Reja Kirish Inflyatsiya tushunchasi va uning iqtisodiy mazmun mohiyati Inflyatsiyaning turlari va kelib chiqish sabablari Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy


O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari



Download 116,32 Kb.
bet6/8
Sana31.12.2021
Hajmi116,32 Kb.
#201724
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tayyor kurs ishi

O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari

Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra inflyatsiyaning eng yuqori darajasi joriy yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda, 2020 yilning ikkinchi yarmida tariflar o‘sishining inflyatsiyaga ta’siri pasayib boradi va yil oxirida inflyatsiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqinlashadi.

O‘tgan yillardagi inflyatsiya xususiyatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravishda oshirib kelinishi inflyatsiyaning asosiy omillaridan bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, ushbu sohalarda narxlar shakllanishining bozor tamoyillarini joriy qilishni kechiktirish keyinchalik ham narxlarni har yil oshirib borishni talab qiladi. Bu, o‘z navbatida, qo‘shimcha inflyatsion bosimni yaratishda davom etadi va 2023 yilga kelib inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga – targetga erishishni qiyinlashtiradi.

Narxlarning o‘zgartirishni bir bosqichda amaga oshirish orqali bozor tamoyillarini joriy etilishi inflyatsiyaga ma’lum darajada qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yo‘lidagi muammolarni bartaraf etishga, respublika hududlarida energiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga hamda tovarlar va xizmatlar taklifi hajmining ko‘payishiga xizmat qiladi.

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. 2020 yilning fevral oyida yillik inflyatsiya yanvar oyiga (14,3 foiz) nisbatan 0,8 foiz bandga va 2019 yilning dekabr (15,2 foiz) oyiga nisbatan 1,7 foiz bandga pasayib, 13,5 foizni tashkil qildi.

2020 yil fevralda bazaviy inflyatsiya 2019 yil dekabrga nisbatan solishtirganda 1,4 foiz bandga pasayib, 12,5 foizlik darajagacha tushdi.

Inflyatsiya darajasining pasayishiga, birinchi navbatda, fundamental omillar, jumladan, iqtisodiyotni kreditlash hajmi va byudjet xarajatlarining o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi, shuningdek, 2019 yilda yuzaga kelgan bir martalik omillar (o‘tgan yil yanvar oyida QQSga tortiladigan bazaning kengayishi, avgust oyida milliy valyuta kursining devalvatsiyasi hamda energiya resurslari narxining oshishi, oktabr oyida un va non narxining erkinlashtirilishi) ta’sirining qisqarishi sabab bo‘ldi.

Mavsumiy tebranishlarning ta’sirining kamayishi joriy yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror bo‘lishiga xizmat qildi va ushbu guruh narxlarining o‘sishi 2,4 foiznitashkil qildi (2019 yilning yanvar-fevral oylarida 4,9 foiz).

Saqlash infratuzilmasining kengayishi va issiqxonalar tarmog‘ining rivojlanishi hisobiga qish oylarida meva va sabzavotlar narxining keskin oshishi kuzatilmadi. Xususan, 2019 yilning yanvar-fevral oylarida mevalar 15,6 foizga, sabzavotlar 13,8 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda narxlar o‘sishi qariyb ikki barobarga pasayib, mos ravishda 7,7 foiz va 6,3 foizni tashkil qildi.

2020 yilning yanvar-fevral oylarida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning o‘sish sur’ati 2019 yilning mos davriga (6,0 foiz) nisbatan 3,5 foiz bandga pasayib 2,5 foizni tashkil etdi.

Kredit portfeli umumiy o‘sish sur’atining pasayishiga qaramasdan bozorning turli segmentlarida kreditlarning o‘sish dinamikasi turlicha bo‘ldi.

Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi iste’mol va ipoteka kreditlari segmentida yuqori o‘sish sur’ati (5,2 foiz) kuzatildi (umumiy kredit portfeli o‘sishining 38 foizini tashkil qildi). Ushbu kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarning nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramasdan, ularga bo‘lgan talabning yuqoriligi quyidagilar bilan izohlanadi:


  • iste’mol kreditlar bozori nisbatan yangi bo‘lganligi uchun uzoq yillar davomida yig‘ilib qolgan yuqori talab;

  • iste’molchilar moliyaviy savodxonlik darajasining yuqori emasligi;

  • eng asosiysi, mamlakatda bir necha yillar davomida yuqori inflyatsiya kuzatilganligi sababli, iqtisodiyotda yuqori foiz xarajatlarini qaytarishning qiyin bo‘lmasligi to‘g‘risidagi fikrlarning saqlanib qolishi.

Xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkalarining nisbatan past ekanligi ushbu kreditlar hajmining 3,4foizga oshishiga sabab bo‘ldi.

Byudjet xarajatlari va iqtisodiyotni kreditlash hajmini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan choralar muayyan darajada importga bo‘lgan talabning muvozanatlashuviga olib keldi. Xususan, 2020 yilning yanvar oyida importning yillik o‘sish sur’ati 23 foizgacha (2019 yilning yanvar oyida 43 foiz, fevral oyida 40 foiz) sekishlandi.  

Noaniqlik va xatarlar. Jahon iqtisodiyotida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy muammolar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham muayyan darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bunda ta’sir ko‘lami jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning davomiyligi bilan baholanadi.

Iste’mol savatchasida sezilarli ulushga ega bo‘lgan Xitoydan import qilinadigan ayrim tovarlar hajmining qisqarishi ichki bozorda narxlarga ma’lum bosimni yuzaga keltirishi mumkin.

Ichki narxlar darajasiga “koronavirus” ta’sirining bir martalik qisqa muddatli bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoydan import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qoplanmagan talab ichki ishlab chiqarishning kengayishi va boshqa davlatlardan yangi import yo‘nalishlarining yo‘lga qo‘yilishi orqali qoplanadi va natijada o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorlashadi.

Ichki bozorda go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning sezilarli oshishiga nisbatan taklif hajmining nomuvofiq o‘sishi narxlarga ma’lum darajada bosim yaratadi.

Yana bir bor ta’kidlash lozimki, transport infratuzilmasini, bozorlarda raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz gaz va elektr energiya bilan ta’minlash sohalarida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyatsiya darajasi barqaror pasayishining asosiy omillaridan hisoblanadi.

Inflyatsiya prognozi. 2020 yilning yanvar-fevral oylarida inflyatsiyaning pasayib boruvchi tendensiyasi kreditlarning yuqori o‘sishni oldini olish va fiskal intizomning kuchaytirilishi orqali iqtisodiyotda inflyatsiya bosimini va inflyatsiyaga nomonetar omillar ta’sirini pasaytirish, xususan tartibga solinadigan energiya resurslari narxlarini erkinlashtirish jarayonini kelgusi yillarga qoldirmasdan amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatdi.

Bunda, inflyatsiya darajasini prognoz doirasida ushlab turish quyidagilar omillar hisobiga ta’minlanadi:



  • umumiy fiscal balans taqchillik, O‘TTJ daromad va xarajatlari muvozanatlashuvini ta’minlagan holda, 2020 yilda tasdiqlangan parametrlarga (YaIMga nisbatan 2,7 foiz) to‘liq mos bo‘lishini ta’minlash;

  • banklar kredit portfelining mo‘tadil o‘sish sur’ati, ya’ni YaIMning nominal hajmi o‘sish sur’atidan oshmaydigan (25 foiz atrofida) darajada bo‘lishi hamda kelgusi davrda kredit bozorida segmentlashuv darajasining pasayishi bilan pul-kredit siyosatining joriy sharoitini saqlab qolish;

  • tashqi qarzning muvozanatli o‘sishi, xususan, xorijiy valyutadagi kreditlar o‘sishi va iqtisodiyotdagi qarz yukining muvozanatlashuvi hamda dollarizatsiya darajasining pasayishi.

Inflyatsiya ayniqsa o’tish bosqichida turgan iqtisodiyotga juda ogir ta`sir ko’rsatadi. Buning sababi bozor iqtisodiyoti yo’lida g’oyat muxim qadam bo’lgan narx-navoni erkinlashtirish, ya`ni narxlar ustidan davlat nazoratini bekor kilish bilan boglangan. Bunday narxlarni erkinlashtirishning kanday natijalarga olib kelishini oldindanok aytib berish mumkin: xamisha takchil bo’lib kelgan tovarlarning narxlari oshib ketadi. Chunki davlat ushbu tovarlarning narxlarini sun`iy ravishda past kilib belgilab kelgan va talab xamisha taklifdan oldinda yurgan yoki hukumat karorlari keltirib chikargan iktisodiy buzilishlar xamda samarasizlik tufayli shu xol vujudga keladi. Agar utish davriga kelganda odamlar kulida kup mikdorda pul tuplanib kolgan bulsa (chunki ularni biron bir kimmatli narsaga sariflashning imkoni bulmagan), inflyatsiya yuki yana xam ogirrok bulishi mumkin.

Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda Markaziy bankning masuliyati ulkan ekanligini hisobga olib, uni ta’minlashda o‘zining asosiy va muqobil ssenariylarni ishlab chiqdi. Ikkala ssenariyda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda ehtiyotkorona yondashuvdan foydalanib, pul-kredit sharoitlarini bir maromda qat’iylashtirib borishni ko‘zda tutgan. Bunda muqobil ssenariyda yanada qat’iyroq choralardan foydalaniladi.

Unga ko‘ra, istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyasiya darajasini pasaytirish va inflyasion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexa- nizmlarini rivojlantirish zarur.

Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirish) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.

Iqisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, tovar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda barqaror iqtisodiy o‘sishning yo‘nalishlaridan biri sifatida mamlakatimizda o‘zlashtirilayotgan investitsiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga kirishi natijasida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalarining faolligi oshmoqda. Buning natijasida aholining ish bilan bandligi va aholi daromadlari oshmoqda. Bu esa o‘z navbatidi YAIMning o‘sishini ta’minlaydi. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda mamlakat rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tendensiyalarini bilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.



O‘zbekistonda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasida ulkan natijalar ko‘zlanayotgan ekan, bu vazifalarni bajarish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:

  1. iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari uchun uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va uning izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlash;

  2. mamlakatimizning har bir hududi uchun mavjud salohiyatni inobatga olgan holda maxsus rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash;

  3. xususiy mulkchilikni rivjlantirish, xususiy tadbirkorlikning yanada jadal o‘sishini ta’minlash;

  4. narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida bank kreditlarini aynan iq tisodiyotning real sektoriga jalb etilishini ta’minlash;

  5. aholining iste’moli uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarning tannarxini oshib ketmasligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish vositalarini (asbob uskunalar va boshqalarni) import qilishni asta sekinlik bilan kamaytirib borish hamda ularning ishlab chiqarilishni mahalliylashtirish;

  6. iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik yangilanish jarayonlarini yanada takomillashtirish;

  7. moddiy-texnika resurslari va tayyor mahsulotlarni sotish va sotib olish tizimi institutlarida transaksiya xarajatlarini pasaytirish;

  8. aholining asosiy qatlamini iqtisodiy faollikka jalb qilish

Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, o’tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo’lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni koplash uchun kogoz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chikarish va tovar oborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri qog’oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo’lgan. Natijada muomalaga chikarilgan pullar, muomala uchun zarur bo’lgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya`ni, xaqiqatda pul birligi o’zida kursatilganidan kam oltin mikdorni ifoda kila boshlagan.

Dunyoning turli mamlakatlarida hukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflyatsiyaga qarshi turli antiinflyatsion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat tomonidan antiinflyatsion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan byudjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit-moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar.

Byudjet siyosati – bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va uning asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo`nalishlari belgilanadi va amalga oshiriladi. Byudjet siyosati yordamida soliqlar va yig`imlar asosida yig`ilgan davlat moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Byudjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo`lib ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi.

Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag`larini yig`ish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to`lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.

Baho siyosati – bu mahsulotlar, xizmatlar va to`lovga qobiliyatli talab o`rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog`liq siyosatdir.

Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zahiralar me`yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.

Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o`sishini ta`minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat.

Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo`lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.

Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning holatiga asosan muomalaga qog`oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir.

Dunyoning har bir mamlakatidan hukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati mavjud inflyatsiyani tartibga solishga hamda uni o`sish sur`atlarini pasaytirishga qaratilgan bo`lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan foydalaniladi:

1) Pul islohotlarini amalga oshirish;

2) Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;

Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to`liq yoki qisman o`zgartirishlarini amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta`minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining reval`vatsiya, deval`vatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda reval`vatsiya usulidan foydalanildi. Reval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko`tarib qo`yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo`lib deval`vatsiya hisoblanadi. Deval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib qo`yishdan iborat. Deval`vatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi. Pul islohotining uchinchi usuli bo`lib denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) hukumatlari foydalanishdi.

Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o`z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolarni o`sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo`nalishda olib boriladi:

1) Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo`lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko`tarish) va pul massasini cheklashni o`z ichiga oladi. Shuni ta`kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o`sishni sekinlashuviga sabab bo`ladi;

2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo`lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o`sishini ma`lum chegarasi o`rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo`yiladi. Daromadlar siyosati o`z mohiyatiga ko`ra qat`iy siyosat hisoblanadi va u aholi o`rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:


  • milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;

  • raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

  • xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;

  • -tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;

  • soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;

  • davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;

  • mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

  • pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag`batlantirish;

  • erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;

  • davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan qisqartirish;

  • davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.

Makroiqtisodiy barqarorlikka erishilgan paytda suzib yuruvchi almashuv kursi markaziy bankka, mamlakatning xo`jalik sub`ektlariga ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlar natijasida favqulodda yuzaga keladigan o`zgarishlarga moslashish imkonini berishi mumkin. Bundan tashqari, suzib yuruvchi almashuv kurslari mamlakatga xorijiy kapitallarni oqib kelishini kuchaytirish mumkin, buning natijasida esa milliy valyutaning almashuv kursi ko`tariladi, va bu holat, uning kursini ma`lum darajada foydalan almashuv, kursidan orqali nishon sifatida foydalanmaslik (kursning o`zgarishiga befarq munosabatda bo`lish) inflyatsiya jarayonlarinii kuchayib ketishiga olib kelishi ham mumkin.

Xulosa

Xulosa qilib, shuni aytib o`tish mumkinki, yuqorida aks ettirilgan har bir mamlakat bozor iqtisodiyotiga o`tish rejimining turli fazalarida bo`lganlari uchun, mazkur davlatlardagi iste`mol va chakana narxlari orasidagi farqlar ichki va tashqi omillar ta`sirida juda o`zgaruvchandir.

Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun, davlat iflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: pul islohati va inflyatsiyaga qarshi siyosat hisoblanadi. Pul islohati deb, muomalasini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan pul tizimini o`zgartirishga aytiladi. Jahon amaliyotida pul islohati metall pul muomalasi davrida, ikkinchi jahon urushidan keyin – oltin deviz, oltin dollar muomalasi davrida o`tkazildi.

Inflyatsiyani ushlab turish uchun, eng avvalo, uning iqtisodiyot uchun naqadar muhimligini, mexanizm va omillarning harakatga keltirishlarini anglash lozim. Soliq siyosatining inflyatsiyaga real ta`siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitida inflyatsiya mavjudligi tabiyi bo`lgani kabi, mamlakatning «soliq infratuzilmasi»da ham inflyatsiyaning qay darajada bo`lishi olib borilayotgan chora-tadbirlarga bog`liqdir.

Inflyatsiyaning o`sish ko`rsatkichini 7-9 foiz darajasida saqlab turish mo`ljallanmoqda. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, o’tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo’lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog’oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chiqarish va Tovar oborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu ko’rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan bo’ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yo’llaridan biri qog’oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo’lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo’lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya`ni, xaqiqatda pul birligi o’zida ko’rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bo’lib sifati ham o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo’jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligina bo’lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Xozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan - ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog’ining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.

Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:

- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;

- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;

- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;

-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;

- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;

- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;

- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit yer, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;

- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotning rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish.




Download 116,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish