KIRISH.
O`zbekiston mustaqil milliy demokratik davlat sifatida rivojlanish yo`lida
muhim qadamlaridan biri “
Ta’lim to`g`risida
” gi yangi Qonun, hamda “
Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi
” ning qabul qilinishi katta ahamiyatga ega.
Prezidentimiz
SH.M.Mirziyoyev
“ ta’lim darslikdan boshlanadi, “ va
“darsliklarda millat fikrining tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg`or namunalari
aks etishi kerak” deb ta’kidladilar.
Vatanimiz xalq xo`jaligi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda “Asosiy
texnalogik jarayon” fanining alohida o`rni bor.
Bu fan talabalarga ixtisoslik fanlarini chuqur o`zlashtirishga, qay yo`l bilan
ishlab chiqarish intensivligini oshirish va texnologik qurilmalardan unumli foydalanish
mumkinligini o`rgatadi.
Darslikda keltirilgan jarayonlar nazariy asoslari, ularni hisoblash usullari va
samarador qurilmalar bilan jihozlash prinstiplari ushbu fan asosini tashkil etadi.
Oxirgi o`n yil
ichida kimyoviy texnologiya, oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda
keskin o`zgarishlar ro`y berib, yangi texnologiyalar amalda qo`llanib, rivojlanish
boshlandi. Bunday o`zgarishlar jarayon va qurilmalar fanini yanada yuqori darajaga
ko`tarilishiga sababchi bo`ldi. Ushbu fanning bunday yuqori saviyaga ko`tarilishiga
hisoblash texnikasining gurkirab rivojlanishi ham o`z xissasini qo`shdi, chunki u
jarayon va qurilmalarni o`rganish, modellashtirish va
hisoblash ishlarini misli
ko`rilmagan imkoniyatlarini yaratdi.
Har bir jarayonni o`rganishda uning statikasi va kinetikasiga, ya’ni
o`rganilayotgan sistemaning muvozanat nisbatlari va jarayon mexanizmiga alohida
e’tibor berish zarur.
Tavsiya etilayotgan darslik fanning tasdiqlangan dasturiga binoan tuzilgan
bo`lib, talabalarning fizika, ximiya,
matematika, termodinamika, issiqlik va sovitish
texnikasi va boshqa fanlardan olgan bilimlarini hisobga olgan.
“Asosiy texnalogik jarayon” fani bakalavrlarni tayyorlashda umummuxandislik
bo`lim fanlaridan, maxsus fanlarni o`rganishga o`tishda eng muhim vazifani
bajaruvchi zarur fandir.
Hozirgi kun fanining aniqlovchi va tavsiflovchi belgilaridan
biri bu sanoat va
texnikaning fan bilan uzviy bog`lanishining chuqurlashishi va kengayishidir.
Dunyoning ko`pchilik taniqli olimlari fan va uning amaliyotda qo`llanishi bir butun va
uzviy bog`liq ekanligini ta’kidlashgan.
“Asosiy texnalogik jarayon” fani haqidagi zamonaviy ta’lim kimyo, fizika,
matematika, mexanika, issiqlik va sovuqlik texnikasi, elektrotexnika,
kimyoviy
kibernetika, materialshunoslik, sanoat iqtisodiyoti va boshqa sohalar fundamental
fanlarining asosiy qonunlariga tayanadi. Lekin, jarayonlar va qurilmalar to`g`risidagi
ta’lim fan sifatida aniq, alohida kurs bo`lib, o`zining tajriba, hisoblash uslublari,
hamda nazariy qonuniyatlari bilan ajralib turadi.
Kimyo,
oziq-ovqat, neft va neft maxsulotlarini kayta ishlash, farmastevtika va
xalq xo`jaligi sanoatlarining boshqa tarmoqlari uchun umumiy bo`lgan jarayonlar va
qurilmalar “Asosiy texnalogik jarayon”deb ataladi.
Istalgan kimyoviy yoki boshqa texnologik jarayon,
uning turli uslublarda
o`tkazilishidan qat’iy nazar, o`zaro bir-biriga bog`liq tipik texnologik bosqichlar
majmuasidan iborat.
“Asosiy texnalogik jarayon” kursida asosiy jarayonlarning nazariyasi, ushbu
jarayonlarni amalga oshiradigan mashina va qurilmalarning tuzilish prinstiplari va
ularni hisoblash uslublari o`rganiladi.
Ma’lumki, kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat
texnologiyalari murakkab va
ko`pincha bir necha jarayonlardan tashkil topgan bo`ladi.
Ushbu darslikda asosiy jarayonlar asoslari keltirilgan bo`lib, ularni o`rganish
uchun bir xil kinetik qonuniyatlar qo`llanilgan.
Zamonaviy sanoat ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashda “Asosiy
texnalogik jarayon” fanining ahamiyati katta. Bu fan asosida turli xil jarayonlarning
hisoblash va tahlil qilish, ularning optimal parametrlarini aniqlash, zarur qurilmalarni
hisoblash va loyihalash mumkin. Undan tashqari, ushbu kursda laboratoriya
sharoitidagi jarayon va qurilmalardan sanoat jarayon va qurilmalariga