Reja: kirish bob valyuta siyosati tushunchasi va uning xalqaro



Download 58,27 Kb.
bet1/7
Sana10.06.2022
Hajmi58,27 Kb.
#651575
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
курс иши Гулжахон


Reja:


KIRISH


BOB 1. VALYUTA SIYOSATI TUSHUNCHASI VA UNING XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLARDAGI MAZMUNI
1.1. Valyuta siyosatining mohiyati va xususiyatlari
1.2. Yevropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanishi bosqichlari
1.3. Valyuta siyosatining asosiy usullari va instrumentlari


BOB 2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING VALYUTA SIYOSATI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH
2.1. O‘zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish bosqichlari
2.2 So‘mning konvertasiyasi va uning valyuta siyosatiga ta’siri
2.3. O‘zbekiston Respublikasi valyuta siyosatining hozirgi holati va taraqqiyot istiqbollari


XULOSA VA TAKLIFLAR


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Internet saytlar

Kirish
Iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o‘ynaydi. U iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlash, ishsizlikning oldini olish va inflatsiyani jilovlash, to‘lov balansining aktivligini saqlab turishda makroiqtisodiy siyosatning muhim va ajramas qismi hisoblanadi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Xorijiy sarmoyalar ishtirokida yangidan-yangi qo‘shma korxonalar vujudga kelib tashqi iqtisodiy faoliyatga qo‘shilmoqda.
Tabiiyki, mazkur tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtrokchilari xorijiy sheriklari oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun xorijiy valyutani sotish yoki sotib olishga kuchli ehtiyoj sezmoqdalar. Mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va tashqi iqtisodiy faoliyat shakllanishida asosiy o‘rinda turuvchi valyuta qonunchiligi doimo davomiy rivojlanish va takomillashishda bo‘lmog‘i lozim. Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Birjadan tashqari bozorni kengaytirish va rivojlantirish, tijorat banklarning roli va mas’uliyatini oshirish hisobidan, milliy valyutamizni erkin muomaladagi valyutaga to‘liq almashtirish (konvertasiya qilish) masalasini yechish vaqti keldi. Bu tadbir mamlakatimizga kirib kelayotgan investisiyalar hajmini oshirish garovi vakolatidir”. Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish, tashqi iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirish yo‘lida yurtboshimiz buyruqlari va hukumatimiz qarorlari bosqichma-bosqich qabul qilindi. Valyuta bozorini erkinlashtirish uchun Xalqaro Valyuta Fondi Bitimi VIII moddasiga muvofiq joriy valyuta operasiyalari bo‘yicha konvertasiya yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekistonda 2017-yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan valyuta siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarini o‘zida ifoda etgan "Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga 
joylashtirildi.
Hujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlar qilib belgilangan:

  • Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag‘batlantirish yondashuviga o‘zgartirish, bunda xususiy aktivlarni o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta’minlash va qulay investision iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko‘zda tutish;

  • Respublikaning eksport salohiyatini rag‘batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;

  • Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operasiyalarini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korxona yoki sohalarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash;

  • Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o‘rnatish;

  • Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi qonunchilik normalarining o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Quyidagilar bilan mos keluvchi tartiblarning o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda:

  • O‘zbekiston hududida sotilayotgan (ko‘rsatilayotgan) tovarlar va xizmatlar narxlari, jamiyatlar ustav kapitaliga eng kam talablar faqatgina milliy valyutada belgilanishi lozim;

  • O‘zbekiston hududida tovar va xizmatlar uchun xorijiy valyutada to‘lovlarni amalga oshirish to‘lov kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish istisno qilingan holda qat’iyan taqiqlanadi;

  • O‘zbekiston hududida davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar faqatgina milliy valyutada qabul qilinadi, bunda O‘zbekiston norezidentlaridan erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar hududlarida olinadigan bojxona yig‘imlari istisno etiladi.


Download 58,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish