4-rasm. O’rmon qirqqulog’i
Ҳalqa uchlarini bir – biri bilan ulab turuvchi yupqa devor bo’lib, uning yorilishi bilan ҳalqaning bir uchi birdan teskari tomonga buraladi, ushbu ҳarakat tufayli sporangiydagi sporalar tashqariga sochiladi. Qulay sharoitda turgan sporadan – gametofit nasl o’sib chiqadi. Gametofit yurakka o’xshash kichkina yashil yaproqchadan iborat bo’lib, uning uchli tomonida bir nechta rizoidlar va yaproqchaning ostki yuzasida arxegoniy va anteridiy rivojlanadi. Otalangan tuxum ҳujayradan zigota ҳosil bo’lib, uning bo’linib o’sishi natijasida murtak ҳosil bo’ladi. Murtak shakllangan zaҳoti o’sa boshlaydi. Murtak boshlang’ich ildiz, poya va bargchaga ega.
Ҳosil bo’lgan ildiz sekin – asta tuproqqa kirib boradi, shu vaqtda poya va barg er yuzasiga chiqadi. Shunday qilib, murtak mustaqil ҳayot kechira boshlaydi
Ilon tili (O.vulgatum)
Ilon tili (O.vulgatum) Ofioglossum turkumining vakili.U ko’p yillik o’t o’simlik, sernam o’rmonlarda, tog’li tumanlarda archazorlarda o’sadi. Yosh barglari gajaksimon o’ralmagan. Bargning asosida kurtakni o’rab turuvchi qini bor.
5-rasm.Ilon tili
Bargning yana bir xarakterli xususiyati shundaki, u ayrisimon shaklda 2 qismga ajraladi xar qaysi barg qismi (segmenta) shakli va bajaradigan funksiyasi jixatdan bir-biridan farq qiladi. Bittasi vegetativ (steril), ikkinchisi esa spora beruvchi (fertil) xam xisoblanadi. Vegetativ barg assimilyatsiya vazifasini bajaradi. Spora beruvchi barg uzunchoq shaklda bo’lib, uning ichki qismida sporangiyalar 2 qator bo’lib joylashgan. Xar qaysi sporangiyda 15 mingtagacha spora xosil bo’ladi. Spora yerga to’kilishi bilan tez o’smaydi. Chunki o’sish oldidan ular albatta ma’lum vaqt tinim davrini o’tadi. Sporadan qulay sharoitda xosil bo’lgan gametofit yer ostida joylashganligi sababli rangsiz yoki kulrang, sargish- kulrang rangli bo’ladi. Gametofit uchki qismidan o’sib, 10-20 yil mobaynida diametri 1 mm, uzunligi 6 sm gacha bulgan uzunchoq, shakldagi kam shoxlangan tanani xosil qiladi.
Xulosa
1.Qirqquloqtoifa o’simliklar sporali o’simliklar ichida keng tarqalgan va yuksak taraqqiy etgan bo’limlaridan biridir
2. Qirqquloqtoifa o’simliklarning barglari ikkita vazifani bajarishi bilan boshqa sporali o’simliklardan farq qiladi
3. Qirqquloqtoifa o’simliklar bo’limining O’zbekistonda o’tsimon vakillari, tropik mintaqalarda daraxtsimon vakillari uchraydi
4. Qirqquloqtoifa o’simliklar barglarining anotomik tuzilishi jihatdan gulli o’simliklarga o’xshab ketadi
5. Qirqquloqtoifa o’simliklar bo’limi vakillarida sporafit bo’g’in gametofit bo’g’indan ustun turadi
Do'stlaringiz bilan baham: |