6. Venn diagrammasi .
Fizik hodisalar mexanizmlarning bir biriga o’xshydigan va o’xshamaydigan xususiyatlarini taqqoslovchi vosita buning uchun ikki yoki undan ortiq doira quriladi . Doiralarning ikki tomoniga taqqoslovchi hodisa yoki mexanizmning nomlari yoziladi . Kesishuvchi doiralarga moz ravishda o’xshydigan yoki o’xshamaydigan xossalaro yoziladi .
Masalan : Magnit maydon Elektr maydon O’xshash tomonlari . VI sinfdagi o’quvchi yoshlarning tabiati hali o’yinqaroq bo’lishini hisobga olsak , ta’limning ma’ruza usuli unchalik qo’l kelmaydi . Konferensiya darslarini ham yuqori sinflarda qo’llashning samarasi ko’proq bo’ladi .
O’quvchilarni ko’proq qiziqtirish uchun “O’yin dars”laridan foydalanish mumkin
7 . “Ikki qismli kundalik “ metodi –
Darsning yangi mavzu o’rganilayotgan qismida yoki yangi terminlar , tushunchalarni mustahkamlashda foydalaniladi. Bu metod bilan ishlash asosan yozma shaklda amalga oshiriladi .Bunda o’quvchi o’zining konspekt daftarini ikki qismga ajratadi. Yangi o’rganilgan tushuncha, ta’rif yoki izohlar daftarning birinchi tomoniga yoziladi. Ikkinchi tomonga esa har bir o’quvchi berilgan ta’rifdan kelib chiqib, o’z ta’rifini bir necha variantda yozishi kerak.
Masalan:
Berilgan ta’rif. O’quvchining ta’rifi .
Galvanostegiya –elektrolizdan foydalanib , buyumlarning sirtini qiyin oksidlanadigan metallar bilan qoplash .
Elektroliz yordamida metall buyumlarni boshqa metallarning yupqa qatlami bilan qoplash . Metall buyum sirtiga bezak berish.
IX. “Sport – loto” – bunda huddi “Sport – loto” kartochkasiga o’xshash kartochkalar tayyorlanadi . Har bir kartochka 6- 8 bo’laklarga bo’linadi . Bo’laklarga tushadigan savollarning javoblari yozilgan bo’ladi . O’qituvchi yoki olib boruvchining haltasida savollar yozilgan doirachalar yoki kichik kartochkalar bo’ladi . Oyinni o’tkazish uchun o’quvchilar 6-8 tadan qilib guruhlarga ajratiladi .Har bir guruhga javoblar kartochkasi va uning har bir katagini berkita oladigan qalin kartondan qilingan bo’sh qog’oz kartochkalar beriladi . O’qituvchi haltadagi , yoki qutidagi savollarni aralashtirib o’quvchilardan birini savol olish uchun taklif qiladi va olingan savolni o’qiydi . Savolga javob qaysi guruhning kartochkasida bo’lsa uni bo’sh kartochka bilan berkitadi . Kimning kartochkasi oldin to’lsa o’shq guruh g’olib bo’ladi . To’g’ berkitilganligi tekshirib chiqildi .
“Sport – loto “ kartochkalari :
№ 1
F= A/S ⁕pgh 106 J Ko’chishga tik Reaktiv harakat .
№ 2
Kuch impulsining birligi
[ρs Vj g]
Musbat ish
Skalyar kattalik 103 J
Javoblar
Mexanik ish formulasidan kuchni topsak u :
Ish va energiya
1 M J necha
J ga teng ?
Mexanik ish bajarilmayapdi .
Qanday kuch ish bajarmaydi? O’zidan biror qism modda ajralganda vujudga keluvchi harakat .
Arximed kuchining formulasi
Ko’chish yo’nalishi bilan bir xil yo’nalgan kuchning ishi .Mexanik ish bajarilayapdi.
Suyuqlik ustunining bosimini hisoblash formulasi .
1kJ necha J ga teng ?
X. “Domino “ o’yini
Formula boshlab beriladi o’quvchilar uni davom ettirishadi .
Masalan :
A=F x S — S= V * t —
Fizikada formulalarni yod olish kerak bu o’yin aynan shu maqsadga qaratilgan .
XI .“Insert “ jadvali yoki “BBB”strategiya . Har bir dars yakunida o’quvchilardan “Insert “ jadvalini to’ldirish talab qilinsa bola yanada ko’proq izlanishga harakat qiladi .Insert jadvali
Bilar edim Bilib oldim Bilishni xoxlayman
X. Piramida o’yini – bu o’yinda o’quvchilar ikki guruhga bo’linib , piramida shaklidagi jadvalga fizik kattaliklarning nomini, fizik hodisalarni harflar o’rtib borishi tartibida yozing degan topshiriqni bajaradilar. Qaysi guruh g’olib chiqsa rag’batlantiriladi . Bu o’yinga 1-2 daqiqa vaqt yetarli bo’lib umumlashtiruvchi darslarda foydalanish mumkin
1. Ish 4.Massa .
2.Yo’l 5.Tezlik
3. Vaqt 6….
XI. O’yla , izla , top .
Bu o’yinda o’quvchilarga birqancha fizik kattaliklarning belgilari beriladi , ulardan foydalanib , formulalar yozdiriladi , Ikkala guruh bir – birini kamchiliklarini topadilar . Ushbu o’yinni dars davomida 1-2 daqiqa ichida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi .
Masalan :
F S g
P M s v
T F= mg s=vt
P= F/S….
XII. “Matn yozish “
Bunda esa berilgan so’zlardan foydalanib , 6 ta , 10 ta , 12 ta gap tuzish lozim. Matn mazmunini o’qitilib , ilmiy aniq faktlar keltirilishiga e’tibor qaratiladi .
Masalan :
Bu so’zlardan foydalanib 6 ta gap yozing deb topshiriq berish mumkin .
O’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh bo’lib ishlashga imkon beradi . Bunday usullardan uyga vazifa so’rashda va yangi mavzuni o’tib bo’lgandan so’ng ham foydalanish mumkin .
XIII.” Kubiklar o’yini . “
Oddiy kubiklar bo’lib yon tomonlariga formulalarning , fizikaviy tushunchalarning o’lchov birliklari va boshqalarning bo’laklari bo’ladi . Ularning soni 6 ta bo’lishi mumkin . Ular to’g’ri birlashtirilsa , aniq formula va hodisa tasvirlangan rasm hosil bo’ladi . Kubikni uyga vazifa sifatida ham berish mumkin . Bunda kubikning bir tomonida rasm qo’yiladi , har bir tomoni uchun topshiriqlar beriladi .
1- tasvirlang – hajmi , shakli .
2- Taqqoslang – nimaga o’xshaydi ?
3- O’xshating – sizga nimani eslatdi ?Qayerda ko’rgansiz ?
4- Tashkil qiling – qanday va nimadan qilingan ? Nimalardan tashkil topgan?
5- Ishlating – qayerda va qanday ishlatish mumkin ?
6- Foydali va zararli tomonlari qanday ?
15.Rolli o’yinlardan foydalanish texnalogiyasi .
Sahna ko’rinishidagi so’zlar oldindan berib ,qatnashuvchi o’quvchilar tayyorlab qo’yiladi .
Masalan 7- sinfda “Tabiatda va texnikada ishqalanish “ mavzusi yuzasidan tayyorlangan sud jarayonini keltirish mumkin .
Qatnashuvchi shaxslar : Ayblanuvchi – ishqalanish kuchi , bosh ayblovchi , advokat ,sud raisi , ikki posbon sud maslahatchilari, guvohlar .
Eshik ochilib posbonlar kirib keladi .
Posbon : Turinglar .Sud kelyapdi .
Sud raisi , advokat , ikkita maslahatchi , ayblovchilar kirib kelib joylarini egallaydilar .
Sud raisi :
Hozir sizlar ga’rioddiy suda jarayoninig guvohi bo’lasizlar .Biz ishqalanish kuchini sud qilamiz .Uning barcha nuqsonlarini ochib berib aybdorlik darajasini aniqlaymiz . Aybdorni olib kiring .
( Eshik ochilib ,posbonlar ishqalanish kuchini olib kiradilar .)
Ayblovchi :
Hurmatli sud raisi , hurmatli sud maslahatchilari .Oylaymanki , ishqalanish kuchi zararli kuchdir . O’zingiz o’ylab ko’ring ishqalanish kuchi tufayli qanchadan – qancha mashina va stanoklarda ishqalanish tufayli harakatlanuvchi qismlari qiziydu va yemiriladi , ishqalanish kuchi kamaytirish uchun kemalarni suvga tushiradigan stapellar qalin qilib moylanadi , oyoq kiyimlarning tag charmi yemirilib ketishi bularning hammasi jamiyat hayotida iqtisodga qancha zarar yetkazadi .
-ustalar mebillarga mixni burashdan oldin unga sovunsurtishadi ;
-Yangi oyoq kiyimlari oyoqlarni urishi ishqalanish tufayli ;
-Ishqalanish kuchi jism harakatiga doim qarama – qarshi yo’nalgan bo’lib tezlikni kamaytirishga sababchi bo’ladi …… yan ajuda ko’p misollarni keltirish mumkin .
Advokat :
Hurmatli sud a’zolari . Men ayblovchiga qo’shilmayman .Uning foydali tomonlarini ham sanab o’taylik ;
– Tinchlikdagi ishqalanish kuchi tufayli barcha jismlar o’z o’rnida tura oladi ;
– Insonlarning yurishiga ham sabab ishqalanish kuchidir;
– Yaxmalak paytida ishqalanish kayib ketishi tufayli avariyalar bo’lishi mumkin buning oldini olish uchun qum , tuz sepiladi ;
– Mixning kallagi yaqiniga tishlar qilinib ishqalanish kuchini orttirib mustaxkamligi oshiriladi .
– Avtomobillarning shinalariga protektirlar qilinadi …. va xokoza .
Butomonlar uning zarali tomonlarini yopib ketadi deb o’ylayman .
Ayiblovchi :
Meni ishontirdingiz ishqalanish kuchining bunday foydali tomonlari ham borligini bilmagan ekanman .
Sud raisi :
Guvohlarni ham eshitib ko’raylik .
(Posbonlar yemirilib ketgan mashina detallarini ushlab turgan mexanikni , qotib qolgan , og’ir aylanadigan tikuv mashinasini ushlab turgan tikuvchini olib kiradilar)
Sud raisi :
Qani nima bo’lganini tushuntirib beringlarchi .
(Guvohlar navbatma – navbat kiradilar .har biri “Fizika ”kitobini ustiga qolini qo’yib qasam ichadi :”Faqat haqiqatni gapiraman ,agar yolg’on gapirsam , meni fizik qonunlar jazolasin ”)
Men mashinalni sozlovchi ustaman .oz ish faoliyatimda doimo haydovchilar detallarni yemirilishidan , harakatlarni yengillatish uchun ishqalanish kuchini kamaytirish yollarini so’rab murojaat qilishadilar . men ishqalanish kuchini zararli hisoblayman .
Men tikuvchiman . Ishqalanish kuchi tufayli mashina harakati qiyinlashib qoladi . Ish unumdorligini kamaytirib qo’yadi . yemirilib ishdan chiqqan qismlariri topish qiyin ,qolaversa ortiqcha harajatni talab qiladi .
Advokat :
Men bunda ishqalanib ishlaydigan joylarni moylash orqali ishqalanish kuchini kamaytirish mumkinligini , bundan tashqari avtomobil , velosiped va stanoklarning aylanuvchi vallariga podshipniklar kiydiriladi .Podshipnikning valga bevosita tegib turgan qismi – vkladish po’lat , cho’yan , bronzadan yasaladi. Vkladishning ichki sirtiga qo’rg’oshin yoki qalayning turli qotishmalari qoplanadi va moylanadi . Bunday podshipniklar sirpanish podshipniklari deyiladi . Dumalanish ishqalanishi sirpanish ishqalanishidan ancha kam bo’lganligi texnikada qol keladi . Sharikli va rolikli podshipniklarning qo’llanilishi dumalanish kuchining kamligiga asoslanadi .Podshipnikning po’latdan yasalgan ichki halqasi valga o’tkazilgan bo’ladi . Tashqi halqa esa mashina korpusiga mahkamlanadi .Val aylanganda ichki halqa sharchalar yoki roliklarda dumalaydi .bunda ishqalanish kuchi 20-30 martaga kamayar ekan .Men shuni tasviya etmoqchiman . Demak bunday noxush holatlarni oldini olish mumkin .
Guvohlarga navbatma – navbat gapirishga ruxsat beriladi ……
Sud raisi :
Ishqalanish kuchi bunga nima deydi ?
Ishqalanish kuchi :
Meni XVIII asrda Fransuz olimi Sh . Kulon aniqlagan . Men uch ko’rinishda namoyon bo’laman :
1.Tinchlikdagi ishqalanish kuchi;
2.Sirpanish ishqalanish kuchi ;
3. Dumalanish ishqalanish kuchi .
Menda ham ijobiy ham salbiy tomonlar bor . Menimcha ular teng .
Sud maslahatga ketadi …
Bir ozdan so’ng posbonlar : Turinglar sud kelayapdi .
Sud raisi :
Ayblovchi va guvohlar so’zlarini eshitib , shunday xulosaga keldik .
Ishqalanish kuchi ikki yoqlama xarakterga ega : ham foydali ,ham zararli . Agar u foydali bo’lsa uni ko’paytirishga , zararli bo’lganda esa kamaytirishga harakat qilish kerak ekan .
Insonlar tabiat qonunlarini o’zgartira olmaydi . Uni faqat o’rganishi va foydalanishi mumkin .
Xulosalanadi .
Manashunday sahna ko’rinishlarini “Diffuziya “, “Elektr maydon “ kabi mavzularda ham o’tkazish mumkin .
16. “Bizning jamoa ertagi “ ga navbat beriladi .
O’qituvchi boshlab beradi .Doskada Og’irlik kuchi , elastiklik kuchi , butun olam tortishish kuchi , jism og’irligi yozuvi qo’yiladi .
Bir kuni barcha kuchlar baxs boylab qolishibdi .Og’irlik kuchi so’z boshlabdi tabiatda eng kuchlisi o’zim . Agar men bo’lmaganimda edi …..
O’quvchilar navbatma – navbat o’z fikrlarini bildirib ertakni davom ettiradilar ………………………………………………………..
Oxirida bu suhbatni eshitib turgan “Ona tabiat “ Shunday debdi . Aziz farzandlarim men sizlarni har biringizni tabiat muvozanati uchun yaratganman . Sizlar hammangiz insonlar yashashi uchun o’z hissangizni qo’shasizlar . Birlashgan o’zar , birlashmagan to’zar . Kuch birlikda .
Bu metoddan 6-7 -8 sinflarda foydalanish maqsadga muvofiq . Yangi darsni o’tib bo’lgandan keyin mustahkamlash bosqichida juda qo’l keladi .
17.Impuls plakat ( Turtki plakati .)
IMPULS – PLAKAT .(IMPULS- turtki )
1.Ushbu mavzuda meni hammasidan ko’proq … qiziqtirdi .
2. Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki,… .
3.Men orttirgan bilimlarimni … qo’llayman .
4.Ushbu mavzuni o’rganish jarayonida men,…. erishdim .
5.Men … to’g’risida ko’proq bilib olmoqchi edim?
6.Men uchun … murakkab bo’ldi .
7.Menga …. yoqdi .
Buni ko’p hollarda uyga vazifa sifatida topshiriq qilib berish juda yaxshi natija beradi .
18.Refleksiya metodi . (Xotirada qayta akslantirish .)
Xotirada qayta akslantirish degani . Buni mustahkamlash darslarida foydalashmaqulroq
1. Juda zarur .
2. Men uchun yangilik .
3. O’ylab ko’rishim kerak .
4. Ko’nikmalarimni shakillantirib boraman .
5. Faoliyatimga tadbiq etaman .
19. “Auksion”
Bunda o‘quvchilar masalan VIII sinfda “Magnetizm haqida dastlabki ma’lumotlar ” mavzuda magnitning xossalariga berilgan fikrlar ichidan eng muhim va arzon narxdagisini tanlab olishlari kerak .
Buning uchun mavzu yuzasidan bir qancha fikrlar yoziladi va ularga Yashirin ballar qo’yiladi .Lekin o’quvchi fikr necha ballgini bilmaydi . Sotib olgandan keyingina bilishi mumkin . Ya’ni fikr mazmuniga e’tibor berishi kerak .Masalan :
Turli nomli magnit qutblari bir- biriga tortiladi, bir xil nomli qutblar esa bir – biridan itariladi .
20.Termometr metodi .
Bu metoddan o’qituvchi dars yakunida foydalanadi . Doskaning orqa tarafida o’qituvchi tomonidan uchta rasm chizib qo’yiladi .Darsni a’lo degan o’quvchilar 3-rasmga , yaxshi deganlar 2-rasmga , yomon degan o’quvchilar 1-rasmga soch ekadilar . Bunda o’quvchilar yashirin ovoz beradilar .Darsning harorati odilona o’lchanadi .
21. Uchta rost bitta yolg’on metodi .
Bunda o’quvchilarga mavzu yuzasidan to’rtta fikr beriladi . Bu fikrlarning 3tasi rost bittasi yolg’on fikr bo’lib o’quvchilar buni aniqlashlari shart .
22. Virtual laboratoriya ishlaridan foydalanish metodi.
Fizika tajribaviy fan bo’lib,uning qonunlari tajriba natijalarida asoslanadi. Tajriba davomida ma’lum qonunlarni tekshirish va yangi natijalarni aniqlash uchun o’tkaziladi .Bunda nazariy olingan bilimlar yanada mustahkamlanadi .Lekin dasturda o’tiladigan mavzularning barchasini laboratoriya va namoyish- tajriba qurilmalari bilan ta’minlab bo’lmaydi . Shu sababli fizika fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda kompyuter texnalogiyalaridan foydalangan holda virtual laboratoriya ishlarini qo’llash mumkin .Albatta virtual laboratoriya ishlari real laboratoriya ishlari o’rnini bosa olmnaydi .
Virtual laboratoriya ishlaridan quyidagi hollardagina foydalanish mumkin :
1. Ayrim tajriba uskunalarining yaroqsizligi yoki ishlamasligi ;
2. Tajriba uskunalarining qimmatligi ;
3. Ba’zi tajribalarni yer sharoitida o’tkazish imkoniyati bo’lmasligi ;
4. Tajribaning ko’rgazmali bo’lmasligi (Atom ,yadro,kvant fizikadagi hodisalar);
5. Fizika fanini o’qitishda masofaviy ta’lim turida ;
6. O’quvchilarning mustaqil ravishda har qanday laboratoriya ishlarini uyda virtual bajarishlari uchun .
Xulosa :
Pedagogik tajribalar shuni ko’rsatadiki , o’quvchilar :
– ma’ruza tinglaganlarida o’z eshitganlarini 5 %;
– O’qiganlarining 10%;
– Video,rasm,ko’rgazma ko’rganlarida bilimlarning 20 %;
– Tajriba namoyish qilishda ko’rgan va eshitganlarining 30%:
– Muzokara orqali birga tahlil qilganlarining 40%;
– Mashq qilganlarida ,ya’ni o’qigan ,yozgan,gapirganlarining 50%;
– Ishbilarmon o’yinlar ,mustaqil o’qiganlarida , ish himoya qilganlarida bilimlarning 75 %;
– Boshqalarni o’qitganlarida bilimlarning 90 % eslab qolar ekanlar .
Demak o’qitishning interfaol usullarini kompleksini qo’llab maqsadga erishish mumkin .
Innovatsion usullarni qo’llashda dars o’qitilganda sinfda qoloq , mavzuni o’zlashtirmaydigan o’quvchi qolmaydi . Deyarli barcha o’quvchilar dars jarayoniga jalb etilib , ularning darsga qiziqishlari ortadi . O’quvchilarning kelgusidagi mustaqil bilim olishlariga , hunar o’rganishlariga imkon yaratadi .
Pedagogik faoliyatim davomida VI- VII – VIII – IX sinflarda turli xil didaktik o’yinlardan foydalanib kelmoqdaman va uning natijasini ham tahlil qilib kelmoqdaman .
Darslarda didaktik o’yinlardan foydalanish , o’quvchilarni ahillik , birdamlikka va sinfda do’stona muhitni shakllantirishga yordam beradi .
Bir so’z bilan aytganda ta’lim jarayoniga yangicha yondashib , ijodkorlik , bunyodkorlik tadbiq etilsagina , ta’lim samarasi yangi bosqichga ko’tariladi .
– Bolaning talabi , moyilligi , istak xoxishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi .
– O’quvchining o’quv mehnatiga mas’uliyati , javobgarligi va burchi oshadi .
– Bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi .
– U umr bo’yi o’z bilimini o’ziga foydalanishga ishonch faydo bo’ladi
– Erkin fikrlash malakasi shakllanadi .
– Shaxs jamiyatda o’zining o’rnini tezroq topib olishga muhit yaratadi .
Buning uchun bugun biz o’quvchiga
“Sen buni bilishing kerak “ degan majburlovchi da’vatdan “ Menga bu zarur va men buni bilishga ,uni hayotga qo’llashga qodirman “ degan ichki ishonch va intilishni yug’otishimiz kerak .
Igna bilan quduq qazgan misoli ,
Muallim chekadi og’ir mashaqqat .
U mudom yashaydi g’arazdan holi ,
Muallimga bo’lsin eng buyuk xurmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |