1.2. Musiqa san’atining tarixiy taraqqiyot jarayoni, musiqiy hayoti.
Musiqiy namunalaming shakl jihatidan soddaligi, barmoq vazniga xos she’riy matnlarga asoslanishi va unchalik kata bolmagan diapazon doirasida ijro etilishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi yo‘nalish mumtoz musiqadir.
Mumtoz musiqa namunalari, har tomonlama mukammallik kasb etishi bilan folklore musiqasidan farq qiladi. Mumtoz musiqa alohida yaratuvchisi, ya’ni bilimdon bastakori tomonidan ijod etiladi. Bilimli va mohir sozanda yoki xonandalar tomonidan ijro etiladi. Asosan aruz vazniga xos boigan so‘z matnlariga asoslab va muayyan shaklda yaratiladi.
O‘zbek xalq mumtoz musiqasi o‘zining mukammalligi va murakkabligi bilan boshqa xalqlar orasida alohida o‘ringa egadir. Mumtoz musiqaning eng yirik shakli maqomlardir.
Maqomlar O‘zbekistonnirig uch vohasida mavjud boiib, Buxoroda “Shashmaqom”, Xorazmda “Xorazm maqomlari”, Farg‘ona vodiysida “Farg‘ona-Toshkent maqom yoilari” deb yuritiladi.
Bundan tashqari, maqomlar yoilarida yaratilgan, shaklan va ijroviy xususiyatlari doirasi maqomlarga xos boigan “Suvora”lar, Katta ashula, Surnay maqom yoilari, dutor maqomlari hamda cholg'u yoilari mavjuddir.
Mumtoz musiqaning shaklan muqimligi, qonunqoidalarga egaligi, talqin uslublarining mavjudligi uning murakkabligidan dalolat beradi.
1.3. Bastakor va kompozitorlik ijodi, musiqa san’atining turli janr va shakllari.
Maqomlarni ijro etish uchun maxsus tayyorgarlik, bilim va albatta keng diapazonli ovozga ega bo‘lish lozimdir. Maqomlar, odatda bir necha yillar davomida hamda ustoz-shogird qabilidagi ta’lim asosida o‘zlashtiriladi.
Maqomlarni - “sifatsiz ijro etish – deb yozadi maqomdon olim I.Rajabov - maqom yo‘llari haqida noto‘g‘ri tasavvur qoldirishi mumkin”
1. Bu mumtoz musiqa merosimizning asrlar osha o‘z badiiy va estetik imkoniyatlari saqlab kelishining asosini bildiradi. Shu bilan birga qayd etish lozimki, “Maqom yomlari ijrosi uchun hofizda keng diapozon, yoqimli ovoz va yuksak aytish texnikasi bo‘lishi shart.
”2 O‘zbek musiqasining ijodiyoti yillar davomida turli janrlar bilan boyib kelgan. XX asrga kelib, bastakorlik an’analariga xos va jahon musiqa ijodiyoti namunalariga mos kompozitorlik ijodiyoti kirib keldi. Bu albatta o‘zining yangidan-yangi janrlari, ulami yaratish va ijro etish qonuniyatlari bilan bog‘liqdir. Kompozitorlik ijodiyoti bilan birga o‘zbek musiqasiga yevropa musiqiy an’analarida mavjud bo‘lgan opera, balet, simfoniya, kamer musiqa, cholg‘u musiqa kabi bir qator janrlarda ijod etish an’anasi kirib keldi.
O‘tgan asr davomida bu an’ana o‘zbek musiqiy hayotida o‘z o‘rnini topdi. O‘zbek kompozitorlik maktabi shakilandi, yetuk kompozitorlar tarbiyalanib samarali ijod etdilar. Olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan musiqiy asarlar yaratdilar. Bu jarayon ham o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish bosqichlarini o'taganini qayd etish lozimdir. Chunki, bu an’ana avvalo rus musiqashunos va kompozitorlari tomonidan boshlab berildi, so‘ngra milliy an’analami saqlash maqsadida, bastakorlar bilan kompozitorlaming hamkorlik davri ham o‘z mevasini berdi.
1930-yillarning oxiridan o‘zbek kompozitorlik ijodiyoti o‘zini ko‘rsata boshiadi va tez orada kompozitorlaming yangi avlodi tarbiyalandi. Eng muhimi kompozitorlikning barcha janrlarida o‘zbekona ohanglarga ega bo‘lgan milliy ruhdagi asarlar yaratilib, jahon sahnalarida o‘zini namoyon etib kelmoqda. Ushbu fan bo‘yicha talabalar mukammal ravishda musiqiy san’atning tarixiy taraqqiyot jarayoni, Vatanimizning musiqiy hayoti, bastakorlar va kompozitorlami yillar davomida.
Musiqiy san’atning turli janr va shakllarida yaratgan asarlari, ijrochi namoyandalar ijodiy faoliyatlari, bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni, ijodkorlarni noyob asarlariga tahlil qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalariga ega boiadilar.
Musiqa sohasida taiim olayotgan har bir sozanda, xonanda va ijodkorlar o‘z musiqa an’analarini bilib olishlari va kelgusida avlodlarga xos an’anani munosib davom ettirishlarida “O‘zbek musiqasi tarixi” fanida olgan saboqlari albatta dasturi amal boiib xizmat qiladi. Zero, xalq musiqasi, bu hayot manbai, ijod manbai,
ruh ozugi, millat ko‘zgusidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |