II bob. Ona tili darslariga qo`yiladigan talablar tahlili
2.1. Darslarga qo`yilgan asosiy talablar
Ona tili darsi o`quvchining fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ona tili fani orqali o`quvchi boshqa fanlarni ham idrok qila olish qobiliyati shakllanadi.
Ona tili darslarida bolalarning tafakkur faoliyatini kengaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o`zgalar fikrini anglash, o`z fikrini og`zaki va yozma bayon qilishga, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo`la olish ko`nikma va malakalarini rivojlantiradi. Ona tili ta’limda o`quv fani emas, balki butun ta’lim tizimini uyishtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Ona tili ta’lim standarti ko`rsatkichlari bolaning fikrlay olishga, ifodalangan fikrni anglashga va o`z fikrini savodli, mantiqiy izchil rioya qilgan holda bayon qila olishga o`rgatish nuqtayi nazardan belgilanadi.
Ona tili darsiga qo`yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |