Reja: Kirish Asosiy qism


Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari



Download 2,11 Mb.
bet14/19
Sana04.08.2021
Hajmi2,11 Mb.
#138362
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Nuriddin Aka KURS ISHI

Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarish tamoyillari



Кorxona foydalanadigan ko‘plab resurslar miqdori, ya’ni inson mehnati, xomashyo, yonilg‘i va energiya sarflari o‘zgarishi tovar hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladi. Boshqa resurslar miqdorini o‘zgartirish orqali tovar hajmining o‘zgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, og‘ir

sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlarini ancha uzoq vaqt oralig‘ida kengay- tirib mahsulot chiqarish hajmini ko‘paytirish mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan

pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi.

Кorxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa davrda faqat o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo‘lib qoladi hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

Boshqacha aytganda qisqa davr oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari o‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xomashyo va boshqa resurslar miqdorini ko‘paytirish orqali ortishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligi oshiriladi.

Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo‘lgan resurslari miqdorini ko‘paytirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir.



Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quv- vatlarining ko‘payishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. Masalan, yengil sanoat tar-

mog‘ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qo‘shimcha tikuv mashinasi o‘rnatish bilan o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirishi mum- kin. Og‘ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tu-

shirish uchun bir necha yil talab qilinadi.

Demak, qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy (qayd qilingan) quvvatlariga o‘zgaruvchi resurslar miqdorini qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishi mumkin. Bu yerda shunday savol tug‘iladi: korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) ko‘proq va yanada ko‘proq miqdorda o‘zgaruvchi resurslarni qo‘shib borish yo‘li bilan ishlab chiqarish hajmi qaysi “nuqta” gacha ortib boradi?

Bu savolga javobni eng umumiy holda samaraning kamayib borishi qonuni beradi. Bu qonunga binoan, ma’lum davrdan boshlab; korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o‘zgaruvchi resurslar birligini ketma-ket qo‘shib borish, har bir keyingi o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shimcha mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni ko‘payib borsa, ishlab chiqarishga ko‘proq ishchini jalb qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmini o‘sishi tobora sekinlik bilan ro‘y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan yer doimiy miqdoriga ega bo‘lib, unda don yetishtiradi. Agar fermer ekinga ishlov bermasa, bir gektar yerdan 40 sentner hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo‘- shimcha bir marta ishlov berilsa, hosil 50 ts.ga ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosilni 57 ts. ga, uchinchisi - 61 ts.ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 ts.gacha oshiradi. Ekinga keyingi ishlov berishlar faqat juda kam yoki nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi.

Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, samaraning kamayib borish qonuni, o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi sifat jihatdan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni har bir qo‘shimcha jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi.

Demak, qo‘shimcha mahsulot, keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo‘lgani uchun emas, balki kapital (fondlar) ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi.

Qulay iqtisodiy muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy xarajatlarida qanday o‘zgarish ro‘y beradi? Dastlab qandaydir vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga boradi. Ammo oxiri oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga tushirish o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hol- larni samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foyda- lanadigan resurslardan bittasi miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Shu sababli, uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin.

Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi; 3) kapi- taldan samarali foydalanish; 4) ikkilamchi mahsulotlar ishlab chiqarish.

Кorxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan qo‘lla- niladigan mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoniyati ortib boradi. Ishlab chiqarish jarayonida besh yoki oltita operatsiyani bajarish o‘rniga, endi har bir ishchi bitta yagona vazifani oladi. Bitta vazifani bajarish imkoniyatini oshirish esa, ishchining mehnat unumdorligini o‘stiradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.

Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisos- lashuv tufayli boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi.

Кorxonaning iqtisodiy ahvoli u ishlab chiqarayotgan tovar- larning narxiga bog‘liq bo‘ladi. Agar narx o‘rtacha iqtisodiy xara- jatlarini qoplasa, bunda iqtisodiy foyda nolga teng bo‘ladi. Agar o‘rtacha iqtisodiy xarajatlar mahsulot narxidan past bo‘lsa, korxona qo‘shimcha iqtisodiy foyda oladi. Bunda ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.




Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish