BOB 1. VALYUTA SIYOSATI TUSHUNCHASI VA UNING XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLARDAGI MAZMUNI 1.1. Valyutasiyosatiningmohiyativaxususiyatlari 1.2. Yevropa valyuta tizimining asosiy elementlari va rivojlanishi bosqichlari 1.3. Valyuta siyosatining asosiy usullari va instrumentlari
BOB 2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING VALYUTA SIYOSATI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH 2.1. O‘zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish bosqichlari 2.2 So‘mning konvertasiyasi va uning valyuta siyosatiga ta’siri 2.3. O‘zbekiston Respublikasi valyuta siyosatining hozirgi holati va taraqqiyot istiqbollari
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Internet saytlar
Kirish Iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o‘ynaydi. U iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlash, ishsizlikning oldini olish va inflatsiyani jilovlash, to‘lov balansining aktivligini saqlab turishda makroiqtisodiy siyosatning muhim va ajramas qismi hisoblanadi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Xorijiy sarmoyalar ishtirokida yangidan-yangi qo‘shma korxonalar vujudga kelib tashqi iqtisodiy faoliyatga qo‘shilmoqda.
Tabiiyki, mazkur tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtrokchilari xorijiy sheriklari oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun xorijiy valyutani sotish yoki sotib olishga kuchli ehtiyoj sezmoqdalar. Mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va tashqi iqtisodiy faoliyat shakllanishida asosiy o‘rinda turuvchi valyuta qonunchiligi doimo davomiy rivojlanish va takomillashishda bo‘lmog‘i lozim. Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “Birjadan tashqari bozorni kengaytirish va rivojlantirish, tijorat banklarning roli va mas’uliyatini oshirish hisobidan, milliy valyutamizni erkin muomaladagi valyutaga to‘liq almashtirish (konvertasiya qilish) masalasini yechish vaqti keldi. Bu tadbir mamlakatimizga kirib kelayotgan investisiyalar hajmini oshirish garovi vakolatidir”. Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish, tashqi iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirish yo‘lida yurtboshimiz buyruqlari va hukumatimiz qarorlari bosqichma-bosqich qabul qilindi. Valyuta bozorini erkinlashtirish uchun Xalqaro Valyuta Fondi Bitimi VIII moddasiga muvofiq joriy valyuta operasiyalari bo‘yicha konvertasiya yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekistonda 2017-yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan valyuta siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarini o‘zida ifoda etgan "Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga
joylashtirildi.
Hujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlar qilib belgilangan:
Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag‘batlantirish yondashuviga o‘zgartirish, bunda xususiy aktivlarni o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta’minlash va qulay investision iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko‘zda tutish;
Respublikaning eksport salohiyatini rag‘batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;
Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operasiyalarini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korxona yoki sohalarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash;
Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o‘rnatish;
Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi qonunchilik normalarining o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Quyidagilar bilan mos keluvchi tartiblarning o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda:
O‘zbekiston hududida sotilayotgan (ko‘rsatilayotgan) tovarlar va xizmatlar narxlari, jamiyatlar ustav kapitaliga eng kam talablar faqatgina milliy valyutada belgilanishi lozim;
O‘zbekiston hududida tovar va xizmatlar uchun xorijiy valyutada to‘lovlarni amalga oshirish to‘lov kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish istisno qilingan holda qat’iyan taqiqlanadi;
O‘zbekiston hududida davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar faqatgina milliy valyutada qabul qilinadi, bunda O‘zbekiston norezidentlaridan erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar hududlarida olinadigan bojxona yig‘imlari istisno etiladi.