5.Tilning grammatik qurilishida: 1) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida ot,
sifat, son, olmosh, fe`l va ravish kabi mustaqil so‘z turkumlari bo‘lgan. Bunday mustaqil so‘zlar
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham bor; 2) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida
yordamchi so‘zlar – ko‘makchilar, bog‘lovchilar va yuklamalar bo‘lgan. Bunday turkumlarga
xos so‘zlar Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham mavjud; q) qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida
undovlar va modal so‘zlar bo‘lgan. Ular Hozirgi o‘zbek adabiy tilda ham bor; 4) qadimgi turkiy
tilda ham, eski O‘zbek tilida ham har bir so‘z turkumining o‘ziga xos grammatik kategoriyalari
(otlarda-egalik, kelishik, son; sifatlarda- daraja; fe`llarda - shaxs-son, mayl, nisbat, zamon va
b.lar) bo‘lgan. Bu xususiyatlar Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga ham xos. Biroq, Hozirgi o‘zbek
adabiy tilida qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillaridan farq qiladigan yangi jihatlar ham uchraydi:
1) Hozirgi o‘zbek adabiy tilida morfemalar qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillaridagiga
nisbatan miqdoran ko‘p va mazmunan boydir. Masalan: qadimgi turkiy tilda o‘zakdan oldin
qo‘shiluvchi affiks morfemalar (prefikslar) bo‘lmagan. Bu tipdagi morfemalar eski O‘zbek tilida
va Hozirgi o‘zbek adabiy tilida uchraydi: bebosh, bevosita, bavosita (bilvosita), noo‘rin, sersuv,
sergap kabi; b) eski O‘zbek adabiy tilida «-ov»,»-ev», «-ova», «-eva», «-ovna», «-evna», «-
ovich», «-evich» kabi familiya va otchestvo yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek
adabiy tilida bunday qo‘shimchalar bor; v) eski o‘zbek adabiy tilida «-lar» affiksi ko‘plikni
(odamlar, qishloqlar kabi), birgalikni (Karimlar kelishdi), ma`no kuchaytirilishini (suvlar oqib
yotibdi), chama yoki taxminni (qirq yillar bo‘ldi kabi) ifodalagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
esa «-lar» affiksining so‘zlarni terminlashtirish funktsiyasi ham paydo bo‘lgan:
qirqquloqsimonlar, sutemizuvchilar... kabi; 2) qadimgi turkiy va eski O‘zbek adabiy tillarida
singarmonizm mavjud bo‘lganligidan ko‘pchilik morfemalarning yo‘g‘on va ingichka turlari
saqlangan: «-mi’z» va «-miz» ( barami‘z va kelamiz kabi), «-gan» va «-g‘on» ( kelgan va
borg‘on), «-cho‘» va «-chi» (yog‘cho‘ «azani boshqaruvchi « va bedizchi- « naqqosh» kabi).
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ulardan faqat bittasi standart forma sifatida saqlangan (
boramiz, kelamiz, borgan, kelgan, qo‘riqchi va ishchi kabi), «-lO‘q» va «-lik» haqida ham shu
fikrni aytish mumkin; q) eski O‘zbek adabiy tilidagi ba`zi affikslar Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
qo‘llanmaydi. Masalan, «-vul» affiksi eski O‘zbek adabiy tilida qorovul, yasovul, kabi so‘zlarni
yasagan, hozir esa bu affiks so‘z yasash xususiyatini yo‘qotgan; 4) qadimgi turkiy tilda bosh
kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, vosita kelishigi («-n», «-i‘», «-in», «-un», «-
un», «-on», «-en»), jo‘nalish kelishigi, o‘rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi bo‘lgan. Hozirgi
o‘zbek adabiy tilida shulardan bittasi - vosita kelishigi yo‘q. U qadimgi turkiy tilda «bilan»
ko‘makchisi funktsiyasiga teng bo‘lgan: masalan, tilin sozlep, qolaq‘n eshidip («tili bilan
so‘zlab, qulog‘i bilan eshitib...») kabi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari. O‘zbek tili bir qator shevalarni O‘z
ichiga oladi, bunday shevalar etnolingvistik nuqtai nazardan uchta katta lahjaga -qarluq, qipchoq
va O‘g‘uz lahjalariga birlashtiriladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarkib topishida ana shu
uchta lahja shevalarining ishtirok etganligi tabiiy bir holdir, ammo ulardan qaysi biri adabiy tilga
ko‘proq darajada asos bo‘lganligi masalasida tilshunoslar orasida yakdillik yo‘q. KO‘pchilik
manbalarda Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tayanch dialekti sifatida qarluq lahjasi, xususan, uning
Toshkent-Farg‘ona tipidagi shahar shevalari ishtirok etganligi ko‘rsatiladi1. Ammo ayrim
1 Bu haqda qarang: Reshetov V.V., Shoabduraμmonov Sh.Sh O’ zbek tili dialektologiyasi –Toshkent:
Ukituvchi", 1978, 43- bet. Abduraμmonov G., Mamajonov S. O’ zbek tili va adabiyoti.- Toshkent: "O’ zbekiston",
1995, 38- bet.
tilshunoslar (masalan, prof. X. Doniyorov, dotsent B. To‘ychiboyev) adabiy tilning tayanch
dialekti masalasiga boshqacharoq yondashadilar: ularning fikricha, Hozirgi o‘zbek adabiy
tilining tarkib topishida qipchoq lahjasiga mansub shevalar ham faol qatnashgan, shunga ko‘ra
adabiy til me`yorlariga oid ayrim masalalar (xususan, vokalizm tizimi, alifbo tuzilishi) qayta
ko‘rilishi kerak. Bu mualliflarning ta`kidlashicha, Hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida 6 ta
emas, 8-9 ta unli fonema bor, ular i/O‘, a/a, u/u,O‘(o) /O‘(o) kabi kontrast juftliklarni hosil
qiladi2.
Do'stlaringiz bilan baham: |