Bojxona munosabatlarida qo’llaniladigan asosiy atamalar va tushunchalar



Download 17,53 Kb.
bet1/3
Sana18.11.2022
Hajmi17,53 Kb.
#867712
  1   2   3
Bog'liq
Bojxona munosabatlarida qo’llaniladigan asos


Aim.Uz

Bojxona munosabatlarida qo’llaniladigan asosiy

atamalar va tushunchalar

Bojxona ishiga, uning mazmuni va tuzilmasiga umumiy ta’rif berish munosabati bilan ushbu sohada eng ko’p qo’llaniladigan ayrim atamalar va kategoriyalarga qisqacha to’xtalib o’tish zarur. Bular quyidagi tushunchalar: bojxona; bojxona organlari; bojxona organlari tizimi; bojxona xizmati; bojxona hududi; bojxona chegarasi.



Bojxona tushunchasi turk xalqlarining «tamg’a» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, xonning moli, mol -mulkiga qo’yiladigan belgi, tamg’a, muhrni anglatgan. Keyinroq xonning yorliqlari yig’im olingandan keyin berila boshlangan va u «tamg’a» deb atalgan. U mohiyatan bozorlar va yarmarkalarda savdo qilishda undiriladigan boj edi. «Tamg’a» so’zidan boj olingan tovarga «tamg’a bosish» («tamjit») fe’li kelib chiqqan. Muhr bosgan odam bojxonachi, muhrdor, muhr bosilgan joy esa bojxona (tamojnya) deb atala boshlangan.

Bojxona hozirgi tushunchada davlatning bojxona siyosatining amalga oshchrilishi va bojxona huquqi qo’llanilishi uchun mas’ul bo’lgan hukumat xizmatini anglatadi.


Bojxona organlari - bevosita bojxona ishini amalga oshiradigan ijro etuvchi xokimiyatning huquqni muhofaza qilish organlaridir.
Bojxona organlari tizimi deganda faqat bojxona ishining moddiy komponentini

  • davlatning bojxona siyosatini amalga oshiruvchi ijroya va farmoyish beruvchi organlarini tushunmoq kerak. Shuni ta’kidlash zarurki, qat’iy subordinatsiya mavjudligi, ma’muriy bo’ysunishning ierarxik munosabatlari boshqaruv istalgan tizimining muhim belgisi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan garchi o’z faoliyati davomida ayrim bojxona masalalarini hal etish bilan shug’ullanuvchi, biroq markaziy yoki mahalliy bojxona organlari bo’ysunuvida bo’lmagan bir qancha davlat va tijorat tuzilmalarini, muassasalar va tashkilotlarni bojxona organlari tizimiga kiritish mumkin emas.

Bojxona xizmati atamasi so’zining keng va tor ma’nosida qo’llanlishi mumkin. Keng ma’noda bojxona organlari jami: bojxona vazifalari amalga oshirilishida bevosita qatnashuvchi bo’g’inlar va tuzilmalar, shuningdek bojxona organlariga xizmatga qabul qilish va davlat xizmatini o’tash tartibi va huquqiy shartlari tushuniladi. Ikkinchi holatda bojxona xizmati deganda faqat davlat xizmati turi: bojxona organlarida, boshqa bo’g’inlarda (bojxona laboratoriyalari, markazlari, bojxona ixtisosidagi o’quv muassasalari va boshqa muassasalarda) davlat xizmatini o’tash tartibi va shartlari tushuniladi.

Bojxona kodeksiga (3-modda) muvofiq, O’zbekiston Respublikasining quriqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlar hamda ular ustidagi havo bo’shlig’i bojxona hududini tashkil etadi.


O’zbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar bo’lishi mumkin, ularning hududlari, agar qonun xujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.

O’zbekiston Respublikasi bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin omborlarning tegralari O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi.


Bojxona tizimi - davlatning bojxona siyosati amalga oshirilishini ta’minlovchi davlat tuzilmalari va boshqa tuzilmalarnigina emas, balki ular faoliyatining amaliy shakllarini ham nazarda tutuchi eng umumiy va jamlovchi tushunchadir.
Bojxona ishida quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

Download 17,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish