Reja: Kirish Asosiy qism I


Arab xalifaligi hukmronligi davrida Movarounnahrning davlat tuzumi



Download 2,53 Mb.
bet3/7
Sana02.04.2022
Hajmi2,53 Mb.
#524651
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Arablar

Arab xalifaligi hukmronligi davrida Movarounnahrning davlat tuzumi

O'zbekiston hududi arablar tomonidan bosib olinganidan so'ng Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Arab xalifaligi feodal teokratik davlat bo'lib, uning tepasida xalifa turgan. Xalifaga davlatdagi barcha dunyoviy hamda diniy hokimiyat tegishli bo'lgan. Arab xalifaligi tomonidan bosib olingan viloyatlar tepasida xalifa tomonidan tayinlanadigan amirlar turgan. O'zbekiston hududini xalifaning Xuroson va Movarounnahr bo'yicha noibi idora etgan.
Noib alohida shaharlar va aholi punktlarining hokimlarini, shayxlarini tayinlagan. Ular mahalliy aholidan o'lponlar yig'ish hamda jamoat tartibni saqlab turish kabi vazifalarni bajarib turgan. Ba'zi shaharlarning hokimlari ma'muriy-moliyaviy ishlardan tashqari, hatto harbiy kuchlarni ham boshqarganlar. Ko'p joylarga arablar o'z harbiy qismlarini joylashtirgan edilar. Ular mahalliy aholini tutqunlikda ushlab turganlar. Arablarning ma'muriy apparati va mirshablari bo'lgan, hokimlarning esa shaxsiy qo'riqchilari mavjud edi.
VIII asr o'rtalariga kelib Movarounnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. So'g'diyonada buxorxudotlar va boshqa hukmdorlaming qo'li ostidagi ma'muriy idora usuli o'z shaklini saqlab qolgan bo'lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko'pchiligi o'z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabul qilgan edilar. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o'z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to'lar edilar.
Arablar Movarounnahrni istilo qilganlaridan so'ng, bu hududning yer-mulklari xalifaga qarashli bo'lib qoldi. Ilgari yerlar Buxoroda yirik zodagon — buxorxudotlarning xususiy mulki sanalsa, endilikda ular xalifalik mulklariga aylandi. Xalifa davlatni boshqarishda vazir ul-vuzaro (ulug' vazir)ga tayangan. Harbiy ishlar, harbiy qo'shinlar amir ul-umaro qo'li ostida edi. Xalifa turli masalalarni devon ad-dar, ya'ni kengashda ko'rib chiqar edi. Devon ad-dar uchta asosiy devonga bo'lingan: ular devon al-mashriq, devon al-mag'rib va devon al-harajdan iborat bo'lgan. Movarounnahrga tegishli masalalar devon al-mashriqda hal etilar edi.
Xalifa viloyat noiblarini lavozimiga tayinlash yoki bo'shata olish huquqiga ega edi. Xalifalikning huquqiy masalalari Qur'oni Karim va Rasululloh (s.a.v.) ko'rsatmalari, nasihatlariga asoslangan holda ko'rib chiqilgan.
Shunday qilib, VIII asr d'rtalariga kelib Movarounnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. So'g'diyonada buxorxudotlar va boshqa hukmdorlarning qo'li ostidagi ma'muriy-idora usuli o'z shaklini saqlab qolgan boiishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko'pchiligi o'z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabul qilgan edilar. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o'z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to'lar edilar. Shu tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy e'tiqodiga o'z ta'sirini o'tkaza oldilar.
O‘rta Osiyoda Uyg‘onish davri. Ma’lumki, VIII asrlarda O‘rta Osiyo YAqin sharqda yangi vujudga kelgan arab davlati — xalifalik tomonidan istilo etildi. Keskin kurashlar, qarshiliklarga qaramay erli xalq bosqinchilarga qaram bo‘lib qoldi. Buyuq olim Beruniy va tarixshunos Narshaxiy tafsiricha bosqinchilar erli xalqlarga ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan katta zarar keltirdi — erli hokimiyat tugatildi, shaharlar, qadimgi madaniyat yodgorliklari, mavjud yozuvlar yo‘q qilindi, kitoblar yondirib yuborildi, arxitektura, san’at namunalari barbod bo‘ldi. Ilmma’naviyat fidoyilari qurbon etildi va hokazo, Xalq xalifalikka, yangi dinga qaram qilindi. Ma’naviy norozilik kuchaya bordi, xalq mustaqillikni tiklash uchun kurashga qo‘zg‘aldi. Qutaybaning o`limidan so`ng arab hokimiyatining Movarounnahrdagi mavqeyi biroz zaiflasha bordi. Xurosonning yangi noibi Al-Jarroh (717-719) yangi musulmon aholisiga islomga zid ravishda shafqatsiz munosabatda bo`la boshlaydi. Sulaymon vafotidan so`ng taxtga o`tirgan yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719)-Umar II xorijiylar ta'limoti tarafdori edi. Xorijiylar shialardan ajralib chiqqan guruh bo`lib ilk islom ta'limoti tartiblarini va umumiy tenglik g`oyalarini ilgari surar edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga olib, bo`ysundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini yurgiza boshladi. U Movarounnahr aholisini islomni qabul qilishga chaqirib, katta ahamiyatli farmon qabul qildi. Unga ko`ra arablarga yangi yerlarni zabt etish man qilindi va moliyaviy islohotlar o`tkazish ko`zda tutildi. Arablar bilan bir qatorda yangi musulmonlardan ham juzya va xiroj solig`i olish bekor qilindi. Umar II soliq yig`uvchilardan va xalifalik amaldorlaridan Qur'on va Hadislarga qat'iy amal qilishni buyurdi.
Arab feodal-zodagonlari turli yo`llar bilan xiroj solig`i yig`a boshladilar. Xalifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib keta boshladi. Xiroj yerlarini davlat solig`i sifatida saqlab qolish maqsadida Umar II arablarga o`z yerlarini kengaytirishni man etdi va hijriyning 100 yilidan (719 yil) keyin sotib olingan barcha xiroj yerlarini qaytib berishni buyurdi. Shu paytgacha olingan yerlardan esa xiroj emas, ushr (o`ndan bir qismi) soliq olish ko`zda tutildi.
Umar II islohotlaridan ruhlangan Samarqand ahli zodagonlari unga elchilar yuborib Samarqand shahristonini qaytarib berishni so`radilar. Umar II Samarqand hokimi Sulaymon ibn-Abus-Sariyaga maktub yozib, qozi bu ishni hal qilib berishini so`raydi. Samarqandliklar shikoyati ko`rib chiqilib, bu ish samarqandliklar foydasiga hal bo`ldi. Qozi Samarqanddan arab garnizoni olib chiqib ketilishi kerak deb hukm chiqardi. Bu esa urushni bildirar edi. Arablar kuch-qudratini bilgan samarqandliklar o'z ja'volaridan yana voz kechdilar. Mahalliy zodagonlar o`zlarini musulmon hisoblab, g`aznaga soliq to`lamay qo`ydilar. Shundan so`ng xalifalik barchadan soliqlarni olishni belgiladi. Natijada Movarounnahrda norozilik kuchayib keta boshladi. Mahalliy zodagonlar bilan arab ma'muriyati orasida ziddiyat keskinlasha bordi.

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish