Mavzu: Bozor mexanizmi
Reja
KIRISH
Asosiy qism:
1.Bozor mexanizmi va elementlari
2.Bozordagi talab.Talab qonuni
3.Bozordagi taklif.Taklif qonuni
4.Talab va taklif muvozanati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ilovalar
Ushbu kurs ishida 10 ga yaqin grafiklar,jadvallar,fanga oid bo`lgan rasmlardan foydalanilgan.
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uningafzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o'tishkerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik mamlakatlar boshqaiqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodi- yoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar.Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrningmazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga mu-vofiq hisoblanadi.O'tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari bayonqilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari vaxususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish- ning mazmuni,maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi. Bu kurs ishi bozor munosabatlarigao'tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonidamakroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo'llarinitahlil qilish bilan yakunlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuniiqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatgatuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdaniboratdir. Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotigao'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdano'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalgaoshiriluvchi tarixiy davr tushuniladi. 1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y berganmuhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazariyalarni qaytadanko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki buvaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab)hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi- yotning o'zini-o'zitartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish vaboshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi.
Kurs obyekti sifatida ishining bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ningsifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangitaraqqiyot yo'li-ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozoriqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bundaybozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy vaxususiy tomonlari farqlanadi. Iqtisodivotda bozor atamasi ostida bozor subyektlari (xaridorlar va sotuvchilar) orasidagi pul-mol almashinuvi tizimi tushuniladi. Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste'molni o'zaro bog'lovchi mexanizm. 2). Savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon. Kurs ishining predmeti.Fondlarning samarali boshqarishda marketing usullarini rivojlantirish qonun qoidalariga asoslangan holda tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |