1.2.Shaxsiy makon tarkibiy qismlari.
Shaxsiy makon tarkibiy qismlari
Intim zona (eng yaqin odamlaringiz kira oladigan zona)
Shaxsiy zona (do‘stlaringiz, dugonalaringiz, aka-opalaringiz)
Ijtimoiy zona (ish yuzasidan bo‘ladigan muomalalar)
Jamoat zonasi (ma’ruzalar, nutqlar)
Bu zonalar inson madaniyati, tafakkuri, dunyoqarashi bilan bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Agar sizning yoningizda kimdir o‘zini noqulay sezsa, demak zonalar chegarasi buzilgan bo‘ladi.
7. Ovoz. Insonlararo axborotning eng katta foizi so‘zlar, nutq, til orqali bayon qilinadi. Ovoz orqali eng boy, rang-barang, xissiyotlarga to‘la axborotlar uzatiladi va qabul qilinadi. Inson so‘zlaganda uning ovozi berilayotgan informatsiya mazmuni va o‘z ichki xissiyotlari bilan uzviy aloqadorlikda bayon qilinadi. Demak, ovoz faqatgina axborotni o‘zida mujassam etmaydi, balki shu bilan birga, ovozning o‘zi ham axborotni uzatishda faol ishtirokchiga aylanadi. Shu bois, konflikt sharoitida sizning nimaga urg‘u berayotganligingiz, ovozingiz pastu balandligi, uning samimiylik darajasi, ovoz toni, qanday so‘zlarni ishlatayotganligingiz, ya’ni axborot mazmuni bilan bir qatorda ko‘proq shu axborotni qanday intonatsiyada aytayotganingiz ham ahamiyat kasb eta boshlaydi. Intonatsiya sizning gapirish uslubingizdir. Intonatsiya - ovoz kuchi, uning iliqlik darajasi, samimiyati, kanday so‘zlardan tashkil topgani, so‘zlarga qanday xissiyotlarni yuklayotganligingizga bog‘liq. Masalan, “Men seni yaxshi ko‘raman” degan so‘zlarni jahl va do‘q bilan aytib ko‘ring-chi. Aytolmaysiz. Chunki so‘zlar mazmuni ovoz orqali ham uzatiladi va inson xissiy-emotsional holati bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Ammo siz janjal ustida, o‘z xotiningizga, “Bo‘ldi endi, bas. Men seni yaxshi ko‘raman, endi ko‘ngling to‘ldi-mi?!” deb baqiringchi, xotiningiz “Ha, albatta, meni judayam yaxshi ko‘radilar” deb xulosa qilarmikin. Xotiningiz sizga ishonarmikin, yoki o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani va qulog‘i bilan eshitgani, ya’ni sizning mimikangiz va ovozingiz orqali berilgan haqiqiy informatsiyaga ishonarmikin. Demak, muloqot olib borish talablariga binoan ovoz ham muhim rol o‘ynaydi hamda konflikt yechimida tana harakatlari qatorida inson o‘z ovozi hamda mazkur ovoz orqali uzatilayotgan axborotni ham nazoratda ushlashi talab etiladi.Tana zaboni – sizning qanday yurishingiz, turishingiz, qanday ovozda so‘zlashishingiz, qanday kiyinishingiz, sizning imo-ishoralaringiz, mimikangiz, umuman olganda qandaydir ma’noga ega bo‘lgan hamda axborot tarqatish va qabul qilishda ishtirok etgan tana harakatlaringiz majmuasidir.
Bizning bunday tana harakatlaringiz nima to‘g‘risida, qanday axborot beradi? Bizning tana zabonimiz o‘ziga xos til bo‘lib, u bizning kayfiyatimiz va xarakterimiz to‘g‘risida o‘zimizdan ko‘proq informatsiya beradi. Tana zaboni, shu bois, muloqotning muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Balki siz hech qachon bu narsaga e’tibor bermagandirsiz, ammo biz aytmoqchi so‘zlarga qo‘shimcha ravishda, ko‘pincha tana harakatlarimiz ham axborot berib turadi. Agar siz tana zaboniga e’tibor bermasangiz, siz bilmagan holda tana harakatlaringiz hamsuhbatingizga boshqa ma’lumotlarni ayon qilib turishi mumkin. Bu ma’lumotlar esa, yangi konfliktni keltirib chiqarishi yoki, konfliktni chuqurlashtirib yuborishi mumkin.
Tana zaboni sizning shaxs sifatida yurish-turishingiz, kiyinishingiz, imo-ishoralaringiz, qaddi-bastingiz, o‘zingizni tutishingiz, aslini olganda xarakteringiz haqida juda katta informatsiya beradi. Sizning tana zaboningiz nimalar haqida “gapirishi”, “so‘zlashi” mumkinligi masalasini ko‘rib chiqamiz.
Tana zaboni tushunchasining yetti tarkibiy qismi mavjud. Ular tana zabonining turli ko‘rinishlarini o‘zida mujassam etadi. Mana shu yetti tarkibiy qism tana zaboni orqali uzatilishi mumkin bo‘lgan axborotlar turlarini belgilab beradi. Tashqi ko‘rinish, ya’ni insonning qanday kiyim kiyganligi va o‘zini tutishi, vaqtga bo‘lgan munosabat, sizning ijtimoyi ahvolingizni ko‘rsatib turuvchi tashqi ko‘rinish omillari, sizning o‘z suhbatdoshingizga yaqinligingizni oydinlashtiruvchi omillar, konkret vaziyatda siz ishlatayotgan aniq tana harakatlari, sizning o‘z va boshqa inson shaxsiy makoniga bo‘lgan munosabatingiz va qanday ovozni ishlatayotganingiz kabi elementlar tana zabonining yetti doirasini tashkil qiladi. Tana zabonining yetti doirasini alohida holda ko‘rib chiqamiz.O‘qituvchilik kasbi bevosita o‘qituvchining ovoz xususiyatlari bilan bog‘liq. Yoqimli va jarangdor ovozga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z talabalarini ovozining shiradorligi bilan asir eta oladi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun o‘qituvchi o‘z ovozini kuchini, shiradorligini, yoqimliligini bilishi zarur. Lozim bo‘lganda undan foydalana bilish malakasiga ega bo‘lishi kerak. O‘z ovozida kamchilik sezgan o‘qituvchi uni yo‘qotishga harakat qiladi. Buning uchun ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasi ustida hamma vaqt uzluksiz mashq qilib borishi lozim bo‘ladi. Chunki bir-ikki mashq bilan ovozni yaxshilab bo‘lmaydi..
Muloqotning interaktiv tomoni – kishilarning birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan ta’sir etishlari. Hamkorlikda ishlash, bir-birlariga yordam berish, bir-birlaridan o‘rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarni namoyon qilish mumkin.
Odamlarning turli sharoitlarda o‘zlarini tutishlari xulq – atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Bunga sabab jamiyatda qabul qilingan turli normalar, qonun qoidalardir. Chunki o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti-harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o‘zini boshqa birov bilan solishtirish, masalan: 1-marta uchrashuvga ketayotgan yigitning holatini uning o‘rtog‘i yoki akasi tushunishi mumkin.
Refleksiya – muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasida turib, o‘zini tasavvur qilishdir, o‘ziga birovning ko‘zi bilan qarashga intilishdir. Masalan: guruhdoshingizdan biriga kuylagi yarashmaganini aytish mumkin, 2-chisiga aytsam kuyyapti deb o‘ylaydi deysiz.
Stereotoifaizatsiya – odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o‘rnashib qolgan, ko‘nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish, bunday stereotoifalar ba’zan muloqotni to‘g‘ri yo‘nalishini ta’minlasa, ba’zan xatoliklarga sabab bo‘ladi. Masalan: qizlarning shim kiyib yurishi yoki velosiped minishi. Ko‘pchilik bunday qizlarni odobsiz deb o‘ylaydi, bu noto‘g‘ri, albatta.
Ba’zan kishini tashqi qiyofasidan uning xarakterini aniqlaydi. M: shunday tajriba o‘tkazilgan: talabalarga turli qiyofadagi kishilarning rasmi ko‘rsatilgan, ular iyagi katta kishilar kuchli irodaga ega, peshonasi keng odamlar-aqlli, sochi qattiq odam qaysar, bo‘yi past odam hokimiyatga intiluvchi, chiroyli odam o‘ziga bino qo‘ygan yoki nodon bo‘lishi aytilgan. Bular albatta, to‘g‘ri emas. Lekin kishilarning ongida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Natijada odam haqida tushunchaning shakllanishida u haqida bo‘lgan ma’lumot katta rol o‘ynaydi. M: psixolog olim Bodalyov talabalarning 2 guruhiga 1 odam portretini ko‘rsatib, uni 1-guruhga jinoyatchi, 2-guruh talabalariga esa olim deb tanishtirgan.
1-guruhdagilar uning ko‘zlarini yovuz, beshafqat desa, 2-guruhdagilar uning ko‘zlarini dono, muloyim deyishgan.
Odamlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, o‘zini tutishi, hissiy holati, ovozi, qiliqlari, yurishi va h. k. ishlarining ichida odamning so‘z muloqot manbai suhbatdoshiga eng ko‘p ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |