5- Mavzu: Bеmor bilan vеrbal muloqot ko’nikmalari (ovoz, intonatsiya, ritm) Bеmorning shaxsiy gigiyеnasi: ertalabki va kеchqurungi tozalanish. Og’iz bo’shlig’ini, tеri va sochlarini, tirnoqlarni parvarish qilish. Bеmorlarga qo’llaniladigan gigiyеnik muolaja turlari. Bеmorlarni shaxsiy gigiyеnasi.
Pasient bilan verbal va noverbal muloqot va uning elementlari.
1. Pasient bilan muloqotning verbal va noverbal turlari va uning elementlari.
Bemor bilan munosabalda so 'z orqali (verbal) va so 'z yordamisiz-(noverbal) muloqot ko'nikmalari mavjud. Suhbatdosh bilan muloqot quyidagi o‘lchamlarda yuz beradi. Bir tarafdan muloqotda verbal nutq rejasi: suhbatdoshlar bir-biriga aytmoqchi bo‘lgan (ammo ular bunday fikrlamasliklari ham mumkin) so‘zlar, iboralar; 2-tarafdan esa, inson beixtiyor o‘zining harakatlari bilan suhbatdoshiga bo‘lgan chin munosabati, kayfiyati, niyatlari, emotsional holatini bildirishi mumkin. Imo-ishoralar, mimika, intonatsiyalar – muloqotning eng asosiy qismidirlar. Ba'zida, aynan shu vositalar (ular noverbal vositalar deb ataladi) yordamida so‘zlardan ham ko‘p narsani ifodalash mumkin. Avstraliyalik mutaxassis A. Pizning ta'kidlashicha, so‘zlar orqali 7 % ma'lumotni, tovushlar vositalari orqali 38%, mimika, imo-ishoralar, poza (tana holati) orqali - 55% ma'lumotni berish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nima gapirayotganimiz emas, qanday gapirayotganimiz muhim. Suhbatdoshimiz tomonidan ifoda etilayotgan noverbal ma'lumotlar – ovozining intonatsiyasi, qarashlari, mimika, imo-ishoralari, turli tana harakatlari va tana vibratsiyalari – biz uchun juda muhimdir. Qolaversa, deontologiya faqat bemorga shirin so‘z gapirib, kulib qarab turish degani emas. Deontologiyaning ustuvor yo‘nalishIaridan biri, ishonchdir. Ba’zan hadeb vahima qilaveradigan bemorni qattiqroq «koyib» qo‘yishga ham to‘g‘ri keladi. Ana shundagina u vrachga ishonadi. «Agar kasalim haqiqatan ham tuzalmas bolganida, doktor meni urishib bermasdi», deb o'ylaydi. Ba’zan davo usuli bemorni qoniqtirmaydi. Ko‘p dori-darmon yozilsa, unda «Shuncha dori shartmikan yoki kasalim ogirm i, yoki vrach tajribasizmi?» degan fikrlar paydo bo‘ladi. «Falonchi doktor falonchi bemorni ikkita dori berib tuzatib yuboribdi», degan so'zlarni ba’zan eshitib turish mumkin. Xo‘sh, bunday paytlarda qanday y o l tutish kerak? Ayniqsa, ba’zi kasalliklarni birmuncha uzoq davolashga to‘g‘ri keladi. Muolajalar darrov natija beravermaydi. Bunday paytda kasallikning mohiyatini bemor tushunadigan tilda bayon qilish kerak. Kerak boisa, bemorni tinchlantirish uchun tashxisni yanada aniqroq qo‘yish maqsadida, vrach o ‘zidan tajribaliroq hamkasblaridan maslahat so'rashi zarur. U bemorning oldida aslo o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak. Shuni unutmaslik kerakki vrach bemorni tekshiradi, bemor esa vrachni kuzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |