2.1. 5-rasm. Xivchinlanish tiplari
A: a-monotirix, b-lofotix, v-amfotrix, g-peretrix. Б: peritrixi xivchinlangan bakterium proteusving elektron mikroskopda (17 900 marta) kattalashtirib ko’rsatilgan.
Bakteriyaning harakatlanish tezligi ham turiga qarab har xil bo’ladi. Bakteriyalarning ko’pchiligi 1 sekuntda o’z tanasi uzunligiga teng bo’lgan masofani bosib o’tadi, boshqa turlari, jumladan xramatnium okenin(Chromatium Okenii) sekundiga 46 mkm, Tiospirillum yanenze (Tlriospirillum jenense) 87 mkm masofani bosib o’tsa, Vibro komma (Vibrio comma) ning bosib o’tgan masofasi 200 mkm ni tashkil etadi
Bakteriyalar to’g`ri chiziq, bo’ylab va dumalab harakatlanadi. Ularning harakati tanasi ustidagi xivchinlarining o’rnashishiga bog`liq. Xivchinlarining o’rnashishiga qarab ular 4 tipga bo’linadi:
1. Tanasining bir qutbida bittagina xivchini bo’lgan bakteriyalar monotrix xivchinlangan bakteriyalar deyiladi.
2. Tanasining bir qutbida tarmoqlangan bir yoki bir necha xivchini bo’lgan bakteriyalar lofotrix xivchinlangan bakteriyalar deyiladi. Monotrix va lofotrix xivchinlangan bakteriyalar to’g`ri chiziq bo’ylab harakatlanadi.
3. Xivchinlari ikki qutbida joylashganlari amfitrix xivchinlangan bakteriyalar deyiladi.
4. Bakteriya hujayrasining hamma tomoni xivchin bilan o’rab olingan bo’lsa, peritrix xivchinlangan bakteriyalar deyiladi. Peritrix xivchinlangan bakteriyalar dumalab harakatlanadi (3- rasm).
Ayrim mikroorganizmlar, jumladan, spiroxeta va spirillalarning harakatlanish organi (xivchini) bo’lmaganligi sababli, ular bir joydan ikkinchi joyga ilonga o’xshab siljib, sirg`alib harakatlanadi.
Bakteriyalarning harakatlanish tezligi temperatura, hayot jarayonlarida hosil bo’lgan birikmalar va muhitdagi zaharli moddalarga bog`liq.
2.2. Bakteriyalarning ko’payishi va rivojlanish sikllari.
Bakteriyalar oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Bo’linish davrida hujayraning o’rtasida halqasimon parda vujudga keladi, hujayra bo’linishidan ikkita yangi hujayra hosil bo’ladi. Bakteriyalar sistematikasini tuzishda hujayraning bo’linish tipi e’tiborga olinadi. Masalan, sharsimon bir sathda bo’linganda kokklar, diplokokklar, streptokokklar va stafilokokklar yuzaga keladi. Agar bo’luvchi ikkita parda bir biriga perpendikulyar tushib qolsa, tetrakokklar, agar uchta parda hosil bo’lib, ular bir biriga perpendikulyar kelib qolsa, sarstinalar hosil bo’ladi. Silindrsimon bakteriyalar ko’ndalangiga bo’linsa, spirillalar uzunasiga bo’linadi. Bakteriya hujayrasi teng ikkiga bo’linsa, izomorf bo’linish, qiz hujayralarining biri kichik, ikkinchisi kattaroq bo’lib qolsa, geteromorf bo’linish deb ataladi. Geteromorf bo’linish hodisasi kamdan kam uchraydi.
Geteromorf bo’linishda bo’luvchi parda vegetativ hujayraning uchiga yaqin joylashsa, kokksimonlar hosil bo’ladi, keyinchalik ular uzayib ona hujayra shaklini egallaydi.
Bakteriyalarning ko’payish tezligi ularning yashash sharoitiga bog`liq. Optimal temperaturada oziq moddalar yetarli miqdorda bo’lganda har 20—30 minutda hujayra bo’linib turadi. Ko’rsatilgan shu tezlikda bakteriyalar ko’payadigan bo’lsa, 5 kecha kunduz ichida bitta hujayradan hosil bo’lgan bakteriyalar koloniyasi dengiz va okeani to’ldirib qo’yish qudratiga ega. 1—2 mkm kattalikdagi bakteriya hujayrasining ko’payishi natijasida quyidagi raqamlarni ko’rish mumkin: bitta bakteriyadan 15 soatdan so’ng 1 068 616 704 dona, 20 soat o’tgach massasi 1,5 g ga tenglashadi. 30 soatdan keyin bakteriyaning massasi 1,645 kg, 40 soatdan keyin 173 546 t ga borib qoladi (G. L. Seliber, 1953). Ammo sharoitning o’zgarib turishi, mikroorganizmlar o’rtasida bo’ladigan o’zaro munosabat va boshqa noqulay omillar ta’sirida ularning ko’pchiligi nobud bo’ladi. Shuning uchun tez ko’payish hodisalari tabiatda kuzatilmaydi.
Ba’zi olimlar bakteriyalarning jinsiy yo’l bilan ko’payishini isbot qildilar. Bunda ikkita yetilgan hujayra bir biriga yaqinlashib qo’shiladi. Bu jarayon kon’yugastiya yoki kon’yukstiya deb ataladi. Hujayralar ichida hosil bo’lgan konidiyalardan bo’shab chiqqan bakteriyaning yangi hujayralari yetiladi.
Bakteriyalar rivojlanish davrida bir nechta bosqichni o’tadi. Shu bosqichlarning yig`indisi rivojlanish sikli deb ataladi. Misol tariqasida pichan bastilla (Bacillus subtilis) sining rivojlanish sikli ustida to’xtab o’tamiz.
Pichan bastillasining yosh hujayralari peritrixial xivchinlangan va faol harakatchan boladi rivojlanish siklining dastlabki davrlarida hujayra xivchinlarini tokib harakatdan toxtaydi va tezda bolina boshlaydi Yetilgan hujayralar qaytadan xivchin paydo qilib, bir necha vaqt harakat qilgandan keyin, ko’payish jarayoni yana davom ettiriladi. Bu bosqich bir necha marta takrorlanadi. Shu davr davomida hujayralardan ajratilgan shilimshiq hisobiga muhit ustida zoogleya. deb atalgan shilimshiq parda ichida bastillalar g`uj bo’lib to’planadi. Rivojlanish-ning navbatdagi bosqichida hujayradagi sitoplazma quyuqlashib spora paydo qiladi. Spora hosil qilgan vegetativ hujayra harakat qilmay, bir joyda to’xtab qoladi. Vegetativ hujayra po’sti shilimshiqlanib eriydi va spora tashqi muhitga chiqadi. Qulay sharoit yaratilsa, sporada yangi harakatchan pichan bastillasi unib chiqadi. U yuqorida ko’rsatilgan rivojlanish bosqichlarini qaytadan takrorlaydi va spora hosil qilib, rivojlanish davrini tugatadi.
Ipsimon bakteriyalar suv ostidagi buyumlarga yopishib hayot kechiradi. U shilimshiq qin ichida joylashgan bo’lib, voyaga etgan hujayraning bir uchida xivchinlar to’plami paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |