Mir Muhammad Amini Buxoriy. XVII asrda o‘tgan buxo-rolik o‘qimishli va fozil kishilardan biri. 1645 yidda tug‘ilgan; vafot etgan yili ma‘lum emas. Ashtarxoniylar-dan Subhonqulixon va Ubaydullaxon (1702—1711 yy.) sa-royida bosh munshiylik vazifasida xizmat qilgan.
Mir Muhammad Amin Buxoro xonligining 1702—1716 yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqida hikoya qiluvchi «Ubaydullanoma» nomi bilan mash-hur bo‘lgan muhim asar yozib qoldirgan. Asar 1716 yiddan keyin yozilgan va muqaddima, xotima va 80 bobdan iborat. Muqaddimada muallifning hol-ahvoli, ya‘ni Subhon-qulixon hukmronligining so‘nggi yillarida xizmatdan chetlashtirilib, og‘ir ahvolga tushib qolganligi va Ubaydullaxon xizmatiga qabul qilinishi; Abdulazizxon va Subhonqulixon davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli
kiska tarzda bayon qilingan.
1—80-boblarda, yuqorida aytilganidek, Buxoro xonligining qariyb 15 yillik (1702-1711 yy.) ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yoritilgan. Muallif mazkur asarida katta yer egaligi, zulm (masalan, aholidan yig‘iladigan soliq va jarimalar); Buxoro xonligining ma‘muriy tu-zilishi; tarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tush-gan iqtisodiy qiyinchiliklar va uning ayrim sabablari kabi masalalarga ham keng o‘rin bergan. Asarda geografik va etnografik ma‘lumotlar ham ko‘p.
Xotimada muallif bilan zamondosh bo‘lgan va Buxoro-da istiqomat qilgan olimlar, shoirlar (masalan, Sayyi-do Nasafiy, Qosimxoja, mulla Sarfaroz, Fitrat, Mul-ham va b.), mashhur qozilar haqida qisqacha, lekin e‘ti-borga molik ma‘lumotlar keltirilgan.
«Ubaydullanoma»ning 10 dan ortiq qo‘lyozma nusxasi mavjud. Asar to‘la ravishda rus tiliga tarjima qilingan (A. A. Semyonov) va 1957 yili Toshkentda nashrdan chika-rilgan.
Mir Olim Buxoriy. Hayoti va faoliyati haqida faqat quy-idagilar ma‘lum: Amir Nafullo davri (1826/27—1860/61 yy.)da Huzor (G‘uzor) hokimi bo‘lgan Muhammad Olimbekning xizmatida bo‘lgan va uning topshirig‘i bilan «Fatxnomayi sul-goniy» («Sulton fathnomasi») nomli tarixiy asar yozgan.
«Fatxnomayi sultoniy» amir Shoxmurod (1785/86—1800 yy.) davridan to amir Nasrullo hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida bo‘lib o‘tgan voqyealarni o‘z ichiga oladi, lekin Shohmurod va amir Haydar davrlari qisqacha (O‘zR FA ShI qo‘lyozmasi, inv. № 1838, v. 7 6-55 b.), Nasrullo davri esa batafsil yoritilgan.
Mazkur nusxa asarning birinchi jildi bo‘lib, ikkin-chisi bizga ma‘lum bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yozilmay qolgan.
«Fathnomayi sultoniy»ning birinchi qismi marhuma O. D. Chexovich tarafidan rus tiliga tarjima kilingan. Tarjima qo‘lyozmasi O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Shar-qshunoslik instituti kutubxonasida sakdanmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |