Reja: Kirish Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari



Download 99 Kb.
bet2/6
Sana27.06.2022
Hajmi99 Kb.
#708165
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3. Xavfsizlikning tizimli tahlili Faoliyat xavfsizligini boshqar-fayllar.org

Xavfsizlik - bu insonlar oldiga qo'yilgan maqsaddir. HFX esa maqsadga erishishning - vosita, yo'l va usullaridir. “Hayot faoliyati xavfsizligi” ilmiy fan bo’lib, xavflar va ulardan himoyalanishni o'rganadi. Uni o'rgamshning predmeti faoliyat (mehnat)ning bir tomonidir, aynan, xavflar va ulardan himoyalanish- maqsadning ikkinchi tarafidir.
«Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» ning maqsadi- ishlab chiqarishda va favqulodda holatlarda xavfsizlikni ta'minlash va yaxshi ish sharoitlarini yaratish uchun insonlarni nazariy iva amaliy jihatidan tayyorlash hamda ekstremal vaziyatlarda qanday harakat qilish va o'rgatishdan iboratdir.
Shuning bilan birgalikda «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» bir-biri bilan o'zaro bog’liq bo'lgan uchta asosiy vazifani yechadi:

  • xavflarni identifikatsiyalash, ya'ni xavflarning sonli tavsifi va kelib chiqish nuqtalarini ko'rsatgan holda ularning qiyofasini bilish;

  • foyda va xarajatni taqqoslash asosida xavflardan himoyalanish; -mumkin bo’lgan salbiy xavflarni (qolgan xavf-xatar

konsepsiyasidan kelib chiqqan holda) bartaraf qilish. kishilik jamiyatini rivqjlanish tarixining eng dastlabki bosqichlarida faoliyat sharoitlariga e'tibor qaratilgan, shu jumladan inson sog’lig’ini saqlash masalalari ham ko’rilgan.
2. Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari
Xavfsizlik haqidagi rivojlanishga ayrim misollar keltirsak: Aristotel (bizning eramizdan 384-322), Gippokrat (b.e. 460-377) va boshqa olimlarning asarlarida mehnat sharoiti masalalari o’rganilgan. Tiklanish davrining buyuk tabibi Parauels (1493-1541) o’zining asarlarida tog’ ishlari bilan bog’liq bo'lgan xavflarni o'rganadi. Nemis vrachi va metallurgi Agrikola (1494-1555) o'zining “Tog’ ishlari” asarida mehnat muhofazasi masalalarini bayon qilgan. Italyan vrachi Ramassini (16331714) kasbiy gigiyena faniga asos solib, "Kulollar kasalliklari" kitobini yozdi. Rus olimi Lomonosov M.V. (1711-1765) tog’ ishida mehnat xavfsizligi bo’yicha asos soluvchi asarini yozadi, akademik Ligachev V.A.ning asarlari texnosferaning xavfsiz rivojlanish muammolariga bag’ishlangandir.
«Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» ilmiy fan sifatida o’zining nazariyasi, metodologiyasi va metodlariga ega va bir vaqtning o’zida quyidagi: muhandislik psixologiyasi, odam flziologiyasi, mehnat muhofazasi, ekologiya, ergonomika va boshqa fanlarning yutuqlariga suyanadi, «Hayot faoliyati xavfsizligining asoslari» metodologik bazasining tizimli tahlildir.
Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta’minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi.
Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va talofatlardan ulkan zarar ko’rib kelmoqda. Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda bu fan muhim ijtimoiy rol o’ynaydi va xalq xo’jaligi faoliyatining xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo’shadi.
1.Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari
Xavf -hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo'lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarga olib keladi.
Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning sonini ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
Xavf energiyaga ega bo'lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o'zida joylashtirgan hamma tizimlarni hamda inson hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o'zida saqlaydi.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish