Reja: Kirish Asosiy qism I. Bob. Qirqquloq toifa o`simliklar bu…



Download 2,32 Mb.
bet1/14
Sana27.04.2022
Hajmi2,32 Mb.
#585193
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Qirqquloqtoifa (Rolypodiophyta) o`simliklar bo`limining asosiy sinflari...


Mavzu:Qirqquloqtoifa (Rolypodiophyta) o`simliklar bo`limining asosiy sinflari.
Reja:
Kirish
Asosiy qism
I.Bob.Qirqquloq toifa o`simliklar bu…
1.1.Qirqquloqtoifa o’simliklar bo’limiga umumiy tavsif
1.2. Qirqquloqtoifa o’simliklar bo’limi sistematikasi
II.Bob.Qirqquloqtoifa o`simliklarini tarqalishi.
2.3.Qirqquloqtoifa o’simliklar bo’limining keng tarqalgan
vakillarining bioekologik xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Yuksak, barg poyali (Cormophyta) o`simliklar tanasi vegetativ va generativ organlarga ajralgan o’simliklar hisoblanadi. Yuksak o’simliklar ichida qadimgi vakillari sporali o’simliklar hisoblanadi. Yuksak sporali o’simliklarni bioekologik xususiyatlarini yani o’sish sharoiti,ko’payishi va rivojlanishi,tashqi muhit omillarining tasiri,yer yuzi bo’ylab tarqalish qonuniyatlari va xalq xo’jaligi yoki tibbiyotdagi axamiyatini o’rganish muhim masalalardandir
Mavzuning mahsadi: Qirqquloqtoifa o’simliklarni biologiyasini o’rganish
-Qirqquloqtoifa o’simliklarni o’simliklar sistematikasida tutgan o’rnini o’rganish
-Qirqquloqtoifa o’simliklarni axamiyatini o’rganish
-Qirqquloqtoifa o’simliklarni xalq xo’jaligidagi axamiyatini o’rganish
Mavzuning vazifasi: Qirqquloqtoifa o’simliklarni sistematik jihatdan taxlil qilish
- Qirqquloqtoifa o’simliklardan xalq xo’jaligida foydalanish yo’llarini ishlab chiqish
Yuksak, barg poyali (Cormophyta) o`simliklar tuban tallomli (Thallomphyta) o`simliklardan qator xarakterli xususiyatlari bilan farq qiladi. Tuban o`simliklar suvda va ayrim hollarda nam muhitda hayot kechiradi. Ma`lumki, ular hujayrasiz, bir hujayrali, koloniya shaklida, ipsimon, ko`p hujayrali va faqat yuksak taraqqiy etgan vakillarining vegetativ tanasi bir qadar differentsiyalashgan. Ya`ni tuban o`simliklarda yuksak o`simliklardagi singari haqiqiy barg, poya va ildiz kabi organlarga ajralgan vegetativ tana yo`q.
Yuksak o`simliklar asta-sekinlik bilan suvdan chiqib, quruqlikni ishg`ol qila boshlagan va suv muhitidan keskin farq qiladigan muhitga duch kelganlar. Bir xil suv muhitdan quruqlikka chiqa boshlagan o`simliklar ikki xil-tuproq va havo muhitiga duch keladilar. Tabiiyki, million yillar davom etgan uzoq tarixiy taraqqiyot davomida tabiiy tanlanish ta`sirida o`simliklar asta-sekin yangi muhit sharoitlariga moslasha borgan va ularning tanasi ildiz, poya, barg singari organlarga differentsiallasha borgan. Bu organlar birdaniga vujudga kelmagan, albatta. Yuksak o`simliklarning bizga qadar yetib kelmagan soda tuzilishli vakillari ham yashagan. Ularning nihoyatda sodda tuzilishli vakillari bizga qadar yetib kelmagan psilofitning yer ustki organi poyaga o`xshash organ — telom (“tallom” bilan aralashtirmaslik lozim) dan iborat bo`lgan. Tuban moxlarning yer ustki organi dixatomik shoxlangan ildiz vazifasini rizoidlar bajaradi. Binobarin, yuksak o`simliklarni xarakterlaydigan asosiy xususiyati vegetativ organlari poya, barg va ildizning bo`lishidir.
Yuksak o`simliklar ham tuban o`simliklar singari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Lekin yuksak o`simliklarning hammasi uchun jinsiy naslning jinssiz nasl bilan navbatlashishi — nasl gallanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Odatda, jinssiz ko`payish sporalar yordamida bo`lib, bu sporalarning kata-kichikligi bir xil yoki har xil bo`lishi mumkin. Ulardan o`z jinsiy organlariga ega bo`lgan gametofit deb ataluvchi o`simta vujudga keladi. Gametofit bir jinsli (erkak yoki urg`ochi) yoki qo`sh jinsli bo`lishi mumkin.


Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish