2.3. Innovatsion loyihalar asosida dars otish davr talabi
Innovatsiya inglizcha innovation - sozidan olingan bolib, yangilik
kiritish, yangilik manolarini anglatadi. Hozirgi davr talim tarqqiyoti yangi
yonalish innovatsion pedagogikani yuzaga keltirdi. Bunday termin Garbiy
Yevropa va AQSHda otgan asrning 60 yillarida G.N.Gonobolin, S.M.Godnin,
V.M.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda
innovatsion faoliyat amaliyoti va ilgor pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai
nazaridan yoritilgan. X.Barnet, Dj.Basset, D.Gamilton ishlarida innovatsion
jarayonlarni boshqarish, talimdagi ozgarishlarni tashkil etish, innovatsiyalarning
hayot va faoliyat uchun zarur shart-sharoit masalalari tahlil qilingan.
Yangiliklarning individual mikrosathi va alohida alohida kiritilgan ozaro
tasir mikrosathi.
Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir goya yoritiladi.
Ikkinchi yondashuvda alohida alohida kiritilgan yangiliklarning ozaro
tasiri, ularning borligi, raqobat va oqibat natijada birining ornini ikkinchisi
egallashidir.
Innovatsion pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayon quyidagi
bosqichlarni qamrab olishi korsatiladi.
1.Yangi goya tugilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi.
U kashfiyot bosqichi ham deb yuritiladi.
2.Ixtiro qilish bosqichi. Yangilik yaratish bosqichi.
3.Yaratilgan yangilikni amalda qollay olish bosqichi.
4.Yangilikni yoyish , uni keng tadbiq etish bosqichi.
5.Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda
yangilik ozining yangiligini yoqotadi. Uning samara beradigan muqobili paydo
boladi.
6.Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qollanilish
doirasini qisqartirish bosqichi.
Pedagogik innovatsiyada yangi tushunchasi markaziy orin tutadi.
Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va subyektiv yangilikka
qiziqish uygotadi.
Xususiy yangilik V.A.Slasteninning aniqlashicha joriy
zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni
kozda tutadi.
Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi malum unsurlarning
yigindisi shartli yangilik deyiladi.
Mahalliy yangilik konkret obyektda yangilikning foydalanishi bilan
belgilanadi.
Subyektiv yangilik malum obyekt uchun obyektning ozi yangi bolishi
bilan belgilanadi.
Pedagogik yangilikka R.N.Yusufbekova oqitish va tarbiya berishda avval
malum bolmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija rivojlanib boruvchi
nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning ozgarib turuvchi mazmuni
sifatida qaraydi.
Birinchi blok-pedagogikadagi yangini ajratish bloke. Bunda pedagogikadagi yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning
meyorlari, yangining uni ozlashtirishga va foydalanishga tayyorligi, anana va
novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi.
Ikkinchi blok - yangini idrok etish, ozlashtirish va baholash bloki,
pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni ozlashtirish jarayoning rangbarangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik innovatsiya muhiti,
pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.
Uchinchi blok yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, yani yangini
tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir.
Oqituvchining innovatsion faoliyatida yaratuvchilik jarayoni va ijodiy
faoliyati natijasi sifatida qaraladi.
V.A.Slastenin oqituvchining innovatsion faoliyatini tuzishda unga
akmeologik jihatdan yondashadi.
Akme yunoncha soz bolib, oliy nuqta, otkir, gullagan, yetuk, eng
yaxshi davr degan manoni bildirib, shu sohaga akmeologiya
deyiladi.V.A.Ananev, N.V.Kuzmina, A.A.Dechkach va boshqalar kasbiy
faoliyatning samarasini oshirish bilan yogirilgan inson hayotining eng ijodiy
davrlari, yetuklik bosqichlari togrisida fikr yuritadilar. Ular yetuk insonlarning
professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari,
professionalizmga yetishishdagi choqqilardan ota olish masalalari bilan
shugullanadilar.
V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning
uzoq ijodiy umr korishga olib keladigan subyektiv va obyektiv omillarini asoslab
beradi. Obyektiv omillarga olingan talimning sifatini, subyektiv omillarga esa
insonning istedodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila
olishdagi masuliyatini kiritadi.
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar
korsatiladi: istedod, qobiliyat, uquvlilik, oila tarbiyasi, sharoiti, oquv yurti, oz
hatti harakatlari.
Akmeologiya ilmiy nuqtai nazaridan professionalizm va ijod
munosabatlarida olib qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi: ijodiy
individuallik, ozining osish va takomillashish jarayoni, oz imkoniyatlarini
amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.
Oqituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:
Intellektual-ijodiy tashabbus, bilimlar kengligi va chuqurligi, ziddiyatlarga
nisbatan hushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, yaratuvchanlik uchun
kurashuvchanlik qobiliyati, axborotlarga tashnalik, muammolardagi
gayriodatiylikka va yangilikka bolgan his-tuygu, professionalizm, bilishga
bolgan chanqoqlik.
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv
oqituvchining kasbiy mahorati choqqilariga erishuvida uning shaxsiy rivojlanish
qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.
Oqituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir.
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida XX asrning 60 yillarida paydo
bolib, yangi tushuncha yaratish va yangi konikmalar hosil qilish qobiliyati,
xizmatini bildiradi. J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual
qobiliyatlarni korsatadi: fikrning ravonligi, oziga xoslik(originallik)
qiziquvchanlik farazlar yaratish qobiliyati, xayol sura olish, fantastlik (fantaziya)
N.M.Gnoyka kreativlik mexanizmlarini potensial kreativlik va faoliyatdagi
kreativlikka bolib organishni taklif etadi. Uning fikricha potensial kreativlik
muayyan tashqi sharoitlarda faol kreativlikka aylanishga nazariy tayyor shaklda
namoyon boladigan individiumning joylashuvini anglatuvchi kreativ faoliyatdir.
Potensial kreativlik ijodning zaruriy subyektiv shartidir.
Faoliyatdagi kreativlik- faoliyatning biror turiga ijodiy faollik
korsatuvchining bevosita tayyorgarligini taminlaydigan kreativlikdir. Faol
kreativlik ijodning eng muhim subyektiv shartidir.
Oqituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning
samaradorligini belgilovchi muayyan meyorlardan foydalanishni talab qiladi.
Bunday meyorlarda yangilik, maqbullik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda
innovatsiyani ijodiy qollash imkoniyatlari kiradi.
Pedagogik yangilik oz mohiyatiga kora ommaviy tajribalar mulki bolib
qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim oqituvchilarning faoliyatiga
olib kiradi. Keyingi bosqichda sinalgandan va obyektiv baho olgandan song
pedagogik yangilik sifatida ommaviy tadbiq etishga tavsiya etiladi.
Oqituvchining innovatsion faoliyati oz ichiga yangilikni tahlil qilish va
unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini
shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho
berish kabilarni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatda eng muhimi oqituvchining shaxsidir. Oqituvchi
novator, sermahsul ijodiy shaxs bolishi, kreativlikni keng qamrovli qiziqish va
ichki dunyosi boy, pedagogik yangilikka och bolishi lozim. Innovatsion
jarayonlarni, rivojlanish qonuniyatlarini, mexanizmlarini va amalga oshirish
texnologiyalarini organish oquv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda
psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |