Reja: Kirish. Asosiy qism: Jahon bank tizimi va uning faoliyati


Jahon bank tizimi va uning faoliyati



Download 355,54 Kb.
bet2/3
Sana22.06.2022
Hajmi355,54 Kb.
#691022
1   2   3
Bog'liq
Xasanov Jahongir123

Jahon bank tizimi va uning faoliyati.

Jahon Banki — Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi. 
Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bulgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi.
1944-yil Bretton-Vuds (AQSh, Nyu-Gempshir shtati)da tashkil etilgan boʻlib, hozirda shtab-kvartirasi (qarorgohi) Vashingtonda joylashgan. Bretton-Vuds xalqaro hamkorligi tomonidan Jahon bankiga belgilangan vazifalar unga berilgan nom — yaʼni Xalqaro qayta tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR) da oʻz aksini topdi. Asosiy vazifa sifatida iqtisodiy taraqqiyotni moliyalshtirish yuklatildi. Agarda Jahon bankining birlamchi kreditlari ikkinchi jahon urushidan soʻng Yevropaning iqtisodiyotini tiklashga yoʻnaltirilgan boʻlsa, keyinchalik u oʻz eʼtiborini jahonning qoloq mamlakatlari iqtisodini tiklashga qaratdi. Hozirgi vaqtda esa Jahon bankining asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqqiyotiga, mazkur mamlakatlarning ishlab chiqarish darajasini oshirishga yordam berish va aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga koʻmaklashishdir.
Jahon banki oʻz tarkibiga yirik 2 ta tashkilotni: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) oladi. Ulardan tashqari unga 3 ta boshqa tashkilotlar ham bilvosita kiradi: Jahon banki bilan uyushgan, ammo huquqiy, moliyaviy jihatdan mustaqil faoliyat koʻrsatuvchi — Xalqaro moliyaviy korparatsiya (XMK) (bu tashkilot rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy korhonalarni moliyalashtirishga yordam beradi). Investitsion kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markazi va Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlovchi agentlik (MIGA).
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) mamlakatlarka imtiyozli kreditlar berish bilan shugʻullanib, ular donor mamlakatlar tomonidan beriladigan xayriya mablagʻlari asosida moliyalashtiriladi.
Jahon banki dunyodagi kapital, qimmatbaho qogʻozlar bozorlarining asosiy mablagʻ oluvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, bank bir qatormamlakatlardan obligatsiya, zayom sotish orqali togʻridan-togʻri qarz oladi, yigʻilgan mablagʻlar qoloq mamlakatlarning taraqqiyoti yoʻlida ishlatiladi va ularga imkoniyati darajasidagi past foizlar hisobida beriladi.
Jahon banki kredit olish, uni qaytara olish darajasida boʻlgan mamlakatlar uchun mablagʻlarni mujassamlaydi. Ammo, boy mamlakatlarga yoki alohida shaxslarga jahon banki tomonidan kredit berilmaydi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining jon boshiga yalpi mahsulot $1200 atrofida boʻlgan taqdirda ular Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan kredit olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu kreditlar 12-15 yil ichida qoplanishi lozim. Ikkinchi tomondan, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) kreditlarni qoloqroq mamlakatlarga, yaʼni ulardagi yalpi milliy mahsulot jon boshiga 800 dan kam boʻlgan mamlakatlarga beradi (asosan XTA tomonodan berilayotgan kreditlarning 80 %ini hozirgi vaqtda aholi jon boshiga $ 700 dan kam boʻlgan mamlakatlar oladi). Bu kreditlar boʻyicha foizlar olinmasdan, koʻpgina hollarda ular 35-40 yillar oraligʻida toʻlash sharti bilan beriladi.
Jahon banki oʻz faoliyatini rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlarga texnik loyihalarni, iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish jihatdan yordam berish orqali bu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi. Bu vazifalar bankining asosiy uzoq muddatli vazifasi hisoblanadi.
Oxirgi yillarda bank oldingi yillardagi tajribalariga tayangan holda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish bosqichlari darajalarini inobatga olib, loyihalarni tanlash jarayonida asosan rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloq qatlamlarini qamrashga, ularning taraqqiyot darajalarini oshirishni nazarda tutgan holda olib borilyapti.
Shuning uchun ham, Bank tomonidan texnik va moliyaviy jihatdan yordam berish va moliyalshtirish jarayonida BMT tomonidan belgilangan dastuga asosan ham texnik yordam beruvchi, ham loyihani ijro etuvchi sifatida qatnashadi.
Bank tomonidan tanlanadigan loyiha, ularning yoʻnalishlari milliy mamlakatlar, ularning mahalliy hokimiyatlari, boshqa tegishli tashkilotlar bilan har tomonlama kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Bank kredit ajratish jarayonida oʻz mutaxassislari ishtirokida kredit oluvchi mamlakatlarning iqtisodini sinchkovlik bilan tahlil etish asosida qaysi sohaga asosiy eʼtibor berish yoki qoʻyilmalarni joylashtirish borasida u yoki bu sohani tanlash imkoniyatidan foydalaniladi. Bunday tahlitda ish yuritish ushbu malakatlarning asosiy muammolari yechimida qatnashib, uning rivojlanishiga yordamlashishni nazarda tutadi.


Xulosa
Bugungi kunda ko’pchilik kredit muassasalarining faktoring xizmatini ko’rsatishga tayyor emasligini muhim bir muammo deb qarash mumkin. Shuni ham aytish kerakki, faktoring bank ishining bir qismi emas, balki uni “operatsiya” deb atash noto’g’ri hisoblanadi, chunki faktoring bir martali bitim emas, balki doimiy xizmat ko’rsatish shaklida namoyon bo’ladi. Bular hammasi qarorlarni qabul qilishda maxsus jarayonlarni va risklarni boshqarishni talab qiladi.
Keyingi muammo – mamlakatning ko’pchilik banklari faoliyatining o’rta muddatli investitsiyalarga tayyor emasligidir. Bu erda asosiy to’sqinlik faktoringni moliyalashtirilishi emas, balki ishni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan uzoq muddatli tsikl hisoblanadi. Bu tsikl malakali bajaruvchilarga ega bo’lganida ham uzoq davom etadi.
Bu bilan O’zbekistonda faktoringning istiqbollarini optimistik deb baholash mumkin.
Umuman, faktoring sarmoya aylanishini tezlashtirish, qarzni undirib olish bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirish, banklar o’rtasida munosabatlarni osonlashtirishga yordam berib, pulni hisob-kitob tizimini muhim vositasi bo’lib hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, birinchidan, faktor riskni kamaytirish yoki bartaraf etish uchun ko’proq axborot va bilimga ega. Ikkinchidan, faktoring kompaniyasi alohida qarzdorlar bilan shug’ullanmasdan, to’lay olmaslikda, bankrotni bartaraf etuvchi debitor qarzdorlik portfelini shakllantiradi.
Shunday qilib, faktoring quyidagi hollarda foydali hisoblanadi:

  1. Sotib oluvchi etkazib beruvchining kredit tarixiga ega bo’lmasdan, bir martalik etkazib berishlarida.

  2. Etkazib beruvchi etkazib berishlarning ko’p tarmoqni tizimiga ega bo’lganda.

Faktoring, etkazib beruvchini balans summasini kamaytiradi hamda o’z kapitali va jalb qilingan kapitali nisbatining ko’rsatishlarini ko’paytirib, uning tuzilishini yaxshilaydi.
Yakuniy xulosa qilib aytganda, faktoring bo’yicha bajarilgan amallar asosida
iqtisodiyotdagi hisobdorliklar tezlashishi, tovar etkazib beruvchi korxona o’z moliyaviy holatini barqarorlashtirish, bank o’z mablag’laridan unumli foydalanish va ma’lum daromad olishi mumkin, asosiysi esa mamlakat tovar aylanmasini qaysidir ma’noda tezlashtiradi. Shuni shubhasiz aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasida faktoring operatsiyalarining qo’llanilishi bank tizimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu nafaqat, bank tizimiga, ayniqsa, hozirgi zamonda kichik biznesni rivojlantirish uchun qo’l keladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasida faktoring xizmatlari, birinchidan, iqtisodiyotga tushayotgan to’lovlarni oshiradi, ikkinchidan esa, O’zbekiston bank tizimini jahon standartlariga yaqinlashtirib, butun dunyo firmalariga xizmat ko’rsatishi mumkin.
Banklar faoliyati tahlil qilish natijasida banklarning faktoring operatsiyalari xususida quyidagi xulosa shakllantirildi:

  • Banklar amaliyotida faktoring operatsiyalarining rivojlanish tendentsiyasi barqaror emas. Banklarda faktoring operatsiyalarini amalga oshirishda risk darajasi ancha yuqori. Bu mamlakatimizda ayrim ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida korxonalar debitorlik qarzlari aylanuvchanligining pastligi natijasida kelib chiqmoqda. Faktoring mijozlarga xizmat ko’rsatishning universal shakli hisoblanadi, chunki mijozlar o’z talablari (da’volari) bo’yicha buxgalteriya xisobini yuritish, ularning to’lovliligini tekshirishdan holi bo’lishadi. Banklar mol sotib oluvchilarning to’lov qobiliyati to’g’risidagi axborotni mijozlariga etkazishlari, xorijiy davlatlardagi to’lovlar kafolatini o’z bo’yniga olishlari mumkin. Banklar uchun bu operatsiyalar yuqori daromad keltirgani uchun ham ular bu operatsiyalarni bajarishdan manfaatdor hisoblandilar. Rivojlangan davlatlarda faktoring operatsiyalari mijozning moliyaviy ahvoli, aktsionerlik kapitali mikdori, mahsulot turi, ish hajmi va boshqalarga qarab yillik aylanmaning sezilarli qismini tashqil etadi.

Download 355,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish