4. Talab va taklif muvozanati
Bozor muvozanati – iqtisodiy subyektlarni qoniqtiradigan va unga xech qanday o‘zgartirish kiritishni talab etmaydigan bozor xolati.
Talab yoki taklifning narxga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilari ta’siri natijasida muvozanatning birlamchi parametrlari o‘zgarishi va yangi darajaga chiqishi mumkin. Erkin sharoitida bozor mexanizmi muvozanat shakllangunga qadar narxlar o‘zgarishini ta’minlab turadi. Muvozanat nuqtasida tovarning defisiti ham ortiqchasi ham, narxlar tomonidan bosim ham bo‘lmaydi. Real bozor sharoitida talab va taklif doimiy ravishda bir-birini taqozo qilib kelmaydi, biroq muvozanatni ta’minlash tendensiyasi mavjud.
Defisit
5–rasm. Talab va taklif muvozanati.
Bozor muvozanati barqaror deb tan olinadi, agarda bozor o‘zining ichki omillari evaziga oldingi holatiga qayta oish qobiliyatiga ega bo‘lsa. Bu holatda bozorning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi ishga tushadi. Agar bozor barqaror bo‘lsa, davlat uning faoliyatiga aralashmaydi, agar u izdan chiqsa, davlatning aralashuvi shart va zarur bo‘lib qoladi.
Bozorni tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu yerda asosiy omil vaqt omili qisoblanadi. Vaqt omiliga bo‘yicha muvozanatning turli modellari kelib chiqadi. Masalan, statistik va dinamik modellar.
Talab va taklif omillarini kompleks tadqiq qilish aniq bir tovar yokii xizmatlar bozorining sifatli tahlilini va bozor kon’yunkturasini qisqa va uzoq muddatli kelajakda bashoratlash imkonini beradi. Bozor munosabatlarining keng va chuqur rivojlanishi ularning faol iqtisodiy rolini favqulodda oshirdi. Bozor ishlab chiqarishni rivojlanish uchun barcha sub'ektiv, moddiy, ilmiy-texnikaviy, intellektual va moliyaviy shart-sharoitlar bilan ta'minlaydi. Barcha yirik ishlab chiqarish tarmoqlari hozirda asosan ixtisoslashgan bozor kuchiga tayanadi. Milliy iqtisodiyot bozor iqtisodiyoti nomini olgani bejiz emas. Bu tovar ishlab chiqarishning ahamiyatini umuman inkor etmaydi. Gap faqat iqtisodiy organizmning barcha hujayralariga bozor munosabatlari ta'sirida bo'lgan yangi holati haqida bormoqda.
Yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida. bozor munosabatlarining har bir milliy tizimining rivojlanish darajasi yangi tus oldi. Endi yopiq va ochiq milliy iqtisodiyot o'rtasida farq bor.
Yopiq makroiqtisodiyot barcha tovar va xizmatlar mamlakat ichida ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi bilan farqlanadi. Mamlakat iqtisodiyoti ochiq bo'lib, unda ishlab chiqarishning bir qismi ichki iste'mol uchun yaratiladi, qolgan qismi esa chet elga sotiladi. Shu bilan birga, davlat boshqa mamlakatlardan tovar va xizmatlar sotib oladi.
Yopiq iqtisodiyotdan ochiq iqtisodiyotga o'tish ham milliy, ham jahon bozorlarida ishtirokchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning shakllari va turlarining rivojlanishi bilan bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |