Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’naviy-madaniy va ta’lim sohadagi yangilanishlar.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha sohalarda bo‘lganidek madaniy-ma’naviy sohalarda ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Xususan, bu davrda Nukus shahrining 60 va 70 yilligi, To‘rtko‘l shahrining 120 yilligi, Ajiniyoz Kasiboy o‘g‘li va Berdaq Qarg‘aboy o‘g‘lining 170 yilligi, Nukus pedagogika institutining 60 va 70 yilligi, Qoraqalpoq Davlat universitetining 25 - yilligi, Allayor Do‘stnazarovning 100 yilligi, Ernazar Alakozning 200 yilligi, I.Yusupov va T.Kaipbergenovlarning 70 yilligi keng nishonlandi. Qoraqalpoq xalqining atoqli farzandlarini nomini abadiylashtirish maqsadida Nukus pedagogik institutiga Ajiniyoz shoir nomi, Qoraqalpoq universitetiga Berdaq nomi berildi. Berdaq va Ajiniyoz, Ulug‘bek haykallari o‘rnatildi, Berdaq muzeyi, Amet va Aimxon Shamuratovlar muzeyi tashkil etildi.
1994 -yili Qoraqalpog‘istonda “Ma’naviyat, madaniyat va ma’rifat markazi” tashkil etildi. Dastlab markaz raisi sifatida - Ibroxim Yusupov tayinlangan bo‘lsa, hozirda Ulmambet Xo‘janazarov faoliyat olib bormoqda. Shuningdek “Oltin meros”, “Amir Temur”, “Nuroniy”, “Navro‘z” fondlari tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fidoyi farzandlari Allaniyoz Uteniyozov, Agitoy Adilov, Onesya Saitova, Tulepbergen Qaipbergenov, Ibroxim Yusupovlar “O‘zbekiston Qaxramoni” yuksak unvoniga sazovor bo‘ldilar.
1993 -yili respublika Ministrlar Kengashi qoraqalpoq tilidan yangi lotin yozuviga o‘tish hakida qaror qabul qiladi. “Bilim” nashriyotidan 1996-1997 -yillarning o‘zida 65 bosmada darsliklar lotin yozuvi asosida chop etildi. 1993 -yili Nukusda turk-qoraqalpoq litseyi tashkil etildi. 1996-yili respublikada 743 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatdi. Hozir Qoraqalpog‘istonda 6 ta gimnaziya, 13 ta litsey, 19 ta kollej, 18 ta maktab-litsey, 6 ta bank-klass va biznes-maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikadagi 22 ta o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida 11,8 ming o‘quvchi ta’lim olmoqda. 1990 -yili Qoraqalpoq universiteti uchta fakulteti va ikkita bo‘limi asosida Nukus davlat pedagogik instituti qayta tashkil etildi. 1991-yili universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi. Unda talabalar soni 2001-yili 1000 taga yetdi. 1995-yili yana universitetning qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot fakultetlari asosida Toshkent agrar universiteti Nukus filiali, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Nukus filiallari tashkil etildi. 2005 -yili Toshkent informatsion texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi. Beshta oliy o‘quv yurtlarida 9 ming nafar talaba o‘qimoqda.
Yosh avlodning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi, iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘tgan davr mobaynida hududda zamonaviy sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey foydalanishga topshirildi. 2015-yilda 9 ming 7 00 o‘rinli 22 ta zamonaviy maktab binosi barpo etildi. Ayni paytda hududdagi 370 umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda 170 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar zamonaviy bilimlarni o‘rganmoqda.
1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston filiali bo‘lim statusiga ega bo‘ldi. Bo‘lim tarkibida Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Bioekologiya, Orolbo‘yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti tashkil etilib, mustaqillikdan avvalo uchta institut bo‘lsa, endi 6 ta institut tashkil etildi. Bo‘limni akademik S.Kamalovdan keyin akademiklar Ch.Abdirov, T.Eshanovlar boshqardilar. Hozirgi vaqtda bo‘lim raisi bo‘lib professor Nagmet Aimbetov ishlaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tashkil etilib, tarkibiga Shamurat Musaev nomidagi Chimboy dehqonchilik instituti, “Sholi” uyushmasi, Oltinko‘l stansiyasi, molchilik, bog‘chilik, uzumchilik muassasalari kirdi. Qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot sohalari bo‘yicha J.Mambetullaev va B.Mambetnazarov kabi akademiklarimiz mavjud. Bugungi kuni Qoraqalpog‘istonda 65 fan doktori, 600 dan ortiq fan nomzodi faoliyat ko‘rsatmoqda, Shu jumladan 60% fan doktori va 40% fan nomzodlari mustaqillik davrida ilmiy unvonga ega bo‘ldi. Ilgari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylangan S.Kamalov (197 -9), Ch.Abdirovlar (1989 -) qatoriga 1994 -2000 - yillari J.Bazarbaev, A.Baxiev, T.Eshanov, A.Dauletov, H.Hamidov ham qabul qilindilar. 1997 -yili esa ikki nafar rassom J.Izentaev va J.Qulmuratov O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandi. TilShunos olimlar M.Kalenderov, R.Esemuratova, A.Turabaev, K.Dauletbaevlar, faylasuf Po‘lat Seitov O‘zbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi davlat mukofatini oldilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi davlat mukofatini A.Baxiev, R.Reimov, L.Konstantinova, J.Bazarbaev, K.Dauletova, M.Ametov, J.Sapar-niyazov, T.Eshanov, M.Ajibekov, S.Kamalov, K.Allambergenovlar oldilar. Ginekolog Oral Ataniyazova xalqaro “Goldman” nomidagi ekologik mukofatiga sazovor bo‘ladi. Qoraqalpoq davlat universiteti qoshida qoraqalpoq tili va adabiyoti bo‘yicha doktorlik va nomzodlik, UzFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi tarix, arxeologiya va enografiya instituti yonida tarix bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyalarni himoya qiluvchi ixtisoslashgan kengashlar tashkil etilib fan doktorlari va nomzodlari o‘zimizda himoya qiladigan bo‘ldi. Tarix fanidan hozirgacha 51 fan nomzodi himoya qildilar.
1993 -yili yanvarda Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati kunlari, noyabrda esa Qoraqalpog‘istonda Toshkent madaniyati kunlari o‘tkazildi. 1993 -yili Toshkent konservatoriyasida milliy “Ajiniyoz” operasi ijro etildi. 1996-yili qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta “Oyjamol” nomli balet sahnalashtirildi. Kompozitorlardan N.Muxammaddinov, K.Zaretdinov, G.Amaniyazov, Sh.Paxratdinov, T.Esirkepov va boshqalar mustaqillik yillari yaxshi faoliyat ko‘rsatmoqda. Muyassar Razzakova, Kegesbay Serjanov, Mirzagul Sapaeva, Gulxatiysha Aimbetova, Roza Kutekeeva, Makset Xo‘janiyozov, Makset O‘temuratov, Gulnara Utepova, Eleonora Qutlipulatova, Anifa Artikova, Gulnara Allambergenova va boshqa qo‘shiqchilarimiz butun O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga taniqli bo‘ldi. Jumabay jirov Bazarov, Baxtiyar jirov Esemuratov, baxshilar Turg‘unbay Qurbanov, Ziyada Sharipova, Zulfiya Arzыmbetova, Jarilkagan Eshanov, Tenel Kalliev va boshqalar Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda qoraqalpoq dostonlari va she’rlarini ijro etib, butun dunyoga tanildi. Qoraqalpoq universiteti “Xurliman” ansambli 2000 -yili Toshkentda “O‘zbekiston - Vatanim manim” konkusida 1-o‘rinni egalladi. Mustaqillik yillari Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq milliy san’at muzeyi va Qoraqalpoq o‘lkaShunoslik muzeyi, Berdaq muzeyi milliy o‘zligimizni targ‘ibot qilishda katta faoliyat ko‘rsatmoqda.
2002-yili may oyidan boshlab milliy televideniyada “Assalom Qoraqalpog‘iston” tonggi ko‘rsatuvi tashkil etildi. Shuningdek, “Mavrit”, “Tarix va taqdir”, “Boyterek”, “Shanarak”, “Yoshlar kanali” ko‘rsatuvlari tashkil etildi. Prezidentimiz Erkin Kutibaev, Alisher Avazbayev, Baxtiyar Nurullaev, Muratbay Baltaniyazov, F.Orazimbetov va boshqalarning sport sohasidagi mardliklarini tan oldi. Mustaqillikning o‘tgan davri - tarix uchun bir lahzadir. Lekin Shu muddatda Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan ishlar salmog‘i va ko‘lami bilan bir necha un yilliklarga teng keladi. Tarixan qisqa davrda mamlakatimiz hayotida ham, odamlar turmushida ham keskin burilish yasaldi.
Xulosa.
Ushbu referatda men Qoraqalpog’iston haqidagi umumiy ma’lumotlar jumladan, tashkil topgan yillari, mustaqillik yillaridagi asosiy iqtisodiy o’zgarishlar va ma’naviy holatiga e’tibor qaratdik. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad esa Qoraqalpog’iston iqtisodi va tarixini yanada chuqurroq o’rganish bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |