Azeotrop aralashmalarni haydash Quyidagi rasmda bug` egrisida minimum nuqta hоsil qiladigan sistеmalarning haydalishi ko`rsatilgan. Agar dastlabki aralashmaning tarkibi ekstremum nuqtaning chap tоmоniga to`g`ri kelsa (N1), bоsqichli haydash jarayonida aralashma A-kоmpоnеnt va azеоtrоp aralashma (S) ga ajraladi. Agar aralashma tarkibi ekstrеmum nuqtaning o`ng tоmоnida bo`lsa (N3), V kоmpоnеnt va azеоtrоp (S) ga ajraladi. Bоsqichly haydash lrоtsеssida bоra-bоra kоndеnsat azеоtrоp tarkibiga tеnglashadi. .Muvоzanatda turgan suyuqlik bug` fazalari bir хil tarkibga ega bo`lganidan azеоtrоp qaynaganda kоndеnsat suyuqlik bilan bir хiltarkibga ega bo`ladi, ya’ni qaynash prоtsеssida azеоtrоp tarkibi o`zgarmaydi dyomak eritmaning bug` bоsimi o`zgarmaydi, shunga ko`ra qaynash turg`un tеmpеraturada bоradi. Shuning uchun azеоtrоp turg`un tеmpеraturada tsaynaydigan suyuqliklar {aralashmalar) dеb ham atalada. Shunday qilib, azеоtrоp aralashma hоsil qiluvchi sistеma-larni haydash bilai tоza kоmpоnеltlarga ajratib bo`lmaydi. Masalan, vinо spirtining suvdagi eritmasini haydash natijasi-da 4,43% suv va 95,57% spirtdan ibоrat azеоtrоp aralashma hоsil bo`ladi.
I.3. Suyuq aralashmalarni haydash Suyuqliklarni haydash va rektifikatsiya qilish. Bunday jarayonlar suyuq gomogen aralashmalarni suyuqlik oqimi va aralashmani bug`latish paytida hosil bo׳ladigan bug` bilan o׳zaro ta’siri yordamida komponentlarga ajratishga asoslangan. Suyuq va bug` fazalar orasida komponentlarning o׳zaro almashinish yo׳li bilan suyuqlik aralashmalarini ajratish jarayoni haydash deb ataladi. Bu jarayon issiqlik ta’sirida ikki xil usul bilan olib boriladi: oddiy haydash (distillyatsiya) va murakkab haydash(rektifikatsiya). Sanoatda rektifikatsiya suyuq aralashmalarni komponentlarga ajratish, o׳ta toza suyuqliklarni olish va boshqa maqsadlar uchun qo׳llaniladi.
Suyuqliklarni ekstraksiyalash. Biror suyuqlikda erigan moddani tanlab ta’sir qiluvchi boshqa suyuqlik yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deb ataladi. Bunday jarayonda bir yoki bir necha komponent bir suyuq fazadan ikkinchi suyuq fazaga o׳tadi. ekstraksiya jarayonini amalga oshirish erituvchini to׳g`ri tanlashga bog`liq. Erituvchi suyuq aralashma bilan aralashib ketmasligi kerak yoki bo׳lmasa qisman aralashib ketadigan bo׳lishligi mumkin. erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo׳lgan suyuqlik zichligidan kam bo׳lishi shart. Ekstraksiya usuli suyuq aralashma tarkibida nisbatan kam miqdorda erigan komponentlarni ajratib olish uchun ishlatiladi.