2.2.Talim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari
imkoniyatlaridan foydalanish
Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydalanishda
oqituvchi uning mazmuniga kora bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Ular
quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi:
─ multimedia texnologiyalarini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga
qiziqishni rivojlantiradi.
─ bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash
qobiliyatlari faollashadi va o’quv materialini o’zlashtirish samaradorligi oshadi.
─ real holatlardan namoyish qilinishi yoki murakkab jarayonlarni
modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berish bilan muhim ahamiyatga ega.
─ o’quv materialini o’zlashtirish darajasiga ko’ra emas, balki
o’quvchilarning mantiqan erishish darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi.
─ masofadan turib ta’lim olishni faqat o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun
yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi. Balki sababsiz dars qoldirgan
o’quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi.
─ o’quvchilarga mustaqil izlashi uchun materiallarni topish hamda
muammoli masalalarga jovob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish
uchun imkoniyat yaratadi.
─ o’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar yechishi, insho,
bayon yozish ishlarida, oquv materiallari bilan mustaqil tanishish, axborot va
malumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.
Talim tizimini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri
kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan
qollab quvvatlovchi axborot ini kopaytirish, kompyuter axborot muhiti va
hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining
yaratilganligini, giper matn va multimedia oqitishda immitatsiya,
kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.
Malumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida
kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.
Bir qator axborotlarni ananaviy qayta ishlash uchun ularni
tayyorlashning standart shakllari mavjud bolib, ularga bibliografiya, statistik
malumotlar, referatlar kiradi. Malumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik,
matnli, grafik va korinishli axborotlarni cheksiz kop miqdorda va albatta,
belgilangan korinishlarda qabul qiladi.
Bilimlar bazasi esa yopiq tizimda mazkur mavzu boyicha qoshimcha
axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi mantiq
jihatidan boglangan boshqa elementlarga chiqa olish boyicha
axborotlashtirilgan tizimga ega boladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga
kiritilmagan, yani undan tashqi elementlarga murojaat qilinishiga imkon
bolmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik oxshashliklari sifatida
turli ensiklopediyalar, lugatlar xizmat qiladi.
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, oquv materiallari, oquv
materiallari boyicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan
ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan
tanishish, turli fanlar boyicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar
talim mazmunini sezilarli ozgartirish va keskin boyitishga yordam beradi. Uni
faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil boladi.
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil talimni tashkil etish nuqtai
nazaridan tahlil etadigan bolsak, uning interfaolligini, bevosita muloqot
yordamida oquvchi oquv rejasida korsatilgan, istalagan fan sohasida maxsus
oquv dasturlari yordamida bilim olish imkoniyatiga ega ekanligini takidlash
mumkin. Kompyuter vositasi, oquvchi yoxud oqituvchi murojaatlariga javob
beradi, ular bilan muloqotga kirishadi.
Kompyuterli oqitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati u oqitish
jarayonining barcha bosqichlarida yangi oquv materialini tushuntirishda,
qaytarishda, umumlashtirishda, oquvchilarning fan boyicha erishgan bilim,
malaka va konikmalarini tekshirishda yanada yorqinroq namoyon boladi.
Bunday jarayonda oqituvchi kompyuterning oquvchi uchun turli vazifalarni,
xususan oqituvchilik, ishchi qurol, talim obyekti ozaro muloqot kabi
funksiyalarini bajarishni bilishi kerak. Bunda oqituvchining vazifasi dars
jarayonida oquvchilarni kompyuterdan togri foydalanishlarini nazorat qilishdan
iborat.
Kompyuter texnologiyalari asosida oqituvchi ozining kasbiy mahoratini
oshirish uchun mustaqil faoliyatda quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Oquv jarayonini bir butun guruh sifatida tashkil etish.
2.Oquv jarayonida guruhlarni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish
joylarini taqsimlash, korsatmalar berish.
3.Oquvchilarni individual kuzatish, individual yordam korsatish, har bir
oquvchi bilan individual muloqot olib borish.
4.Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, oquv va namoyish
qurilmalarning har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, oquv metodik
korsatmalar va h.k.) malum oquv kursining mazmuni bilan aniqlangan bogliqlik
asosida tashkil etish.
Kompyuter texnologiyasi asosida mustaqil talimni taminlashda oqituvchilar
quyidagi tuzilmalar togrisida malumotga ega bolishlari kerak:
- informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilishi;
- kompyuter texnikasining funksional imkoniyatalarini bilishi;
- zamonaviy operatsion tizimlarni bilishi va ularning asosiy buyruqlarini
ozlashtirishi;
- zamonaviy dasturiy vositalar va operatsion tuzilmalarni bilishi va
ularning vazifalarini ozlashtirishi;
- kamida bitta matn muharriri bilan tanish bolishi;
- algoritmlar, tillar va dasturlashtirish haqida dastalabki tushunchalarga ega
bolishi;
- amaliy dasturlashdan foydalanish togrisida dastlabki tajribaga ega
bolishi;
Talimni jadallashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish oquv
jarayonining samaradorligini oshiradi. Buni quyidagi misollarda korish mumkin:
- oqituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, metodik
adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boladilar;
- uzoq masofalarda joylashgan yetakchi talim muassasalarining ilmiy
labaratoriyalari bilan tanishadilar;
- turli mavzularda videokonferensiyalar tashkil qilish va amalga oshirishga
erishadilar;
- oqituvchilarning ozaro trening va seminarlari otkaziladi;
- masofaviy talim, axborotlar almashinish va shunga oxshash juda kop
imkoniyatlarga ega boladilar;
Shunday qilib, zamonaviy axborot texnologiyalardan talim muassasalarida
amalda tadbiq etish oquv jarayonida zamonaviy oqitish metodlarini qollashda
hamda oqituvchi pedagogik mahoratini namoyish etishda keng imkoniyatlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |