Kirish Ko’p davlatlar ishbilarmonlari o’zlarining ichki bozoriga tashqi raqobatchilarni kiritishga qarshidirlar. Ushbu holatni tushunish oson, ya`ni ichki ishbilarmonlar tashqi raqobat xarajatlarini kamaytirishga, sifatni oshirishga, quvvatsizlanmaslikka majbur bo’ladi. Xaridorlar esa orzon va imkoni boricha sifatli mahsulot sotib olishdan manfaatdorlar. Ushbu holat ko’plab davlatlarning siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini ifodalovchi va iqtisodiyotda chuqur islohatlarni olib borishni talab qiladi. Davlat ushbu holatda shunday bojxona siyosatini amalga oshirishi lozimki, mamlakat to’laligicha manffaatga ega bo’lishi, shuningdek ichki bozorga import tovarlarining kirib kelishini kamaytirishni bosqichma-bosqich amalga oshirishi lozim.
Iqtisodiy nuqtai nazardan rivojlangan har bir davlat iqtisodiyotga bilvosita ta`sir etish va o’z daromadlarini shakllantirishda bojxona soliq va yig’imlarining bir butun tizimini qo’llaydi. Bu tizim, asosan to’g’ri va bilvosita soliqdardan iboratdirbilvosita (egri) soliqlar tizimiga bojxona organlari tomonidan undiriladigan, qo’shilgan qiymat aa aksiz soliqlari hamda bojxona yig’imlari kiradi. Ushbu boj soliq va yig’imlari ikki va ko’p tomonlama olinmaslikka erishish g’oyat muhim masaladir.
Ushbu mustaqil ishida jahon mamlakatlari bojxona siyosati va O’zbekistonning tutgan yo’li muhokama qilinadi.
Bojxona siyosatining mohiyati va rivojlanishi
Bojxona ishi respublika bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Respublikaning quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustadagi havo bo’shlig’i bojxona hududini tashkil etadi.
Respublika hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar bo’lishi mumkin, ularning hududdari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, respublika bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi. Bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalari va erkin omborlarning chegaralari respublikaning bojxona chegarasi hisoblanadi.
Bojxona ishida respublikaning bojxona organi bojxona deklarasiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olayotgan kuni amalda bo’lgan qonun hujjatlari qo’llaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalari qonunga xilof ravishda olib o’tilgan taqdirda, tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib o’tilgan kuni amaldagi qonun hujjatlari qo’llaniladi.
Agar respublikaning xalqaro shartnomasida bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Iqtisodiy siyosat choralari – tovarlar va transport vositalarini respublikaga olib kirish hamda respublikadan olib chiqishga doir cheklovlar bo’lib, ular kvota belgilashni, lisenziyalashni, shuningdek respublika iqtisodiyotining jahon xo’jaligi bilan o’zaro hamkorligini
tartibga solib turuvchi boshqa choralarni o’z ichiga oladi. Tovarlar va transport vositalarini olib o’tuvchi shaxs – tovarlar va transport vositalarining mulkdorlari, ularni sotib oluvchilar, egalari yoxud ular bilan Kodeksda nazarda tutilgan harakatlarni o’z nomidan amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq yetarli bo’lgan boshqacha tarzda ishtirok etuvchi shaxslar.
XX asrdan boshlab boj siyosati vositalaridan iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish uchun sotish bozorlari ustidan monopoliya urnatish uchun kurashda foydalanila boshlandi. 30-40 yillarda kayta ishlab chiqarishning jaxon buxronlari munosabati bilan (1929-1933 va 1937-1938 yillar) bojxona siyosati xaddan tashqari protektsionistik tusga ega bo’ldi va olib kirish bojlari oshishida ifodalandi.
Garbiy Yevropa mamlakatlarining Ikkinchi jaxon urushidan keyingi dastlabki davrdagi bojxona siyosati bojxona tusiklarini zaiflashtirishga qaratildi, chunki ushbu mamlakatlar vayron bulgan xalq xujaligini tiklash uchun iste‘mol tovarlari va asbob-uskunalarga kattik yetishmovchilikni uz boshidan kechirayotgan edi. Garbiy Yevropa mamlakatlarida tiklash davrining tugallanishi, sanoat ishlab chiqarishning usishi, milliy maxsulotni sotish bilan bog’liq kiyinchiliklar bir qancha tovarlarni import qilishda bojxona tusiklari kattiklashtirilishiga olib keldi.
Kanada 1974 yil dekabrida protektsionistik maqsadlarda AKSH dan gusht maxsulotlari keltirilishiga cheklash joriy kilganda, AKSH ushbu maxsulotlarning Kanadadan import qilinishiga kattik kvota belgilanadi, bu xol Kanada iqtisodiyotiga 100 million dollar zarar yetkazdi, AKSH kurgan zarar esa 10 baravar kam bo’ldi.
AKSH 1975 yilda eksport kiluvchi mamlakatlar tomonidan neft narxining oshirilishiga javoban Neft eksport kiluvchi mamlakatlar tashkiloti a‘zosi bulgan davlatlarni tarif pereferentsiyalaridan maxrum kildi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning bojxona siyosati iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni ta‘minlash manfaatlari, milliy iqtisodiyotni mustaxkamlash va rivojlantirish maqsadlarida olib boriladi. Ular aniq ifodalangan protektsionalistik tusga egadir. Masalan, olib kiriladigan mashina va asbob-uskunalar, kimyoviy tovarlar va materiallardan eng kam stavkalarda bojlar undiriladi. Kishlok xujaligi maxsulotlari, odatda bojsiz import qilinadi. Kiyim-bosh va uy-ruzgor buyumlariga oshirilgan stavkalar qullaniladi. Zeb-ziynat buyumlari va alkogolli ichimliklarga eng yuqori stavkalarda boj solinadi.
2.3. Markaziy Osiyoda bojxona ishi. Amir Temur raxnamoligi ostida tarkibiga soliklar va bojlarni undirish xam kiradigan moliyaviy-iqtisodiy tizimning puxta faoliyat kursatishi xar qanday tuzumda davlat mavjud bo’lishining iqtisodiy asosi xisoblanadi. Akademik B.Axmedovning fikriga kura bojxona organlari bunday tizimning bir qismi sifatida Markaziy Osiyoda Qadim zamonlardan boshlab mavjud bulgan. Chunki kup ming yillab Sharkni Garb bilan boglagan Buyuk Ipak yuli Markaziy Osiyo xududidan utgan. Urta dengizidagi Suriyaning Antioxiya (yoki Antalya) porti uzoq vaqt Ispaniya, Portugaliya, Venetsiyadan tovarlarni tashuvchi kemalarga xizmat kilgan. Bu kemalar Buyuk Ipak yuli orqali Xitoy va Yaponiyaga yul olganlar.
Buyuk Ipak yuli orqali amalga oshiriladigan savdoga kaysidir darajada aloqador bulgan barcha davlatlarning bojxona organlari tajribasini umumlashtiruvchi qoidalar asrlar davomida takomillashtirildi va makbul xolga keltirildi. Agar kaysidir davlat yoki shaxar bojxona qoidalarini kattiklashtirsa, bojlar va yigimlarni xaddan tashqari kupaytirsa, karvonlar ularni chetlab o’tishining yuli bor edi: bigina Markaziy Osiyoda Buyuk Ipak yulining bir necha shoxobchasi mavjud bulgan. Ushbu karvonlar chetlab utgan davlatlar esa anchagina daromaddan maxrum bo’lishar, chunki yullarda karvonlar muntazam katnar edi.
Buyuk Ipak yulidagi boj yigimlari xaqidagi dastlabki yozma eslatmalar VIII asrdagi arab manbalaridan ma‘lum. Kup asrlar davomida boj miqdori uzgarishsiz bulib keldi. U tovar qiymatining 2 foizini tashkil etgan (Bunday boj XIX asrgacha saklanib koldi. Buxoro, Kukon va Xivadan Rossiyaga katnovchi karvonlardan 2,5 foiz miqdorida boj olinardi). Bu barchani koniktiruvchi makbul variant deyish mumkin. Karvonlar yulida kuplab davlatlar joylashgani xisobga olinsa, katta miqdordagi boj savdogarlarni xonavayron qilishi, bu bilan ushbu davlatlarni kafolatli daromaddan maxrum qilishi mumkin edi.
Ushbu daromadning xazina uchun axamiyatini tushungan xukmdorlar qulay yullar, obod karvonsaroylar kurishdi, karvonlarni xavf-xatardan kuriklash chora-tadbirlarini kurishdi. XIV-XV asrlarda Amir Temur oldingi yuz yilliklardagi oxiri yuk urushlar va kuchmanchilar boskinlari tufayli deyarli tuxtab qolgan Buyuk Ipak yulidagi xarakatni kayta tikladi.
XV asr boshida Amir Temur saroyida bulgan Kastiliyaning elchisi Ryui Gonzales de Klavixo uzining Samarkndga kilgan turt oylik sayoxatida «butun mamlakat Temur xukmronligi ostida tinch yashaydi», deb kayd etgan.
Temuriylar davrida ulkan saltanatda yullar ancha yaxshi xolatda saklangan. Yulning xar bir kunlik masofasida karvonsaroylar bulib, ularda savdogarlarni yarog osgan otlik kurikchilar otryadi kutib olar, ular savdogarlarni keyingi dam olish joyiga kuzatib kuyishga shay turishar edi.
«Ofisi» uzoq vaqt Sultoniyada bulgan vatikanlik arxiepiskop Ioann Amir Temur tomonidan savdogarlarga berilgan imtiyozlarni kayd kiladi: «Temur xorijiy savdogarlarga berilgan imtiyozlarni kayd kiladi: «Temur xorijiy savdogarlarga xayrixoxlik bilan munosabatda bular va butun saltanatida ularga qulay sharoitlar va xavfsizlikni yaratib bergan... Agar unga qarashli yerlarda kaysidir savdogarni tunashsa, usha yerning xukmdori savdogarga yukotgan narsasini ikki baravar qilib kaytarib berar, bundan tashqari ushbu summani Temurga besh baravar miqdorda tulardi».
Akademik B.Axmedov bu davrda fiskal tizimi, shu jumladan karvonlarni kuriklash xam zimmasiga kiradigan bojxona puxta ishlaganligini kayd kilar ekan, quyidagi misolni keltiradi. Bu vokea Boburning otasi temuriyzoda Umarshayx Andijonda xukmronlik kilgan davrda yuz beradi. Besh yuz kishilik ot-ulovli katta karvon kup yuk bilan Xitoydan kaytar edi. Togda yulovchilar kor buroniga yulikib, kalin kor ostida kolishadi. Fakat ikki kishi tirik koladi va Andijonga kelib yuz bergan faloqatdan xabar beradi. Umarshayx amri bilan karvon ortgan yuklar kor ostidan kavlab olandi va merosxurlar topilmaguncha ishonchli kuriklanadi. Merosxurlarni esa fakat Andijondan emas, butun Xuroson, Eron va Irokdan izlashga tugri keladi.
Amir Temur davrida, extimoliki undan xam ilgarirok ayrim boj imtiyozlari mavjud bulgan. Masalan, «kizil mol» bojdan ozod qilingan edi. Bunday tovarlar ularga ilova qilingan xujjatlar, ya‘ni roxnomalar oddiy muxr bilan emas, balki shoxona kizil muxr bilan tasdiklanganligi bois «kizil mol» deb atalgan. Bu esa mollar xukmdorga in‘om qilishga muljallanganligini anglatardi. Usha davr qoidalariga kura, sovgalardan boj undirilmagan.
Albatta, tuzuklarni buzish xam bulib turardi. Masalan, ayrim savdogarlar roxnomadan foydalanib «kizil yorlik»da kursatilgan moldan boshqa mollarga xam boj tulamaslikka urinishar edi.
Ayrim xollarda karokchilar uzlarini boj yiguvchi qilib kursatishar edi. Bundan tashqari, Amir Temur saltanati parchalanib ketgandan keyin mayda davlatlarning xukmdorlari yoki ularga buysunuvchilar yuz yillab amal kilgan boj qoidalariga xilof ish to’tishar edi. 1621 yilda savdogarlar bilan safardosh bulgan moskvalik elchi Ivan Xoxlovning esdaliklarida kayd qilinishicha, daryo buyida savdogarlarni 60 chogli bojxonachilar tuxtatgan va 9 kuy, 2 ta ot, 100 botmon arpa berishni talab qilishgan.
Buxoro xonligi. Tarixchilarning guvoxlik berishicha, Markaziy Osiyoda yerdan xiroj va tanob, tovardan esa zakot undirilgan. Kur‘onga muvofiq, xar bir musulmon mol-mulkning kirkdan bir qismini zakot kilar edi. Zakot shuningdek kelayotgan va ketayotgan xar bir karvondan xam undirilar, shu sababli zakotchilar karvonlar xarakatini sergaklik bilan kuzatib turishardi. Shaxardan utadigan xar qanday savdogar zakot olinadigan saroyga tuxtab o’tishi shart bulgan. Bu yerda uning tovaridan 2,5 foizli yuoj undirilar edi. Bundan tashqari, savdogar xar bir tuya xisobiga yorlik yozilganligi uchun xam xak talagan. Bu yorlik tovar xonlikning qolgan barcha axoli yashaydigan joylaridan erkin o’tishiga kafolat berar edi. Har bir mustaqil mulkda zakot undirilar edi. Amudaryoning janubiy kirgogida deyarli xar bir shaxar boj undirish xuquqini uzida saklab qolgan. Ular zakotni kupincha qonun buyicha emas, balki uz bilganricha belgilashardi. Afgonistonda esa 2,5 foiz emas balki 20 foiz miqdorida zakot undirilgan.