Yevropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanishi bosqichlari Yevropa valyuta tizimi – bu mintaqaviy valyuta tizimi bo‘lib, Yevropa iqtisodiy integrasiyasi doirasida milliy valyutalar harakati bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar majmuasini o‘zida ifodalaydi. Yevropa valyuta tizimi zamonaviy jahon valyuta tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U uchta asosiy elementni o‘z ichiga oladi:
EKYu (Yeuropean currency unit) standarti. EKYu – shartli jamoaviy valyuta bo‘lib, Yevropa ittifoqiga kiruvchi, Yevropaning etakchi mamlakatlarining 12 ta valyutasiga asoslanadi. Har bir valyutaning savatdagi og‘irligi a’zo davlatning Yevropa ittifoqi YAMMda va ittifoq ichidagi eksportdagi ulushiga bog‘liq holda aniqlanadi.
Birgalikda suzuvchi valyuta kursi, mazkur kursni ±2,25% chegarada tebranishi belgilangan edi, 1993 yilda valyuta muammolarining kuchayishi bilan bog‘liq holda tebranish doirasi ±15% gacha kengaytirildi (“Yevropa valyuta iloni”).
1989 yilda J. Delor (Yevropa ittifoqi komissiyasi raisi) tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etish dasturi Gʻarbiy Yevropa integrasiyasi rivojidagi keskin burilish bosqichi bo‘ldi.
“Delor rejasi” doirasida quyidagi maqsadlar ko‘zda tutilgan edi:
umumiy bozorni tashkil etish, bozor mexanizmini takomillashtirish maqsadida raqobatni rag‘batlantirish;
qoloq hududlarni tarkibiy jihatdan birxillashtirish;
inflyasiyani jilovlash, narxlar darajasi va iqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirish, davlat byudjeti kamomadini cheklash hamda ushbu kamomadni qoplash usullarini takomillashtirish maqsadida byudjet-soliq siyosatlarini muvofiqlashtirish;
pul-kredit va valyuta siyosatlarini muvofiqlashtirish uchun muayyan organni tashkil etish;
yagona valyuta siyosati, qat’iy belgilangan valyuta kurslari va jamoaviy valyuta - EKYuni joriy etish.
1991 yildan Yevropa valyuta tizimida “Delor rejasi” asosida valyuta-iqtisodiy ittifoqni bosqichma-bosqich shakllantirishni nazarda tutuvchi Maastrix shartnomasi ishlab chiqildi va mazkur shartnoma doirasida 1999 yil 1 yanvardan yagona Yevropa valyutasini joriy etishga mo‘ljallangan islohotlar amalga oshirildi.
Yevropa valyuta tizimiga kirish uchun dastlabki qadamlarni tashlashga Germaniya, Fransiya va Belgiya tayyor bo‘lib ularning imkoniyatlari yuqori baholandi. Birmuncha past salohiyat bilan Avstriya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Finlandiya, Irlandiya o‘rin egalladi, Shveytsariya va Daniya esa ularga ergashdi. Valyuta ittifoqiga Buyuk Britaniyaning qo‘shilishi dolzarb masala bo‘ldi.
Valyuta ittifoqini shakllantirish va yagona valyutani joriy etish bo‘yicha reja ishlab chiqildi. Birinchi bosqich 1998 yildan Markaziy bankni (Frankfurt-na-Mayne) tashkil etishdan boshlandi. Yevropa Markaziy bankiga quyidagi funksiyalar biriktirildi:
to‘lov hisob-kitob tizimi ustidan nazorat olib borish;
yevrohududda pul emissiyasini tashkil qilish.
Yevrokengash “yevro hudud”ga kiruvchi mamlakatlarni aniqladi. Tanlash mezonlari sifatida quyidagilar o‘rnatildi:
Inflyasiya sur’ati Yevropa Ittifoqining uchta narxlar darajasi eng barqaror
mamlakatlarning o‘rtacha inflyasiya darajasidan 1,5 foiz punktiga oshmasligi kerak.
Davlat byudjeti taqchilligi YAIMning 3% dan oshmasligi kerak.
Davlat qarzi YAIMning 60% dan oshmasligi lozim;
Milliy valyutaning almashinuv kursi ikki yil mobaynida Yevropa valyuta tizimida amaldagi (±15%) tebranish chegarasidan chiqib ketmagan bo‘lishi lozim.
Ikkinchi bosqich 1999 yil 1 yanvardan boshlandi. “Yevro hudud”ga kirgan mamlakatlar milliy valyutalarining almashinuv kurslari yevroga nisbatan qa’tiy belgilandi, yevro naqdsiz shaklda EKYuni birga bir nisbatda almashtirish asosida kiritildi.
Uchinchi bosqich 2002 yil 1 yanvardan boshlandi. Yagona namunada turli nominasiyalarda yevro banknot va tangalarining muomalasi amalga oshirildi, ular a’zo-mamlakatlarning milliy valyutalari bilan parallel muomalada bo‘ldi hamda asta-sekinlik bilan milliy pul birliklarini almashtirish sodir bo‘ldi.
To‘rtinchi bosqichda, 2002 yil 1 iyuldan. Ishtirokchi mamlakatlarning milliy valyutalari butunlay o‘zlarining pul funksiyasini yo‘qotdi.
Ikkinchi tomondan nisbatan barqaror moliya bozori tashkil etildi. Oldingi holatga nisbatan yevrohududda yagona valyutani kiritilishi likvidlikni oshiradi hamda raqobatni kuchaytirib, tovarlarni Yevropa Ittifoqi doirasida taqsimlanishi yengillashtirdi. Shuningdek, hududda moliyaviy operasiyalar bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirdi.
Valyuta munosabatlari nisbatan mustaqil munosabatlar bo’lgan holda tulov balansi, valyuta kursi, hisob-kitob operasiyalari orqali jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Valyuta munosabatlarining asosiy ishtirokchilari sifatida xalqaro moliyaviy tashkilotlar, mamlakatlar, mamlakatlarning rezident va nerezident shaxslari maydonga chiqadi.
Rezident shaxs - muayyan davlat hududida yashayotgan va shu davlat fuqarosi bo`lgan hamda mazkur davlat hududida faoliyat ko`rsatayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Norezident shaxs — muayyan davlat hududida yashab faoliyat ko`rsatayotgan, biroq shu davlat fuqarosi bo’lmagan yuridik yoki jismoniy shaxs. Masalan, elchixonalar, vakolatxonalar, chet el firma va korxonalarning bo’linmalari shular jumlasidandir.
Xalqaro valyuta munosabatlarini yuzaga keltiruvchi asoslar quyidagilardir:
- tovarlar eksporti va importining mavjudligi;
- xizmatlar eksporti va importining mavjudligi;
- xalqaro kreditlarning jahon aylanmasidagi harakati;
- kapitallarning jahon aylanmasidagi harakati;
- notijorat to`lovlarning mavjudligi (xorijiy davlatlarda savdo va diplomagik vakolatxonalarni ochish va saqlash, xorijiy davlatlarning xududida harbiy qismlarni saqlash, turizm, sport, madaniy tadbirlar bilan bog’liq bo’lgan xorijiy valyutadagi to’lovlar).
Valyuta tizimi deb, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat-huquqiy shakliga aytiladi. Valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat shakli deyilishiga sabab shuki, milliy valyuta tizimi har bir mamlakatda davlat tomonidan tashkil etiladi va tartibga solinadi. Jahon valyuta tizimi esa, davlatlararo kelishuvlarga asosan tashkil topadi. Valyuta munosabatlarini tashkil qilishning huquqiy shakli deyilishining boisi shundaki, valyuta tizimi bo’yicha qabul qilingan qonunlar, xalqaro qoidalar va boshqa me’yoriy hujjatlarning talablarini bajarish xalqaro munosabatlarning barcha sub’yektlari uchun majburiydir. Masalan, Lmaykada qabul qilingan to’rtinchi jahon valyuta tizimining talabiga asosan, oltindan davlatlar o’rtasida to’lov vositasi sifatida fovdalanish taqiqlandi.
Valyuta tizimining uch asosiy turi mavjud:
1. Milliy valyuta tizimi.
2. Mintakaviy valyuta tizimi
3. Jahon valyuta tizimi.
Milliy valyuta tizimi — bir mamlakat hududida xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning davlat-huquqiy shakli. Milliy valyuta tizimi mintaqaviy va jahon valyuta tizimlarining yuzaga kelishi uchun asos vazifasini o’taydi. Milliy valyuta tizimining rivojlanganligi mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi.
Mintaqaviy valyuta tizimi ma’lum bir mintaqada joylashgan davlatlarning hukumatlari o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan shakllanadi. Lekin shuni alohida ta’kidlash joizki, mintaqaviy valyuta tizimi bilan jahon valyuta tizimi o’rtasidagi chegarani aniqlash juda mushkul. Buning sababi shundaki, ayrim mintaqaviy valyuta tizimlari allaqachon jahon valyuta tizimi talablari darajasida faoliyat ko’rsatmoqda.
Jahon valyuta tizimi - bu davlatlar o’rtasidagi xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil topishning davlat-huquqiy shakli bo’lib, davlatlararo kelishuvlar asosida yuzaga keladi.
Milliy valyuta tizimi quyidagi elementlardan tashkil topadi:
- milliy valyuta;
- milliy valyutaning almashinish sharti;
- milliy valyutaning parigeti;
- milliy valyuta kursining rejimi;
- mamlakatda. valyutaviy cheklashlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi:
- mamlakatning xalqaro valyutaviy likvidliligini milliy miqyosda
tartibga solish;
- xalqaro kredit muomala vositalaridan foydalanish tartibini
belgilash;
- mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini amalga oshirish tartibini
belgilash;
- milliy valyuta bozori va oltin bozorining rejimi.