Reja: Kirish: Asosiy qism


Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyoti



Download 339,34 Kb.
bet2/3
Sana03.07.2022
Hajmi339,34 Kb.
#735414
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Qoraqalpog\'iston

Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyoti.

Hozirgi kunda O‘zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog‘istonga berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so‘mni, yoki butun Qoraqalpog‘iston byudjeti xarajatlarining 7-5 %ni tashkil etmoqda. O‘zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo‘lida mehnat kilishga sharoit yaratildi.
Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida nodavlat sektorning xissasi oshib bordi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdoda nodavlat sektori xissasi 80-90 %ni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo‘nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida xam jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Agrosanoat banki va sanoat-qurilish banki ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. “Tadbirkorbank”, “Asakabank”, “Aloqabank”, “Sabzavotbank”, “Zaminbank”, “Turanbank”, “Savdogarbank”, “G‘allabank” kabilarning Qoraqalpog‘iston bo‘limlari tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston tarixida birinchi marta Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. Qoraqalpog‘istonda ulgurji va birja savdosi bilan Shug‘ullanuvchi xissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqligini ta’minlash choralari ko‘rildi.
Qoraqalpog‘istonda 51 ta mayda ulgurji tizim, Shu jumladan 4 ta savdo uyi, 35 ta mayda ulgurji savdo do‘konlari va omborlar, 32 ta ko‘tara savdo bazasi xamda O‘zbekiston tovar xomashyo birjasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi, 19 ta supermarket do‘konlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 1999-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy xajmi 650 million so‘mni tashkil etdi. Uning 20% respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50% esa tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. Shu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so‘m kredit ajratdi. 2000 -yilga kelib 2932 ta sanoat korxonasi xususiylashtirildi. Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 2000-yilga kelib respublika fond birjalari filiallarida 958 million so‘mlik aksiyalar sotildi. Respublikada 7807 - ta kichik va o‘rta ishbilarmon korxonalari, 8977 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olindi. 1996-yil yakunlariga ko‘ra ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi 10 mlrd 355,7 mln so‘mni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90% ga o‘sdi. Respublikada 1996-yilda amaldagi narxlarda 10 mlrd 7 54,4 mln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chikarildi.1991-2010 -yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar yog‘i, kalsiylashtirilgan soda, vermikulit konsentrati, talkomagnezit, glitserrizin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko‘paydi. Yigma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, uzum vinosi, salqin ichimliklar, osh tuzi ishlab chiqarish sohalari o‘sdi. Sanoatda bir qator ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995-yilda Xo‘jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. 1996-yilda Qo‘ng‘irotda “Urga” gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini gaz bilan ta’minlash darajasi 83% ga etdi. “Qoraqalpoqqurilish” aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan ta’minlangan, yiliga 60 ming kv.m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi mramor sexi ochildi. “Nukusun” zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi. Yengil sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993-yili Nukusda “Kateks” to‘qimachilik majmuasi, 1995-yili Ellikqal’a tumanida “Elteks” to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 mln shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikkal’a tumanida esa Shunday quvvatga ega konserva sexi foydalanishga topshirildi. 1995-yilda Qo‘ng‘irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona 600 mln dollarga qiymatga ega yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yo‘l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko‘zda tutilgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy o‘simliklarning yangi navlarini sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir. 2016-yilda bu yo‘nalishda uchta yangi korxona tashkil etilib, to‘rttasi modernizatsiya qilinadi. 2000 -yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘laydigan ulkan ko‘prik, 2001-yilda 345 kilometrlik Nukus-Sultonuvaystog‘- Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy temir yo‘li ishga tushirildi. Yuzlab kilometr avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi. Bu ravon yo‘llarning uzunligi 4 ming 100 kilometrdan oshib ketdi. Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Yer osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan “Jel”, “G‘arbiy Orol” kabi istiqbolli konlar ochildi. “Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini amalga oshirishni kuchaytirish” dasturiishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Ustyurt kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasining sa’y-harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan “Tillali”, “Sayxun”, “In’om”, “Arslon” singari yangi konlar ana Shu ekspeditsiya izlanishlarining samarasidir. Bugun dunyo xalqlarining e’tiborini tortayotgan, havasli, hayratli nigohlariga sabab bo‘layotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan bepoyon dashtda ulkan ishlab chiqarish quvvati qad rostladi. Korxona jahonning nufuzli nashrlari tomonidan 2012-yilning eng yaxshi loyihasi, deb topildi. 2014-yili nufuzli “Infrastructure Journal” xalqaro nashri mazkur loyiha qurilishini “2014-yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi”, deb e’lon qildi. Umumiy qiymati 4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bu mashhur loyiha amalga oshirilishi mamlakatimiz sanoati rivojini yangi bosqichga ko‘tarishi `shubhasiz. Hozir bu yerda yiliga 4,5 milliard kub metr gaz qayta ishlanmoqda. Buning samarasida xalqimiz ehtiyoji va eksport uchun 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Qoraqolpog‘istonda 1991-2000-yillar orasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144 ta sanoat korxonasidan 113 tasi mulkchilikning turli shakllariga o‘tib ishlay boshladi. Lekin ko‘p sanoat korxonalarining asosiyishlab chiqarish fondlari (dastgohlar, mexanizmlar) holati eskirganligi sezilib qoldi. Ularning eskirish darajasi 35 %dan yuqori edi. Eng avvalo, yigiruv-tikuv fabrikalari, go‘sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etildi.
Qoraqalpog‘istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o‘tish ro‘y berdi. Xususan, 1997-yil 1-yanvar holatiga respublikada 263 ta qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyat ko‘rsatardi. Nodavlat sektorning jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3% ni tashkil etdi. Paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarning xissasi 97 -,8% ni, donchilikda 98,1% ni, kartoshkachilikda 99,7 - % ni, sabzavotchilikda 98,8% ni, polizchilikda 95,1% ni, bog‘dorchilikda 98,5% ni, pillachilikda 100% ni, go‘sht yetishtirishda 98,9% ni, sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4% ni, qoraqul teri va jun yetishtirishda 100% ni tashkil etdi.
Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi sohasida mutlaqo yangi va samarali iqtisodiy munosabatlar joriy etildi. Yer o‘z egasini topdi. Bugun Qoraqalpog‘iston fermerlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berish bilan birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda.
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylarga talabgorlar tobora ko‘paymoqda. Barcha sharoitlarga ega bunday zamonaviy uylarda minglab oilalar baxtli hayot kechirmoqda. Uy to‘ylariga kelin to‘ylari ulanib ketayotir.


  1. Download 339,34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish