Og’zaki hisoblashni tashkil qilish va o’tkazish.
O’quvchilarni matematik tafakkur qilish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish degand, biz ularni bilimlarni olishi va uni tatbiq etish jarayonida mustaqil va amaliy faoliyatni kuchaytirish
asosida har tomonlama taraqqiy qilishni tushunamiz va uning mazmuni quyidagilardan iborat bo’ladi .
a) yangi bilimlarni o’zlashtirishda va ularni amalda qo’llashni fikrni
mustaqil ravishda ishlatish .
b) bilib olish faoliyatini rivojlantirish (ya’ni matematik tadqiqot metodlarini
va ularning yangi masalalar yechishga tatbiq qilish malakalarini shakllantirish) .
O’n ichida qo’shish bilan o’quvchilarni tanishtirishda 2 usuldan foydalanish mumkin . Berilgan sonni biror songa qo’shish uchun bu sondan berilgan son qadar uzoqda turgan sonni topishga keltiriladi . Masalan: 2 ga 3 ni qo’shishni birinchi usulda bajarish uchun o’quvchi 2 ta sanoq cho’piga yana 3 ta sanoq qo’shib qo’yadi va ularning hammasi nechta bo’lganini sanaydi : 1, 2, 3, 4, 5-jami 5.
Ikkinchi usuldan o’quvchi 1, 2 deb sanagan yana 3,4,5 deb ketma-ket 3 marta sanaydi va 5 sonida to’xtaydi . Bunda o’quvchi barmoqlarini bukib turishi kerak .
Ayirishda esa 3 xil bo’lishi mumkin . Birinchi usulda 5 sanoq cho’pini olib undan 3 tasini olib tashlaydi , qolgani ayirma bo’ladi . Ikkinchi usulda 5 sonidan keyin 3 marta teskari sanaydi: to’rt , uch , ikki yoki 4, 3, 2 . Qaysi sonda to’xtasa ayirma shu bo’ladi . Bunda esa bukilgan barmoqlarini ochishdan foydalanilsa , ochilmay qolgan barmoq soni ayirma bo’ladi . Va nihoyat, o’quvchi ayirmani 5 ni 3 va 2 sonlari yig’indisi deb faraz qilib 3+2 undan 3 ni olinsa 2 qolishni aniq tassavur qila oladi . Shunday usullar bilan birinchi o’nlikda qo’shish va ayirish avtomat holda bajarish holiga keltiriladi va barcha hisoblashlarni og’zaki bajariladigan holga olib kelinadi .
b) 100 ichida og’zaki qo’shish va ayirishga o’rgatish metodikasi .
Avvalo, o’quvchilar turli ko’rgazmali vositalarni qo’llanib qo’shish va ayirishning ba’zi umumiy xossalarini tushunib olishlariga zamin yaratadi.
Sonni yig’indiga qo’shish , yig’indiga sonni qo’shish , yig’indini ayirish yig’indini sondan ayirish qoidalarini keyin bu qoidalar hisoblash usullarida qo’llaniladi .
Sonni yig’indiga qo’shish .
1. 65+3=(60+5)+3=60+(5+3)=68
2. 65+30=(60+5)+30=(60+30)+5=95
Birinchi sonning xona birliklari bilan yig’indisi shaklida yozdik va sonni
eng qulay usulda qo’shdik.
Sonni yig’indidan ayirish
1. 48-3=(40+8)-3=40+(8-3)=45
2. 48-30=(40+8)-30=(40-30)+8=15
Kamayuvchining xona birliklari yig’indisi shaklida yozdik va undan
sondan qulay usulda ayirdik .
Yig’indini songa qo’shish .
1. 20+14=20+(10+4)=(20+10)+4=34
2. 36+12=36+(10+2)=(36+10)+2=48
3. 9+5=9+(1+4)=(9+1)+4=14
4. 48+6=48+(2+4)=(48+2)+4=54
5. 37+25=37+(20+5)=(37+20)+5=62
Bu yerda ikkinchi qo’shiluvchini xona birliklari shaklida yoki qulay qo’shiluvchilar yig’indisi shaklida yozildi.
Yig’indini sondan ayirish .
1. 40-16=(40-(10+6))=(40-10)-6=24
2. 37-15=37-(10+5)=(37-10)-5=22
3. 12-5=12-(2+3)=(12-2)-3=7
4. 32-15=32-(10+5)=(32-10)-5=17
Bu yerda ayriluvchini xona birliklari yig’indisi shaklida yoki qulay qo’shiluvchilar yig’indisi shaklida yozildi. Ixtiyoriy uchta sonni qo’shish uchun avval birinchi ikkitasini qo’shib, keyin topilgan songa uchinchi sonni qo’shish yoki birinchi songa keyingi ikkita son yig’indisini qo’shish mumkinligi ko’rsatiladi.
1. 14+3=10+4+3=10+7=17
11+8=10+1+8=+10+9=19
Mashq . 9+4=9+1+3=10+3=13
8+7=8+2+5=10+5=15
6+5=6+4+1=10+1=11
v) 10 ichida ko’paytirish va bo’lishga o’rgatish metodikasi.
1. Ikki xonali sonni bir xonali songa ko’paytirishni 12·3 misolida tushuntirish mumkin .
12 va 3 sonlarini ko’paytirish –bu 12 soni 3 marta qo’shiluvchi qilib olishdir . 12+12+12. Lekin 12=10+2, 12+12+12 ifodani unga teng 10+2+10+2+10+2 ifodaga almashtiramiz , keyin yig’imdisini o’rin almashtirish va guruhlash xossalaridan foydalanib yig’indini ko’paytma bilan almashtiramiz .
(10+10+10)+(2+2+2) =10•3+2•3=30+6=36
10•3+2•3 kabi murakkab yozuvlarda avval ko’paytirishlar , so’ng qo’shish ko’paytirishlar bajarilishini o’quvchilarga tushuntirib berish kerak .
Do'stlaringiz bilan baham: |