2.2. 1-rasm. Bakteriofagning sxematik tuzilishi
1-bakteriofagning bosh qismi, 2-nuklein kislota, 3-dum po’sti, 4-nuklein kislotani harakatlantiruvchi nay, 5 – nayni o’rab olgan po’stloq, 6 - nayning bazal plastinkasi, 7 - tishsimon o’simtalar, 8 - ipsimon o’simtalar.
Ular bir qancha vaqtgacha , harakatlanib yurgandan keyin suv osti buyumlariga yopishib olgach, xivchinlarini yo’qotadi. Xichinsiz hujayra tezda ko’payib, shilimshiq qinga o’raladi. Unda hujayralar voyaga yetib, xivchinlar paydo qilib, mustaqil harakatlana boshlaydi, ya’ni yangi hujayrada rivojlanishning birinchi bosqichi boshlanadi.
2.3.Bakteriyalarning qishloq xo‘jaligidagi zarari.
Bakterial kasalliklar, bakteriozlar (oʻsimliklarda) — oʻsimliklarda bakteriyalar qoʻzgʻatadigan yuqumli kasalliklar. Bakteriyalar taʼsirida oʻsimlik organizmidagi hayotiy jarayonlar buziladi, toʻqima va hujayralarning fiziologik funksiyasi hamda tuzilishi oʻzgaradi. Gʻoʻza, tamaki, pomidor, kartoshka, karam, bodring , piyoz, sabzi, gʻalla ekinlari, mevalar va tokni zararlaydi va q.x.ga katta zarar yetkazadi. Bakteriozlarning bir necha xili farqlanadi: chirish (toʻqimalarning yumshab, qurishib, parchalanib ketishi, ildiz chirishi); dogʻlar (barg yoki yosh novdalar va mevalarda dogʻlar paydo boʻlishi); kuyish (gul, tuguncha, barg va novdalarning qoʻngʻir tusga kirib, qorayishi); bakterial rak (ildiz, poya yoki novdalarda shish hamda yaralar paydo boʻlishi); shira oqishi (gommoz). Bakteriyalar oʻsimlik ichiga barg ogʻizchalari, nektar ajratuvchi bez teshiklari yoki jarohatlangan joylardan kirishi mumkin. Bakteriya organizm ichiga kirgach, hujayralararo toʻsiqni eritib, toʻqimalararo yoʻllar bilan tarqaladi. Natijada toʻqima chirigan kartoshka va sabzi ildizmevasi kabi yumshab qoladi. Kasallikning bunday kechishi parenximatoz (toʻqima kasalligi) deb ataladi. Boshqa tur bakteriyalar oʻsimlikning oʻtkazuvchi nay tutam (tomir)larida tarqalib, tomirlar bakteriozini qoʻzgʻatadi. Bunda oʻsimlik faqat naylarning tiqilib qolishi tufayli emas, balki bakteriyalar ajratgan zaharli moddalar — toksinlar taʼsiridan ham soʻliydi. Kasallangan oʻsimlik qoldiqlari bor tuproq asosiy infeksiya (yuqum) manbai hisoblanadi. Bakteriozlar urugʻlik, kasallangan oʻsimlik qoldiqlari, shamol, shuningdek atmosfera yogʻinlari, hasharotlar va b. bilan tarqalishi mumkin. Doʻl barg va poyalarni shikastlab, bakteriozning tezda avj olishiga sabab boʻladi.
Oʻsimliklar kasalliklari — oʻsimliklarda turli sabablar — kasallik qoʻzgʻatuvchilar hamda noqulay tashqi sharoit taʼsirida yuz beradigan patologik jarayonlar. Bular organizm funksiyasi (fotosintez, nafas olish, oʻstiruvchi moddalar sintezi, suv, oziq moddalar harakati)ning buzilishiga, oʻsimlikning butunlay nobud boʻlishi yoki baʼzi organlarining zararlanishiga olib keladi.
Oʻsimliklar kasalliklari hosilni kamaytirib, sifatini buzadi. Mas, viltning rivojlanishi va tarqalishi uchun qulay sharoit vujudga kelgan yillari paxta hosili 20—25% ga, baʼzi hududlarda 60—80% gacha kamayishi mumkin.
Oʻsimliklar kasalliklarining 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Ular belgilari yoki tiplari (patografik tasnif), zararlangan oʻsimliklar (oʻsimlikshunoslik tasnifi) hamda kasallik qoʻzgʻatuvchi sabablar (etiologik tasnif) boʻyicha guruhlanadi. Etiologik tasnif negizida Oʻsimliklar kasalliklari yuqumsiz va yuqumli kasalliklarga ajraladi.
Yuqumsiz Oʻsimliklar kasalliklari, asosan, muhitning abiotik omillari: mineral oziqlanish tartibining buzilishi, xususan, makroelementlar — azot, fosfor, kaliy hamda mikroelementlar — bor, rux, temir, mis, molibdenning yetishmasligi; noqulay suv rejimi (tuproqda namning yetishmasligi yoki ortib ketishi); oʻsimliklarga yuqori yoki past traning taʼsiri, havo va tuproq trasining keskin oʻzgarishi natijasida vujudga keladi. Yuqumsiz Oʻsimliklar kasalliklarining kelib chiqishiga havo va tuproqdagi zararli aralashmalar (sulfit angidrid taʼsirida barglarning kuyishi va toʻkilishi); tuproqqa solinadigan baʼzi gerbitsidlar qoddigʻi taʼsiri; noqulay yorugʻliq rejimi (xususan, issiqxonalar va parniklarda yorugʻlikning yetishmasligi, oʻsimliklarning yotib qolishi, xloroz kabilarga sabab boʻlishi mumkin); ionlovchi nurlar (alfa,beta, gamma nurlar, rentgen nurlari, neytronlar); baʼzi zamburugʻlar (Gʻivagsht, Vo1guSh va boshqalar turlar) hamda ayrim yuksak oʻsimliklar tomonidan tuproqqa chiqariladigan toksinlar sabab boʻlishi mumkin.
Yuqumli Oʻsimliklar kasalliklariga oʻsimliklarning virusli kasalliklari (mozaika kasalligining bir qancha turlari, soʻlish, pakanalik, gʻumbaklanish, proliferatsiya — toʻqimalarning oʻsib ketishi); oʻsimliklar bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar (oʻsimliklar raki, bakterial chirishning turli xillari, mevali daraxtlar, tamaki va boshqalarning bakterial kuyish kasalliklari); oʻsimlik zamburugʻli kasalliklari yoki mikofitozlar (oʻsimlik zang kasalliklarining bir qancha turlari, qorakuya, ragʻa, fuzariozlar, chirishlar, sitosporozlar, askoxitozlar va boshqalar) kiradi. Shuningdek, aktinomitsetlar qoʻzgʻatadigan aktinomikozlar, algofitozlar; gelmintofitozlar ham yuqumli Oʻsimliklar kasalliklariga kiradi. Yuqumli kasalliklarga oʻsimliklarning parazit hasharot (entomofitozlar) bilan zararlanishi ham sabab boʻlishi mumkin.
Oʻsimliklar kasalliklarining inkubatsion davri qancha davom etishi havo harorati, namligi, oʻsimlikning kasalliklarga chidamliligi yoki moyilligiga bogʻliq (qoʻzgʻatuvchi kasal oʻsimlik ichida yoki tashqarasida koʻpayadi; infeksiya elementlari havo, yomgʻir tomchilari, hasharotlar va boshqalar yoʻllar bilan tarqalib, oʻsimliklarni yoppasiga zararlashi mumkin). Himoya reaksiyalari. Oʻsimlikda kasallik qoʻzgʻatuvchilarga qarshi fermentlar, fitonsidlar faolligi ortadi, hujayra devorlari poʻkaklanadi, zararlangan hujayralar kasallik qoʻzgʻatuvchi bilan birgalikda oʻlik hujayralarga aylanadi va h.k
Makkajoʻxori kasalliklari — zamburugʻ, bakteriya va viruslar vujudga keltiradigan kasalliklar. 70 dan ortiq turi maʼlum. Koʻp tarqalganlari:urugʻ va maysalarning mogʻorlashi. Uni Penicillium va boshqa zamburugʻlar paydo qiladi. Kasallangan urugʻ sirtida koʻkimtir, kulrang yoki boshqa tusdagi gʻubor boʻladi, bunday urugʻ unib chiqmaydi. Urugʻ kamroq kasallangan boʻlsa, ekkanda maysa chiqadi, lekin yer osti qismi zararlangan boʻladi, 4—5 barg chiqarguncha oʻsib, keyin oʻsishdan toʻxtaydi; Pufaksimon qorakuya. Ustilago zeae Unger. zamburugʻi tugʻdiradi. Zamburugʻ havo orqali yuqib, makkajoʻxori soʻtasi, popugi, poyasi, bargi va baʼzan ildizi boʻgʻzini zararlaydi. Kasallangan organlarda oqimtir dogʻ hosil boʻlib, turli kattalikdagi pufakka aylanadi. Oʻsimlikyaxshi rivojlanmaydi. Chzngsimon qorakuya. Sorosporium Reilianum Me. Alp. zamburugʻi tugʻdiradi. Zamburugʻ oʻsimlik poyasi oʻsib, gullash davrida soʻtasi va popugini zararlaydi. Kasallangan soʻtada shish paydo boʻlib, bu shish oldin oq yoki pushti parda bilan qoplanadi, ichi esa toʻq jigarrang va qora chang massaga aylanadi. Oʻsimlik oʻsishdan toʻxtaydi, shoxlab ketadi, barglari kengayadi, hosil tugmaydi. Gelmintosporioz. Helmintosporium turcicum Pass, zamburugʻi tugʻdiradi. Barg , barg qoʻltigʻi, don qobigʻi, baʼzan soʻtalar zararlanadi. Kasallangan organlarda jigarrang hoshiyali malla, yirik, choʻziq dogʻlar hosil boʻladi. Ular bir-biri bilan qoʻshilib, yiriklashadi, kasallangan toʻqimalar quriydi, koʻk poya va don hosili kamayibketadi. Bakterial soʻlish. Bacterium Stewarti zamburugʻi tugʻdiradi. Oʻsimlikning pastki barglarida och yashil chiziq dogʻlar hosil boʻlib, dogʻlar keyinchalik sargʻayadi, asta-sekin butun barg boʻylab uzun yoʻllar hosil boʻladi, soʻngra barglardan poyalarga va yuqorigi barglarga oʻtadi, oʻsimlik soʻliydi. Soʻta bakteriozi. Bacillus mesentericus vulgarus Fluggl. bakteriyasi tugʻdiradi. Zararlangan donlarda, ayniqsa, soʻtaning yuqori qismida dumaloq, yarasimon dogʻ paydo boʻladi.
Hozirgi davrda mamlakatimizda yuqumli kasalliklar xavfi bartaraf etilgan. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari doimo qafiy nazorat ostida, shuningdek, vodoprovod suvlari filtrdan otkaziladi. Dizenfeksiya ishlari keng kolamda olib boriladi. Bu borada sanitar epidemiologik stansiyalar faollik korsatib kelmoqda. Kasallik qozgatuvchi bakteriyalarga qarshi kurash chora-tadbirlaridan biri oldindan emlash hisoblanadi. Emlash orqali ichburug, kokyotal, qoqshol kabi xavfli kasalliklarning oldi olinadi.
Zararli tomonlari odamlarda, osimlikva hayvonlarda turli havfli kasalliklarni keltirib chiqaradi va tarqatadi (parazit bakteriyalar), ozuqa mahsulot larini esa buzilishiga sababchi boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |