2.2. Dars tiplarining vazifalar bo`yicha tahlili
Yangi bilim berish darslarining vazifalari:
- o`quvchilar ongida muayyan mavzu asosida yangi tushunchalar hosil qilish;
-yangi mavzuni oldin o`tilgan mavzular tizimiga kiritish, o`xshash va farqli tomonlarini ko`rsatish;
-yangi mazvuga oid qoida, atamalar mohiyatini ochib berish;
-mavzuni amaliy ahamiyatini uqtirish;
-yangi mavzu bo`yicha ma’lumotlarni qat’iy izchillikda yetkazish;
-shu mashg`ulotning o`zida yangi bilim asosida shakllangan ko`nikmani tekshirib olish;
-mavzu ustida ishlashda belgilangan usul, tamoyillarga rioya etish;
-dars jarayonida o`quvchilar faoliyatini kuchaytirib borish;
-o`quvchilarni psixologik xususiyatlarini hisobga olish, fikrlash darajasini rivojlantirib borish.
Mustahkamlash darslarining vazifalari:
-mashg`ulotlarda shakllanadigan ko`nikma, malakalar me’yorini bilib olish;
-o`tkaziladigan mashqlar tizimini belgilab, ularning bajarilish izchilligini ta’minlash;
-og`zaki va yozma mashq turlarini maqsadga muvofiq o`tkazish, mashqlarni o`yin turlaridan unumli foydalanish;
-mustahkamlash davomida o`quvchilarga differensial va individial ravishda munosabatda bo`lish;
-har bir mashq turining to`g`ri va mukammal bajarilishiga erishish;
-mashg`ulot davomida o`quvchilarning mustaqilligini ta’minlash va faolliklarini oshirib borish;
-oshib qolgan vaqt uchun doimo zahirada qo`shimcha mashqlar bo`lishiga e’tibor berish;
-o`quvchilar bajargan topshiriqlarni imkon darajasida tekshirib, bahosini izohlab berish;
-mashqlar davomida o`quvchilarni o`ta toliqtirmaslik uchun jismoniy harakat o`yinlaridan me’yorida foydalanish.
Yangi bilimlarni o`rgatishda deduksiya va induksiya. Tilgaoidnazariymateriallar, asosan, ikkixilyo`lbilano`rgatiladi: yangibilimlarnideduktivyo`lbilano`rgatish; yangibilimlarniinduktivyo`lbilano`rgatish. Bularni “Egavauningifodalanishi” mavzusimisolidatahlilqilaylik. Mavzunideduktivyo`lbilano`rgatishda, o`quvchilarninggap, gapbo`laklari, gapdaso`zlarningbog`lanishito`g`risidagibilimlarigatayaniladi. Doskaga biror gap yozib tahlil qilinadi. Masalan, Botirlar xalq xotirasida hamisha yashaydilar. Bu gap mazmuniga ko`ra darak gap ekanligi aytiladi. Gapda so`zlarning bog`lanishi aniqlanadi: botirlar yashaydilar - moslashuv; xalqning xotirasi – moslashuv; xotirasida yashaydi – boshqaruv; hamisha yashaydi – bitishuv. Gapni tahlil qilish yo`li bilan gap bo`laklari haqidagi bilim takrorlanadi. Gap tarkibidagi bosh bo`laklar ajratiladi:
Botirlar yashaydilar. So`roqlar vositasida ega topiladi va uning ta’rifi tushuntiriladi. So`ngra eganing bosh kelishikdagi ot, olmosh, otlashgan so`zlar bilan ifodalanishi bayon qilinadi.
Tilga oid bilimlarni yuqoridagi yo`l bilan bayon qilganda, umumiydan aniqlikka qarab boriladi. Gap, gapda so`zlarning bog`lanishi, gap bo`laklari, bosh bo`laklar va ikkinchi darajali bo`laklar to`g`risidagi bilimlar ega haqidagi bilimlarga nisbatan umumiy sanaladi. Eganing turli so`z turkumlaridan ifodalanishi bo`yicha berilgan bilimlar ega haqidagi umumiy ta’rifga nisbatan juz’iy bo`ladi. Yangi bilimlarni shu yo`l bilan bayon etganda, deduksiyadan induksiyaga qarab boriladi. Oldin dalillar asosida o`quv materialining umumiy tomonlari izohlanadi. Keyin esa, dalillar asosida shu materialning xususiy tomonlari aniqlashtiriladi.
Yangi bilimlarni o`rgatishning ikkinchi yo`li induksiyadir. Bunda oldin o`quv materialining xususiy tomonlari o`rgatiladi, so`ngra uning umumiy tomonlari izohlanadi. Masalan, ega va uning ifodalanishini tushuntirish uchun quyidagi gaplar tahlil qilinadi:
D a r a x t l a r xuddi choyxonaning sahnidagi gulzorga o`xshar edi. Biz bu quvonchli kunlarga osonlik bilan etib kelmadik. O`n – beshdan katta. O` q i m o q – o`rganmoq.
To`g`ri o`zadi, egri to`zadi.
Yuqoridagi gaplar tahlil qilinib, har bir gapning egasi topiladi, ularning qaysi so`z turkumi bilan ifodalangani aytiladi, so`roqlari ko`rsatiladi. Tahlil qilingan misollar, chiqarilgan juz’iy xulosalar zaminida eganing umumiy ta’rifi o`rganiladi. O`rganish jarayonida o`quv materialining juz’iy xususiyatlaridan umumiy xususiyatiga qarab boriladi.
Izchillik tamoyiliga qat’iy amal qilish yo`li bilan yangi materialni o`rgatish va mustahkamlash darslarini ijodiy tashkil etishga erishiladi. Yangi materialni tushuntirishda o`quvchilarning oldin o`rgangan bilimlari, hosil qilgan malakalariga tayanish o`quv materialini puxta o`zlashtirishga zamin hozirlaydi. O`rganilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni faol idrok etishning asosiy omili sanaladi. O`rganilgan bilimlarni qayta esga olish va undan yangi bilimlarni ongli o`zlashtirish vositasi sifatida foydalanish turli yo`llar bilan amalga oshiriladi: o`rganilgan bilimlarni o`qituvchining o`zi eslatadi va yangi bilimlarni o`zlashtirilgan mavzuning davomi sifatida tushuntiradi; oldin o`tilgan mavzuni o`quvchilardan birontasi eslab aytib beradi, o`qituvchi o`quvchi fikrlariga bog`lab o`z tushuntirishini boshlaydi; o`tilgan mavzu yuzasidan sinf jamoasi bilan suhbat o`tkaziladi, keyin yangi mavzuni tushuntirishga o`tiladi; o`tilgan mavzuga doir mustaqil ish o`tkaziladi, mustaqil ish ustida suhbat o`tkazilgach, yangi mavzuni tushuntirishga o`tiladi va hokazo.
Bilim, ko`nikma, malakalarni tekshirish va baholash darslarining vazifalari:
-tekshiriladigan bilim, ko`nikma va malakalar me’yorini oldindan belgilab olish;
-tekshirish shakllari, usullarini aniq belgilab, ularga qat’iy rioya etish;
-tekshirishni muayyan tizim va izchilikda olib borish;
-tekshirish uchun belgilangan savol va topshiriqlarni aniq, puxtaligini ta’minlash;
-tekshirishning qiziqarli, o`yin tusidagi turlaridan unumli foydalanish, test va turli usullarning optimal variantlarini izlash;
-tekshirishni baholash davomida o`quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlariga jiddiy e’tibor berish. Rag`batlantirish va tanbeh berishning ta’sirli, tarbiyaviy jihatlarini ta’minlash;
-tekshirish va baholash uyg`unligiga erishish;
-tekshirish va baholash davomida o`zlashtirishdagi nuqsonlarni bartaraf etib borish.
Takrorlash va umumlashtirish darslari vazifalari:
-takrorlanadigan ma’lumotlar, tushunchalar me’yorini belgilab olish;
-takrorlash va umumlashtiruvchi suhbatda qat’iy tizim va izchilikka rioya qilish;
-takrorlash va umumlashtirishda muayyan mavzular bo`yicha qo`llangan ko`rgazmali vosita va tarqatma varaqlardan foydalanib borish;
-takrorlash va umumlashtirish davomida o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlari va malakalarini hisobga olish, ularni yodga tushirish usullarini qo`llash;
-takrorlash va umumlashtirish davomida o`quvchilar faolligini oshirib borish;
- umumlashtirish yakunida muayyan xulosalar chiqarish.
Aralash darslar vazifalari:
-yangi bilim hajmi, mavzu ustida ishlash bosqichlari, mustahkamlash, mashqlar tizimi va o`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalarini tekshirish jarayoniga qat’iy tartibda rioya qilish;
-bosqichlar orasidagi bog`lanish, izchillikda uzilishga yo`l qo`ymaslik;
-shu mashg`ulotning o`zida muayyan o`quvchilar guruhining bilimlarini tekshirib, baholashga ulgurish;
-mashg`ulotlar davomida turli didaktik vositalardan foydalanish;
-mashg`ulotlarda o`quvchilarning faolligiga erishish.
Xulosa
Bugun yurtimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Barcha sohaning rivoji inson manfaatlari uchun xizmat qilmoqda. Ta’lim sohasida ham diqqatga sazovor ulkan ishlar amalga oshirayotganligi biz yoshlarni ham kelajakda yanada o`qib, bilim olishlarimizga ulkan imkoniyatlar yaratilayotganligini anglatadi. Ona tili bu millatning ruhidir. Tilda jamiyatning moddiy va ma’naviy boyligi o`z ifodasini topadi. Til o`rganish va til o`rgatishning yangi metodlaridan foydalanish bugungi kunning talabidir.
“Har birimiz davlat tiliga bo`lgan e’tiborni mustaqillika bo`lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak”,-deydi yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev. – Bu oliyjanob harakatni barchamiz o`zimizdan, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak.
Tilni o`qitishda har bir darsning mazmunidan kelib chiqqan holda ona tilini o`rgatishning zarur tiplarini qo`llash bu har bir pedagogning ta’lim sohasi oldida turgan muhim vazifasidir. Tilni o`qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, yangi dars o`tish metdolarini qo`llash, o`quvchilarni darsga qiziqtirish orqali o`z vataniga sadoqatli qilib tarbiyalash har bir ona tili va adabiyot o`qituvchisining vazifasidir.
Ona tilini o`rgatishda ona xalqqa muhabbatni singdirish, til o`rgatish jarayonida tilda ham milliy qadriyatlar aks etganligini anglatish, Alisher Navoiy, Mahmud Koshg`ariy kabi tilshunos olimlarning ishlari, asarlarini o`rganishga qodir, ularni munosib avlodi bo`lib yetishish har bir tilshunosning eng katta maqsadlaridan biri bo`lishi jamiyatimizning rivojlaniga asos bo`lishi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |