Homiladorlikning erta muddatlarida aniqlash
Homiladorlik boshlanishida uning belgilari juda aniq bo'lmaydi. Bunda homiladorlik faqat taxminiy belgilarga ko'ra aniqlanadi.
Homiladorlikning taxminiy belgilariga ayoldagi sub`ektiv holat va ob`ektiv tekshirish natijasida uning organizmida aniqlangan o'zgarishlar kiradi. Homiladorlarning sub`ektiv holatiga:
ishtahasini o'zgarishi, nordon va achchiq ovqatlar egisi keladi, ba`zan bo'r iste`mol qiladi, ho'l tuproq va boshqalar hidini yoqtiradi;
jahldor bo'lib kayfiyati tez-tez o'zgarib turadi, uyquchanbo'lib qolishi mumkin;
hidni sezish qobiliyati birmuncha o'zgaradi (papiros, atir, yog` hidi va boshqa hidlardan ko'ngli ayniydi);
4.) terisida bir qator o'zgarishlar ro'y beradi: sut bezi tugmachasi atrofida, yuzida, qorin devorining oq chizig`ida qoramtir dog`lar paydo bo'ladi.
5) sut bezida og`iz suti (boshlang`ich sut) paydo bo'lib ko'kraklari kattalashadi. Agar sut bezining uchi siqilsa, og`iz suti chiqadi.
SHuni aytib o'tish kerakki, ilgari tuqqan ba`zi ayollar ko'kragida sut saqlanishi mumkin.
Homiladorlikning taxminiy belgilari.
Bu xildagi belgilarga jinsiy organlarda, sut bezida, hayz ko'rishda bo'ladigan o'zgarishlar kiradi. Bu belgilarning hammasi ob`ektiv belgilar hisoblanadi.
Homiladorlik hayz ko'rishning to'xtashi bilan belgilanadi. Ma`lumki, sog`lom ayollarda hayz davri o'zgarmaydi. Faqat homiladorlar hayz ko'rmaydilar, ba`zi bola emizadigan ayollar hayz ko'rmasliklari mumkin.
Hayz davrining buzilishi umumiy kasalliklarda ham uchrab turadi. Xususan qandli diabet, sil, surunkali zaharlanish (kimyoviy moddalar va boshqalar bilan), og`ir ro'hiy iztirob yoki to'satdan boshga tushgan musibat natijasida ham hayz to'xtashi yoki uning davri buzilishi kuzatiladi.
Hayz ko'rishning to'xtashi homiladorlikning taxminiy belgilaridan biri bo'lishiga qaramay, turli akusherlik tekshirishlari o'tkazish lozim bo'ladi.
Qinning kirish qismi va qin shilliq qavatining bo'rtib ko'karishi ham homiladorlikning taxminiy belgisidir. Odatda homiladorlikning 5-6-haftasidan boshlab bachadon kattalashadi, shakli va qattiq-yumshoqligi o'zgaradi.
Sut bezlari o'zgarib kattalashadi va qattiqlashadi, yuqorida aytganimizdek sut bezlari tugmachasi atrofini siqqanda, og`iz suti chiqadi.
Homiladorlikning taxminiy belgilari ob`ektiv belgilar hisoblanadi, qinni va qin kirish qismini ginekologik oynalar yordamda ko'riladi. Oynalar asosan 2 xil bo'ladi.
Ginekologik oyna yordamida tekshirganda ham aseptika va antiseptika qoidalariga to'la rioya qilinishi lozim. Bu maqsadda vrach qo'lini albatta iliq suv bilan cho'tkada sovunlab, tozalab yuvishi, so'ngra dezinfektsiya qiladigan eritmalar bilan chayishi kerak. SHuningdek, tekshirish oldidan ayolning jinsiy organlari ham dezinfektsiyalovchi eritma bilan yuviladi, sterillangan paxta bilan asta artib, quritiladi.
Ginekologik oynalar yoramida qinning shilliq qavati, bachadon bo'ynining rangi, qinda yallig`lanish jarayoni bor-yo'qligi aniqlanadi. Bunday tekshirishlar uchun 2 tavaqali qoshiqsimon oynalardan foydalaniladi.
Ikki tavaqali ginekologik oynani ishlatganda u qin orqasidagi chuqurchalarga etguncha qin ichiga yuboriladi, so'ngra bachadon bo'ynini ko'rish uchun oyna tavaqalari ochiladi, qin devorlarini esa oynani qindan chiqarib olish paytida ko'riladi.
Bachadon bo'yni va qin devori qoshiqsimon oynalar yordamida yaxshi ko'rinadi. Buning uchun oyna qinning orqa devoriga qo'yilib, chot asta-sekin pastga tortiladi, ikkinchi oynani esa qinning oldingi devoriga qo'yib, qin devori yuqoriga ko'tariladi.
Ikki qo'l yordamida homiladorlarni tekshirishda bachadonning katta-kichikligini, shaklini, qattiq-yumshoqligini, qanchalik siljuvchan, og`riqli yoki og`riqsiz ekanligini, joylashish holatini, qin gumbazining holatini, qanchalik siljuvchanligini aniqlashda yuqorida ko'rsatib o'tilgan tekshirish usullarining o'ziga xos ahamiyati bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |