Reja:
Kirish… . 3-5
Asosiy qism
I BOB. Arab xalifaligining O rta Osiyoda yuritgan siyosati.
Turkiston yerlarining arablar tomonidan bosib olinishi va ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yuz bergan o'zgarishlar
. . ...6-9
Arab xalifaligi hukmronligi davrida Movarounnahrning davlat tuzumi…10-12
II BOB. Arablar bosib olgandan keyin Movarounnahrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvol.
2.1. Xalq ozodlik harakatlari ..13-20
2.2. Islom dinininng Movarounnahrga kirib kelishi .....21-25
Xulosa ... ..26-29
Foydalanilgan adabiyotlar ….....30
Internet sahifalar ..
..30
Ilovalar ...
..31-34
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Organilayotgan mavzuning dolzarbligi shundaki, orta asrlar dunyosida juda katta iz qoldirgan, Magrib va Mashriqning koplab davlatlarini oziga boysundirib, qudratli saltanat darajasiga kotarilgan Arab xalifaligi ozining ijtimoiy- tadrijiy taraqqiyoti davomida murakkab, ziddiyatili tarixiy jarayonlarni bosib otgan. Eng muhimi, uning vujudga kelishi rivojlanish sari yol tutishi ham goyatda ziddiyatli algov-dalgovli kechgan. Buning boisi shuki VI asrning ortalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabila, uruglarning hayot tarzi qoloq bolib, ularning mutlaq kopchiligida ibtidoiy-patriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan. Kochmanchi badaviy oilalari, uruglari oz chorva mollari uchun er-suv, otloq qidirib keng sahrolarni kezib yurganlar. Faqatgina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va janubiy Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bolib, bu hududlarda arab qabilalari asosan otroq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa Hijozning bosh shahri - Makka xalqaro karvon savdosining muhim markazi hisoblangan. Makkalik quraysh qabilasi savdogarlarining turli mintaqalar bilan boglanganligi, savdo-tijorat va hunarmandchilik ishlarining kuchayib borishi pirovardida bu hududning har jihatdan mavqeini kotaribgina qolmay, shu bilan birga uning tarqoq qabila, uruglarini birlashtirish, markazlashgan kuchli davlat tuzishdagi etakchilik ornini ham tayin qilib bergan. Xususan Makka aholisi tevaragida kochmanchi arab qabilalarining birlashuvi jarayoniga turtki bergan yana bir muhim omil-bu shu erlik quraysh qabilasining hoshimiylar urugidan chiqqan paygambarimiz Muhammad Alayhi vassalam nomi bilan paydo bolib, keng yoyila boshlagan islom dini va talimoti boldi.1 Gap shundaki, ozida yakka xudolilik goyasini mujassamlashtirgan, xalqlarni birlik, ahillik, birodarlik, hamjihatlik, ozaro mehr-muruvvatlik, dostlik singari olijanob fazilatlarga davat etuvchi islom goyalari har qanday tosiqlarni, qiyinchiliklarni bartarf etib, turli-tuman arab qabila-qavmlari ongi, qalbiga yol topib, ularni ozining yashil bayrogi ostiga birlashtira bordi. Muhammad ibn Abdulloh (570- 632) hayotining oxirlariga kelib kop sonli arab qabilalarining islom bayrogi ostida birlashuvi negizida Arab xalifaligiga asos solindi. Bu davlatning qudrati Paygambarimiz noiblari-choriyorlari - Abu Bakr Siddiq (632-634), Hazrati Umar (634-644), Hazrati Usmon (644-656) va Hazrat Ali ibn Abu Tolib (656-661) davrida yanada ortib, hududiy chegaralari kengaya bordi. Xalifalik tarkibiga Shom, Iroq, Yaman va boshqa hududlar qoshib olindi. Ummaviylar davrida (661- 750) Arab xalifaligi hukmronligi shu qadar katta hududlarga yoyildiki, uning tarkibiga Garbda Misr, shimoliy Afrika erlari, Andaluziya (hozirgi Ispaniya), shimoli sharqda Kichik Osiyoning katta qismi, Eron va Orta Osiyo, shimoliygarbiy Hind sarhadlari kirar edi.
Arablar yuksak madaniyat yaratganlar. Bu madaniyat tarixga Arab xalifaligi madaniyati nomi bilan kirdi. Avvalo, Arab xalifaligida nisbatan tinch, osoyishta hayot ta' minlangan. Bu esa xojalik (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo - sotiq)ning yanada yuksalishiga imkon bergan. Bu omil oz navbatida madaniyatning taraqqiy etishiga shart-sharoit yaratgan. Ikkinchidan, istilo natijasida xalifalikka birlashtirilgan turli olka xalqlari (Suriya, Misr, Eron; Orta Osiyo, Kavkazorti, shimoliy Hindiston)ning ilgor madaniyati imkon qadar bir-birini boyitdi. Bu orinda yagona davlat tili - arab tilining ilm-fan tiliga aylanganligi katta rol oynagan. Buyuk allomalar qaysi xalq vakillari bolmasin, arab tilida ijod qilganlar. Bu omil xalifalik tarkibidagi turli xalqlarga bir-birining madaniyati yutuqlaridan foydalanishga imkon yaratgan. Binobarin, xalifalik madaniyatini faqat arablar emas, xalifalik tarkibiga kirgan barcha xalqlar yaratganlar. Uchinchidan, arablar ham ozlari istilo etgan olka xalqlarining ilgor madaniyati durdonalarini qunt bilan organganlar. To`rtinchidan, Mansur, Horun ar-Rashid, Ma'mun kabi abbosiy xalifalar ilm-fan, madaniyat rivojiga homiylik qilganlar. Bu omillar, shubhasiz, madaniyatning yuksak darajada taraqqiy etishini ta'minlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |