Reja: kirish. Asosiy qism


Oila qachon mustahkam bo‘ladi?



Download 38,13 Kb.
bet3/5
Sana31.12.2021
Hajmi38,13 Kb.
#261077
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAMATRAHIMOV JAHONGIR 420-GURUH

Oila qachon mustahkam bo‘ladi?

Rasuli akram alayhissalomning bir muborak hadislari bor: «Agar kim uylansa, yaxshi niyat bilan oila qursa, uning dinining yarmi mukammal bo‘ldi, qolgan yarmida Allohga taqvo qilsin, Allohdan qo‘rqsin», deya marhamat qilganlar.

Shu oilani yuritishda er va ayolning vazifalari, majburiyatlari, burch va huquqlari mavjud. Er va ayol bularni to‘liq anglab yetishi va bilishi kerak.

Musulmon ayolga xushxabarlar ko’pdir. Allohning Habibi (s.a.v.): "Bir ayol o’z eriga itoat etsa, Allohning oldidagi burchini ado qilsa va vazifalarini bajarsa, unga shahidning savobi qadar savob yoziladi", deganlar. Yana Payg’ambarimiz (s.a.v.) boshqa bir hadisi shariflarida: "Uchta qizni shar’iy qonunlardan chiqarmay, tarbiya qilib voyaga yetkazgan ona jannatda men bilan birgadir", deb marhamat qiladilar

Muqaddas islom dini taʼlimotida oilaviy hayot muqaddas hisoblanadi. Chunki, oila jamiyat binosining asosi, bir boʻlagidir. Agar binoning asosi sogʻlom boʻlsa, bino ham mustahkam boʻladi, aks holda bunday bino yemirilish va qulash xavfi ostida qoladi. Aynan shuning uchun dinimizda oila masalasiga benihoya jiddiy eʼtibor qaratiladi, uning mustahkamligi, er-xotin oʻrtasidagi mehr-muhabbat davomiyligini taʼminlash uchun oʻziga xos qonun-qoidalar mavjud.

,,Oilada er va xotinga oʻziga xos burch va vazifalar yuklangan, bir-biriga nisbatan haq va huquqlari belgilab berilgan. Agar er va xotin mazkur qoidalarga amal qilsa, bir-biriga nisbatan zimmalaridagi burch va masʼuliyatini his qilib, sitqidildan ado etsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Bunday namunaviy oilada tugʻilgan farzandlar ham goʻzal tarbiya topadi va kelajakda ulardan jamiyatga foydasi tegadigan buyuk insonlar yetishib chiqadi.
 Bordiyu, er va xotin bir-birining haq-huquqini tanimasa, balki, ularni poymol qilsa, tabiiyki, unday oilada tinchlik va xotirjamlik boʻlmaydi, oʻzaro mehr-muhabbat zavol topadi. Oila parokanda boʻlish va parchalanish xavfi ostida qoladi. Shu bois ham dinimiz er va xotinning har biriga oʻziga xos huquqlar ato etib, maʼlum majburiyatlarni ham yuklagan. Mazkur huquqlarning baʼzilari er va xotin oʻrtasida mushtarak boʻlsa, baʼzilari erga tegishli va yana baʼzilari xotinning oʻziga tegishli boʻlgan huquqlar hisoblanadi.

Islomda er va xotinlik aloqalari eng muqaddas insoniy aloqa ekan, mazkur aloqalar qay tarzda yoʻlga qoʻyilishi kerakligini ham bilishimiz va mazkur bilimga amal qilishimiz lozim. Er-xotinning oʻzaro munosabatlari qanday boʻlishi kerak? Er kimu, uning qanday majburiyatlari bor? Xotin kimu, uning qanday majburiyatlari bor? Ikkovining qanday oilaviy huquqlari bor? Bir-birlariga munosabatlari qay tarzda boʻlishi kerak?

Shariatimizda shunga oʻxshash savollarning barchasiga javob berilgan. Qurʼoni karim oyatlari va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida bu masala atroflicha yoritilgan. Mujtahid ulamolarimiz mazkur oyat va hadislardan koʻplab hukmlarni chiqargan. Bularning eng asosiylari erkaklar oila koʻrki boʻlgan ayollarimizga chiroyli muomala koʻrsatishi, shirinsoʻz boʻlishi va har tomonlama yaxshilik qilishi lozim. Ularning feʼl-atvoridagi biror harakat yoqmagan taqdirda ham qoʻpollik qilmasdan, shirinsoʻzlik bilan kamchiliklarini aytish, ularni tuzatishga koʻmaklashi kerak boʻladi. 


Chunki har narsada Allohning biz bilmagan, aqlimizga kelmagan hikmatlari bor. Ayollarning hulqlarida bir emas, bir necha yaxshilik borligi maʼlum. Oila saranjom-sarishtaligi, kiyim-kechak va uylarning pok va ozodaligi, taom tayyorlash borasidagi minnatsiz xizmatlari va eng muhimi, toʻgʻri tarbiya berilgan, koʻzlar quvonchi boʻlmish solih farzandlarni voyaga yetkazishlari shunday yaxshiliklar sirasiga kiradi. Bu haqda hazrat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Moʻmin erkak moʻmina xotiniga gʻazab qilmasin. Agar uning xulqidan, biri yoqmasa, ikkinchisi xursand qiladi”(Imom Buxoriy rivoyati).’’3

Har bir erkak ayoliga gʻamxoʻrlik koʻrsatishi, muomala madaniyatiga ahamiyat berishi, berilgan buyuk marhamatni eʼzozlashi kerak. Avvalo unga muhabbat qoʻyish uchun erkak kishi insonparvarlik, mardlik nuqtayi nazaridan, ayol bilan hamfikr va hamnafas boʻlishga intilishi lozim. Ayniqsa hozirgi kunda yurtimizda boʻlayotgan karantin sabab uyda qolingan vaqtlarda agar, ayol kishi ovqat tayyorlagan boʻlsa, biror xabar yoki voqeani aytsa, er unga eʼtibor qilishi, munosabatini bildirishi darkor. 


Uy ishlarida yordam berib, ogʻirini yengil qilishi ayolning koʻnglini koʻtaradi, oʻrtadagi mehr-oqibat rishtalari mustahkamlanishiga sabab boʻladi. Bu haqda Alloh taolo: “Ayollar ila yaxshi muomalada boʻlib hayot kechiringlar”, deb marhamat qilgan (Niso, 19). Shundan kelib chiqib komillikka intilgan har bir erkak oilada oʻziga hayotiy hamroh boʻlayotgan ayolining barcha axloq va xilqatini toʻla tushunib, unga yaxshi muomalada boʻlishi lozim.

Oilaviy janjal va kelishmovchiliklarning oldini olishda ayollarga ham bir necha vazifalar yuklanadi. Ayol esa hamisha bolalari bilan birga, ularning taʼlim-tarbiyasi, parvarishi bilan mashgʻul boʻladi. Ayol oila hayotining hamma sohasida erining yoʻl-yoʻriqlari, koʻrsatmalari, talablari asosida ish tutishi kerak. Aks holda, oilaning moddiy barqarorligini taʼminlash uchun doimiy harakatda, mehnatda boʻlgan erni uyda ham muntazam notinchlik, muammolar kutib tursa, u asabiy, tajang boʻlib qoladi, sogʻligini yoʻqotadi. Shuni unutmaslik kerak, oʻz uyida tinchlik-xotirjamligi boʻlmagan er bunday osoyishtalikni boshqa joydan izlab qolishi mumkin.

Dono, zukko ayol bunday holatning oldini oladi, muammolarni yechishda barcha tajribalarga suyanadi. Ayniqsa, hozirgi sinovli kunlarda oʻta zarurat boʻlmaganida hayot ehtiyojlari – kiyim-kechak, yeyish-ichish, uy-roʻzgʻor buyumlari sotib olishni cheklaydi va buni muammoga aylantirmaydi. Erining kayfiyatiga qarab oʻrinsiz savollardan tilini tiyadi, boʻlar-boʻlmasga arazlamaydi, gina saqlamaydi, aql bilan ish koʻradi, turmush oʻrtogʻining koʻnglini olish, farzandlari tarbiyasi bilan shugʻullanishga harakat qiladi.

Darhaqiqat, har bir ota-ona uz farzandini soglom va barkamol, zakovatli, bakhtli bulishini Allohdan tilaydi va shu yulda uzluksiz harakat qiladi. Jondan aziz farzandni voyaga etkazish, uning hayotda munosib urin egallashiga erishish barcha ota-onalarning eng ulug va eng muqaddas orzusi ekani hammamizga yakhshi ayondir.

   Dinimizning bola sogligiga bulgan etibori eng boshidan boshlanadi. Bola tugilishidan oldin boshlanadi. Dinimizda mast qiluvchi ichkiliklar, aqlga zarar beruvchi turli-tuman narkotik moddalar istemol qilishning harom qilinishi buning yaqqol isbotidir. Alloh taolo marhamat qilib aytadi:

وَلَا تَقْرَبُوا الفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ

Yani: “fahsh-buzuq ishlarga yaqinlashmangiz, ularning oshkorasiga ham makhfiysiga ham!”4(Anom surasi: 151-oyat).

   Bulajak ota-onadan birining narkotik moddalar istemol qilishning ona qornidagi bolaga zarari ilmiy jihatdan isbotini topgan haqiqatdir. Bu narsa homilaning nuqsonli bulib qolishiga, bolaning aqliy zaif bulib tugilishi va hokazolarga olib keladi.

   Endi, qachonki, homila soglom holda kamoliga etib, bola dunyoga kelgach, dinimiz yana ota-onaga muayyan kursatma va yul-yuriqlar berish orqali, bolaning sogligiga gamkhurlik qiladi. Jumladan Baqara surasining 233 oyatida bunday deyiladi:

 “وَالْوَالِدَاتُ يُرْضِعْنَ أَوْلَادَهُنَّ حَوْلَيْنِ كَامِلَيْنِ لِمَنْ أَرَادَ أَنْ يُتِمَّ الرَّضَاعَةَ

yani: “Onalar bolalarini tula ikki yil emizadilar. (Bu muddat) emizishni kamoliga etkazishni istovchilar uchundir”.

   Ona sutining bola sogligi uchun eng muhim, eng afzal va eng mukammal hamda beqiyos ozuqa ekanligi zamonaviy ilm tomonidan ham isbotlangan narsadir. Ona suti bolaning soglom holda voyaga etishi uchun zarur bulgan barcha foydali va kerakli modda va vitaminlarni uz ichiga oladi.

   Shunday ekan ota-onalar farzandlarini har-khil suniy ozuqalardan kura tabiiy, ona suti bilan katta qilishga etibor qaratishsa nur ustiga nur bulardi.

   Shuningdek, ota-onalar farzandlarini vaqtida ayrim khavfli kasalliklarga qarshi emlanishiga ham etibor qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Hatto bazi ulamolar bu narsalarni ota-ona zimmasida vojib, agar tark qilsa, gunohkor buladi ham deyishadi.

   Shu bilan bir qatorda farzandlarimizni yoshliklaridan boshlab, sogliq uchun foydali bulgan ishlarga odatlantirish, masalan, ertalab va kechqurun tishlarni tozalashga, tirnoqlarni vaqtida olishga, vaqtida chumilish, ovqatdan olin qulni yuvish va hokazolar kabi ishlarga urgatib borishlari ham maqsadga muvofiqdir.

  ,,Oilalarning uzaro ahilligi, ota-ona, er-khotin urtasidagi soglom muhit, shubhasiz,  soglom bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qiz bolalarni tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim hamda kasb-hunarlarni egallashiga yordam berishimiz, turmush, oila masuliyatini his qilish, yoshiga etmasdan ularni erta turmushga berish, turli tuy-hasham, urf-odat va marosimlarimizni ikhcham hamda tartibli utkazish ham shubhasiz aziz farzandlarimiz barkamol inson bulib etishishlarida naqadar ahamiyatli ekanini esdan chiqarmaslik kerak.

   Farzandlarning kelajakda guzal ahloqli va  chiroyli tarbiyali bulishida ota-ona farzandi haqqiga qiladigan khayrli duolarning urni ham beqiyosdir. Chunki duo ibodat maqomida. Alloh taolo har bir ishda Uzidan yordam surashimizni yakhshi kuradi. Bundan tashqari, ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi mustajobdir.

   Tarbiya haqida Imom Gazzoliy (r.h.) bunday deganlar: “Bola ota-ona qulida bir omonatdir. Qalbi turli naqsh va rasmlardan pok, nima naqsh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil qilinsa, moyil bulaveradi. Agar yakhshilikka undalsa va urgatilsa, yakhshilik uzra usib-ulgayadi. Natijada dunyo va okhiratda saodatli buladi. Ota-onasi hamda unga odob va talim berganlarning barchasi savobiga sherik bulishadi. Agar yomonlikka undalsa yokhud hayvon kabi bush quyilsa, yomonlikka uchraydi, halokatga yuz tutadi va uning tarbiyasidan masul kishi zimmasiga gunohkorlik tushadi”.

   Dinimiz salomatlikni muhofaza qilishga chorlashi bilan bir qatorda kuchli va soglom bulishga ham targib etadi. Bu khususda Paygambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) shunday marhamat qilganlar:

” اَلْمُؤْمِنُ الْقَوِيُّ خَيْرٌ وَ أَحَبُّ إِليَ اللهِ مِنَ الْمُؤْمِنِ الضَّعِيفِ ” 

yani: “Baquvvat mumin kishi yakhshi va u Alloh taolo nazdida zaif mumindan sevimliroqdir”. (Imom Muslim rivoyati).’’5

   Farzandlarni yoshliklaridan chiniqtirish, sogliqqa foydali mashgulotlarga urgatish yuqoridagi hadisi sharif dalolati bilan dinimiz targib qilgan ishlar sirasiga kiradi.

   Albatta farzandining jsimonan soglom bulib voyaga etishi har bir ota-onana qalbiga surur va khursandchilik olib keladi. Buning aksicha, nosoglom, nogiron farzand ota-ona uchun bir umrlik gam-anduh manbai buladi. Tarbiyaning ham bu urinda ahamiyati kattadir. Farzand jismonan soglom bulgani bilan tarbiyasi nosog bulsa, bu ham ota-ona qalbini tig’laydigan, bir umr halovat bermaydigan musibatli holatdir. Qolaversa, yakhshi tarbiya berilmagan, manaviyati past farzandlar ulgaysa jamiyatga ham ulardan katta zarar etadi.



Nikohning tugatilishi (taloq instituti). Erkak tomonidan xotinni taloq qilish oqibatida nikohning tugatilishi musulmon huquqida eng keng tarqalgan. «Taloq» degan so‘z arabcha bo‘lib, «bog‘langan tugunni yechib yuborish, bo‘sh qo‘yish» degan ma’nolarni anglatadi. Musulmon huquqiga ko‘ra, taloq eru xotin o‘rtasidagi nikohning tugatilishi uchun shar’iy asos bo‘lib xizmat qiladi va ushbu huquq muomala layoqatiga ega bo‘lgan erkak kishilarga berilgan. Payg‘ambar (s.a.v.)ning: «Uchta narsaning hazili ham, jiddiysi ham e’tiborga olinadi: qulni ozod qildim, degan so‘z, nikohga oldim, degan so‘z, taloq qo‘ydim, degan so‘z»,– degan fikrlariga binoan, Hanafiy mazhabidagi kishining o‘z xotiniga qarab, xoh mast holda, xoh hazillashib taloq qo‘ydim, deyishi bilan taloq tushadi. Majburlab ayttirilgan taloq lafzi borasida islom huquqshunoslarida ixtilof mavjud: Hanafiy olimlari «tushadi» desalar, jumhur ulamolar «tushmaydi», deganlar.

Taloq keltirib chiqaradigan oqibatlar deganda, asosan taloq turiga qarab nikohni davom ettirish yoki bekor qilish hamda ayolning o‘z eridan meros olishi, «taloq» lafzi aytilgandan so‘nggi davrda ayol kishining nafaqasi tushuniladi. Ayol bir yoki ikki taloq qilingan vaqt mobaynida eri vafot qilsa, u eridan meros oladi. Uch taloq qilingan ayolning idda muddati davomida eri vafot etsa, musulmon huquqi ruxsat bergan ba’zi hollardagina ayol meros oladi. «Taloq» lafzi aytilgan davrdan boshlab, ayolning nikohi butunlay bekor bo‘lmagunicha, idda muddati davomida er o‘z xotinini iqtisodiy ta’minlashi shart.

Nikohning fas’h bo‘lishi. Islomda er va xotinlik goho erning taloq huquqiga egaligi sababli, goho esa er-xotinlikni saqlab turgan nikohni buzish bilan bekor qilinadi. Nikohni buzib, ajralish faqihlar istilohida «fas’h», ya’ni mavjud bir sabab bilan taloq lafzi aytilmay, nikohning bekor qilinishi deyiladi.

Taloq bilan fas’hning farqi.Er tomonidan aytilgan taloq lafzi erxotinlikning tugatilganini, har ikkalasi nikohdan oldingi holatga qaytganini bildiradi. Taloq faqat sahih nikohdagina bo‘ladi.

Fas’h esa keyin joriy qilingan qoida bo‘lib, nikohning davom etishiga to‘sqinlik qiluvchi yoki o‘sha to‘sqinlik bartaraf etilgach, nikohni davom ettirish mumkinligidir. Fas’h ikki turli bo‘ladi: birinchisi,nikohning qolishi aslo mumkin bo‘lmaydigan holat. Bu holatda nikohni buzish shart. Masalan, er yoki xotinning biri islom dinidan qasddan chiqishi yoki qaytishi; ikkinchisi, erning o‘z ayolini bir taloq qilib, uning boshqa turmushga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, «men senga yaqinlashmayman», deb qasam ichishi tufayli nikohning tugatilishi.

Mazkur qasamga binoan, ayol arosatda qoldirilib, erning zulmi ostida qiynalib, yashashga majbur qilinadi.’’6

Alloh taolo ayollarga nisbatan bunday zulmga chek qo‘yib, ichilgan qasam cheksiz muddatga amal qilishini to‘xtatib, unga ma’lum muddat belgiladi. Bu haqida «Baqara» surasining 226–227-oyatlarida: «Xotinlaridan qasam bilan yuz o‘girgan kishilar uchun to‘rt oy muhlat bor. Agar (shu muddat ichida xotinlariga) qaytsalar, joizdir. Zero, Alloh shubhasiz mag‘firatli, rahmatlidir. Va agar (taloq qilishni) qasd qilgan bo‘lsalar, bas albatta, Alloh eshitguvchi, bilguvchidir», – deyilgan. Mazkur oyati karimaning mazmunidan islom olimlari quyidagi hukmlarni chiqarganlar:

– Alloh nomini o‘rtaga qo‘yib ichilsagina, qasam shar’an qonuniy hisoblanadi;

– «Iylo» – «xotinimga yaqinlashmayman», deb ichilgan qasamning eng kam muddati to‘rt oy bo‘lishi lozim;

– qasam ichilsa-yu, lekin to‘rt oy muddat tugamay qasamiga pushaymon bo‘lib, xotini bilan yarashmoqni istasa, qasamiga musulmon huquqi bo‘yicha kafforat (jarima) berib, yarashishi mumkin.

Meros soʼzi «Virosatun» soʼzidan olingan boʼlib maʼnaviy yoki moliyaviy haqqa ega boʼlish degani. Yaʼni, biron narsani bir shaxsdan boshqasiga oʼtishligidir. Shu maʼnoga koʼra “Meros” mol, boylik, ilm, ulugʼlikni oʼz ichiga oladi.

Fiqxiy tushuncha boʼyicha, mayitning ortida sharʼiy vorisga qolgan mol va huquqlarga meros deyiladi. Meros ilmining asosiy dalil va hujjatlari Qurʼoni Karim, sunnat va ijmoʼdan olingan. Bu ilmda qiyosga oʼrin qolmagan. Meros ilmini FАROIZ ilmi oʼrgatadi. Bu ilmning bilimdoni “Faroizi” deb nomlanadi.

,,Meros ilmining gʼoyasi – qoldirilgan merosni har haq egasiga oʼz haqini, shariy belgilangan ulushini yetkazishdir. Meros ilmiga Аlloh taoloning oʼzi asos solgandir. Ibni Аbbos roziyallohu anhu Paygʼambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisda: “Аhli faroizlar oʼrtasida molni Аllohning kitobi boʼyicha taqsim qilinglar”, dedilar. Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlarida bu masalaga ozgina oʼrin qolgan xolos. Oʼlgan kishidan qolgan tarikaga bir necha haqlar bogʼliq boʼladi (4 ta):

Bir musulmon odam vafot etganidan soʼng uning tarikasi hisob qilinib, birinchi galda uni kafanga qoʼyish uchun ketadigan sarflarga ajratiladi. Bu harajatlar uchun ketadigan mollarda merosxoʼrlarning haqlari boʼlmaydi.

Qarzlari boʼlsa, ularga ham mablagʼ ajratiladi. Qarz ikki xil boʼladi.

2.1 Bandalardan qarzi.

2.2 Аllohdan qarzi. Bu qarz ham merosxoʼrlarning haqidan ustun turadi. Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam, Imom Аhmad rivoyat qilgan hadislarda: “Moʼminning ruhi – to ado etilmaguncha qarziga bogʼliq boʼlib turadi», deganlar. Аllohdan qarziga berilmay qolgan zakot, kaforat va nazirlariga oʼxshash narsalar kiradi. Аgar mol qoldiruvchi oʼlimidan oldin Аllohdan qarzlarini ham ado qilish haqida vasiyat qilgan boʼlsa, ular ham ado etiladi. “Аgar mayit oʼlimidan oldin Аllohdan qarzlarini oʼtash haqida vasiyat qilmagan boʼlsa nima boʼladi?” degan savolga hanafiy mazhab ulomalari aytishlaricha: u qarzlar berilmaydi, chunki ular moliyaviy ibodat edi, oʼlim yetishi bilan ibodatlar undan toʼxtaydi, u ibodatlarni, yaʼni zakot, kaforatlarini oʼz vaqtida, yaʼni tirikligida ado etmagani uchun mayit gunohkor boʼladi. Uyogʼi Аllohga havola qilinadi. Xohlasa azob xohlasa magʼfirat qiladi. Boshqa mazhablar esa: “Bu qarzlar ham tariqadan ado etiladi”, deydilar. Lekin merosxoʼrlar oʼz ulushlaridan marhumga atab qilsa savob.

Mayitning maoliyaviy vasiyatlariga sarf qilinadi. Аgar vasiyat qilingan mablagʼ miqdori merosga qolgan molning uchdan biriga yoki undan oz miqdoriga teng boʼlsa, vasiyatga amal qilinadi. Аgar uchdan biridan koʼpini vasiyat qilgan boʼlsa, vasiyat oʼtmaydi. Mana shu uchdan biridan ortigʼi merosxoʼrlarning haqi boʼladi. Vasiyat sharʼiy boʼlishi kerak.

Аgar merosxoʼrlar rozi boʼlsa vasiyat qilinganidan ziyodasini ham oʼz ixtiyorlari bilan, savob umidida, hayrli ishlariga sarflashlari mumkin. Bunga dalil Paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlariga Saʼad ibn Аbu Vaqqos kelib oʼz mollarini hammasini sadaqa qilish haqida vasiyat qilmoqchi ekanlarini aytganlarida paygʼambarimiz sollallohu alayhi vasallam ruxsat bermaganlar. “Yarminichi?” deb soʼraganlarida ham izn bermadilar. “Uchdan birinichi?” deganlarida u zot “uchdan biriga mayli, aslida uchdan biri ham koʼp” dedilar. “Sendan keyin merosxoʼrlaringni boy, behojat hollarida qoldirib ketmogʼing, ularni odamlardan tilanib boradigan hollarida qoldirib ketmogʼingdan yaxshidir”, deganlar. Oʼlayotgan odam oʼlim oldidan koʼziga hech narsa koʼrinmay, oxiratni oʼylab bor budini sadaqa qilib yuborishga tayyor boʼlib turadi. Hammasini berib yuborishi merosxoʼrlariga zulm qilgan boʼladi. Endi vasiyatlar oʼlimdan keyin amalga oshirilar ekanmi, shunday boʼlganidan keyin, kishi agar oʼz farzandidan biriga biror uyni vasiyat qilmoqchi boʼlsa nima qilishi kerak. “Bolam mana shu uy mendan senga tirikligimda xadya senga shuni berdim” desa, u bola: “xoʼp qabul qildim” desa, bu mulk oʼsha bolasini shaxsiy mulkiga aylanadi. Lekin zinxor ota: “Mana shu uy oʼlganimdan keyin senga” deb aytishga haqqi yoʼq, nega? Chunki u oʼlganda qolgan molining uchdan birinigina vasiyatga bajara oladi xolos, qolgan qismida boshqa qolgan yaqinlarining ham haqi boʼladi. Аslida uylarini otamiz tirikligida biz qurgan boʼlishimiz mumkin. Lekin u uyni otamizni yeriga qurganmiz, qurayotib otamga deb qurganmiz. Shuning uchun ota oʼzidan keyin muammo tugʼilishiga koʼzi yetsa uni tirikligida molu davlatini xohlagan farzandiga hadya qildim deb bera olishi mumkin, “oʼlganimdan keyin” degan soʼzni aytmasligi kerak.’’7


Download 38,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish