayotgan kattalikning ahamiyatliligi uchun ishonchlilik intervali hisoblanadi.
Yuqori chegarasi uchun AVqVqj
Qo‘yi chegarasi uchun ANqV-j
Bundan tashqari baholanayotgan har bir parametr muhimligi bo‘yicha ekspertlar fikrlarining kelishuvlik darajasini ko‘rsatuvchi konkordatsiya koeffitsiyenti hisoblanadi.
Prognozlashtirishda ekstropolyatsiya usulli. Ekstrapolyatsiya yordamida jarayonlar yuzaga kelishida, odatda, u yoki bu ko‘p miqdoriy ob‘ekt tavsifi statistik tendensiyalarini yigishda, o‘zgarish nuqtasidan boshlanadi. Ekstrapolyatsiya usullari eng ko‘p tarqalgan va barcha prognozlash usullari orasida nisbatan ko‘p ishlab chiqilgan usullardan hisoblanadi.
Bu usullar yordamida katta sistemalarning parametrlari, iqtisodiy, ilmiy va ishlab chiqarish potensialining miqdoriy tavsiflari, ilmiy-texnik taraqiyotning natijaviyligi to‘g‗risidagi ma‘lumotlar, sistemalar ichidagi va boshqa shunga o‘xshash tavsiflarning nisbatlari ekstrapolyatsiya qilinadi.
Ekstrapolyatsiya usulining maqsadi quyidagicha hisoblanadi:
Prognozlash ob‘ektini xarakterlovchi o‘tgan davrga nisbati, tadbiq qilish qonuniyatlari aniqlanadi va mos xolda bu ma‘lumotlarning o‘sish potensiallari to‘grisidagi statistiq ma‘lumotlarni tahlil qilish, so‘ngra tashqi muxitda emperik yoki dinamik qatorda bo‘lgan prognozlovchi kattaliklarning qiymatlari aniqlanadi.
Ekstrapolyatsiya usuli vaqt qatorlaridagi boglanish ko‘prok, ya‘ni ekstrapolyatsiya qilishning tarqalgan soxalari aniqlangan hollarda qo‘llaniladi.
Birlamchi tahlil o‘tkazishdan so‘ng to‘gri ekstrapolyatsiya jarayoniga o‘tkazamiz.
Egri chiziqli shakli va uning parametr qiymatlarini bilgan xolda, emperik ma‘lumotlar tashqarisida ya‘ni, kelajak davriga to‘gri keluvchi argument(vaqt)qiymatini aniqlab, konkret vaqtda prognozlash qiymatiga qabul qiluvchi funksiyaning mos keluvchi qiymati aniqlanadi.
Berilgan prognozlash usuli, odatda, egri chiziqli shaklini to‘gri aniqlanganda, qonuniyatlarni to‘gri aks ettiruvchi emperik ma‘lumotlarning o‘zgarishi to‘grisida juda yaxshi natijalar beradi.
Dinamik qatorni aniqlash uchun dinamik qatorda boglanish zichligini ko‘rsatuvchi koeffitsiyent hisoblanadi
ryx ryx ning qiymati –1 dan +1 gacha qiymatni qabul qiladi.
Musbat qiymat to‘gri, manfiy qiymat teskari boglanishga tegishli ekanini ko‘rsatadi. ryx 0,7 bo‘lgan qiymatda trend barqaror bo‘ladi.
Aks holda dinamik qator tendensiyasi barqaror bo‘lmaydi. rxy qiymati (0) ga yaqin bo‘lgan holda korrelyatsion boglanish yo‘qligi to‘grisida fikr yuritiladi.
Тendensiyaning barqarorligi aniqlangan holda dinamik qator ikki tashkil etuvchiga ajratiladi.
yqytqet (tq1,2,…n)
Bu yerda: yt, tendensiyaning taraqqiyoti (trend); et ayrim sabablarga ko‘ra xarakat natijasida yuzaga keluvchi qoldiq elementlar.
Dinamik qatordagi elementlarning miqdoriy tavsifini aniqlash uchun vaqt davomida ob‘ekt tendensiya taraqqiyotining eng ma‘qul ko‘rinishini ifodalovchi trend xisoblab chiqiladi. So‘ngra qolgan elementlarning egiluvchanlik qiymatiga baho beriladi. utqaqbt chiziqli regretsiya parametrlari eng kichik kvadratlar usuli orqali hisoblanadi.
Bu usulning ma‘nosi boshlangich vaqt qatori nuqtasidan ayirmani minimizatsiya qiluvchi trend usuli parametrlarini qidirib topishdan iboratdir. Bunday holda ayirmaning kvadrati summasi olinadi:
S min
Bu yerda: Yt-boshlang‗ich qatorning saqlanish ahamiyati;
Yt-boshlang‗ich qatorning faktga asoslanish axamiyati; tq1,n. n-kuzatuvlar soni.
Minimizatsiya talabi tenglik (0) nolga tenglashtirilganda bajariladi.
Bunda S minimal bo‘lishi hamda a va v parametrlar quyidagi normal tenglamalar sistemasini qoniqtirishi lozim.
na a a va v parametrlari taalluqli bo‘lgan sistemani hisoblab, ularning
axamiyatini aniqlaymiz.