1.2.Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirishdavr talabi
Insoniyat XXI asrga qadam qoyar ekan, ilm-fan va texnika taraqqiyotining
yuksak surati moddiy ishlab chiqarish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan boyitib
borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini
taminladi.Yangicha turmush tarzi, turli xil xizmat korsatish sohalarining paydo
bolishi kishilarning moddiy va manaviy ehtiyojining kundan-kunga ortib
borishiga olib keldi. Moddiy ishlab chiqarish, turli sohalarda xom ashyoni qayta
ishlash ehtiyoji mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga nisbatan
texnologik yondashuv tizimini yuzaga keltirdi. Muayyan mahsulotni ishlab
chiqarish maqsadida xom ashyoni tanlash va uni qayta ishlab, mahsulotni
istemolchiga yetkazib berishni texnologik jarayon sifatida etirof etiladi. Ishlab
chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv mazkur sohalarda islohotlarni
tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini taminlash omili sifatida namoyon boladi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy, ilgor, yuksak
texnologiyalarning tadbiq etilishi ilm-fan hamda texnikaning songi yutuqlarigatayanish, yirik moliyaviy mablaglar va yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega
malakali mutaxassislarning mavjudligi bu yutuqlarni yuzaga keltiradi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida ilgor texnologiyalarning qollanilishi
malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda
oshirib borishni taqozo etadi. Bundan korinadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy
hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida
rivojlanib boradi. Jamiyat hayotida yetakchi orin egallagan goya va qarashlar
iqtisodiy ishlab chiqarish rivojiga oz tasirini otkazsa, oz navbatida iqtisodiy
osish aholining moddiy turmushini yaxshilashga olib keladi.
Kishilik jamiyatining ilk bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga talim
berishga yonaltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan
bolsa, bugungi kunga kelib talim jarayonini tashkil etishga nisbatan ota qatiy
hamda murakkab talablar qoyilmoqda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay
oladigan, ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini tolaqonli anglay oladigan,
favqulodda roy beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal
eta oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi qoyilmoqda. Bunday
mutaxassislarni tayyorlash esa oz navbatida talim jarayonini yangi texnologik
yondashuv yani yangi pedagogik texnologiyalar asosida oqitishni taqozo
etmoqda.
Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy hamkorlikda rivojlanib borayotgan
pedagogika faninig vazifalari doirasi ham kengayib bormoqda.
Malumki, XXI asr yangi texnologiyalar va axborotlar asridir. Shuning
uchun ham ayni vaqtda respublikamiz ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda
axborotlar oqimi kirib kelmoqda. Bu axborotlarni tezkor suratda qabul qilib olish,
ularni tahlil etish, qayta ishlash va umumlashtirish hamda oquvchiga yetkazib
berishni yolga qoyish talim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi.Talim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal qilishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |