Reja
Kirish
Asosiy qism
I.BOB. Bir-birida cheksiz eruvchi suyuq moddalar aralashmasi
I.1. Aralashmalarning umumiy xossalari
I.2. Suyuq aralashmalarning holat diagrammasi.
I.3. Suyuq aralashmalarni haydash.
II. BOB. Azeotrop aralashmalar haqida
II.1. Azeotropning ta’rifi va namunalari
II.2. Azeotrop eritmalarni ajratish usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
…Sayyoramizning ertangi kuni,
farovonligi farzandlarimiz qanday
inson bo‘lib yetishi bilan bog‘liq.
SH.Mirziyoyev (BMT Bosh Assambleyasining
72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan)
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko‘nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko‘rsatayotgan doimiy g‘amxo‘rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o‘zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo‘lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g‘oyalari va intilishlarini o‘zida aks ettirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi . Kimyo fanining sanoatni turli yo`nalishlarida – arhitektura va qurilish, to`qimachilik, neft va gaz, yo`gochsozlik, mashinasozlik va jihozlash tehnologiyasi, metallurgiya va rangli metallar tehnologiyasi, qishloq ho`jaligi uchun organik va mineral o`g`itlar ishlab chiqarish tehnologiyasi, oziq-ovqat mahsulotlari tehnologiyasi, oqava suvlarni tozalash va atrof muhitni ifloslanishini oldini olishdagi ahamiyati katta o`rin tutadi. Shu munosabat bilan Oliy ta`lim muassasala-rida kimyo fanini ishlab chiqarishning zamonaviy yutuqlariga, uni o`rganish metodologiyasi asosida hamda il`gor ahborot tehnologiyalariga asoslanib bilim berishni amalga oshirish ahamiyat kasb etadi.Kimyo tаbiаtni o‘rgаtuvchi fаnlаrdаn biri bo‘lib, jismlаr, hоdisаlаr, jаrаyonlаr оrаsidаgi bо g‘liqlikni mа’lum qоnuniyatlаr аsоsidа tushintirib bеrаdi. Bizni o‘rаb turgаn оlаm kishi оngigа bоg‘liq bo‘lmаgаn hоldа mаvjuddir.
«Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». Qaror bilan kimyo va biologiya ta'limi isloh etilishi belgilangan. Hujjat asosida respublikaning har bir hududida kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati ushbu maktablar maqomiga moslashtiriladi. Shuningdek, tuman (shahar)larda kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 150ta maktablar ochiladi. Bu 164ta maktabga OTMlarning 55ta kafedrasi biriktiriladi. Ularni moliyalash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan maxsus jamg‘armalar tashkil etiladi.
2020/2021-o‘quv yilida maktablarda tabiiy fanlar o‘quv dasturlarida amaliy mashg‘ulotlarning ulushini ko‘paytiriladi. Bir oy muddatda ixtisoslashtirilgan maktablarning kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarining bilimi va pedagogik mahoratini baholash va saralab olingan nomzodlarning malakasini oshirish rejasi tasdiqlanadi. Bunda, ixtisoslashtirilgan maktablarga va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilari hamda rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashgan fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari)ning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan amalda belgilangan ustama haqi miqdori 1 yanvardan boshlab 50 foizgacha oshiriladi.
Qaror bilan, 2021-yil 1-fevralga qadar Kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy etiladi.
Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilanmoqda:
• kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatlarini (keyingi o‘rinlarda-milliy sertifikat) berish belgilangan tartibda Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;
• kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;
• imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega umumta'lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktabi o‘quvchilari davlat oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi hamda unga tegishliligiga ko‘ra kimyo yoki biologiya fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.
OO‘MTV hamda XTV shu yil 1-dekabrga qadar kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarini xorijiy universitetlar tajribasi asosida tahlil qilib, takomillashtiradi. 2021-yildan boshlab ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta'lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha milliy tanlov tashkil etiladi.
Milliy tanlov natijasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan mualliflar Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 million so‘mdan bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlanadi. 2021 -yildan boshlab har ikki yilda bir marta OTM talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalari o‘tkaziladi.
Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini bir martalik mukofotlash hamda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha OTMlar magistraturasiga davlat granti asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, OTMlarning kimyo va biologiya ta'lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari hamda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari ham magistraturaga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi.
2021/22 o‘quv yilidan boshlab, kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha OTMlar umumta'lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) -viloyat - oliy ta'lim muassasasi) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazishi va 1-3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni OTM mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabalar uchun to‘garaklar olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga o‘quv yili davomida OTMlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida ustama belgilanadi.
OTMlarning kimyo va biologiya ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bitiruvchilari mazkur OTMlarning magistratura mutaxassisligiga qo‘shimcha imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
OTMlarning kimyo va biologiya mutaxassisligini a'lo baholar bilan tamomlagan magistrlar tayanch doktoranturaga OTMlar kengashi qarori asosida imtihonlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri kvota doirasida qabul qilinadi.
Shuningdek, Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha komissiya tashkil etilib, unga Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarlik qilishi belgilandi.[1]
Kimyoviy hodisalarni tushuntirish va ularning qonunlarini fizikaning umumiy prinsiplari asosida aniqlab berish bilan shugʻullanadigan fan sohasi. Kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, kataliz, sirt hodisalari, eritmalar, kvant kimyosi haqidagi taʼlimotlar, molekulalar, ionlar, radikallarning tuzilishi va xossalari toʻgʻrisidagi taʼlimotlar Fizik kimyoning asosiy boʻlimlari hisoblanadi. Fizik kimyo deyarli mustaqil boʻlim sifatida elektrokimyo, fotokimyo, kristallokimyo, radiatsion kimyo, fizik kimyoviy analiz kabi boʻlimlarni ham oʻz ichiga oladi.
1840-yilda G.I.Gess Fizik kimyoning asosiy qonunlaridan biri - kimyoviy oʻzgarishlarda issiklik yigʻindisining doimiyligini kashf kildi. XIX asr oʻrtalarida P Bertlo va daniyalik termokimyogar X.Tomsen reaksiya issiqliklari haqidagi tasavvurlari bilan Fizik kimyoga katta hissa qoʻshdilar. Nemis olimi V. Ostvald 1887-yil Leypsig universitetida ilk bor Fizik kimyo kafedrasini tashkil qildi.
Fizik kimyo turli fizikaviy eksperimental tadqiqot usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalarning molekulyar mexanizmini mufassal tushuntirib berdi. Fizik kimyo anorganik, organik va analitik kimyo sohasidagi tadqiqotlar uchun xam, kimyoviy texnologiya ishlab chiqarish uchun ham nazariy asos boʻldi. XX asrning 50-70-yillarida fizik kimyoning koʻpgina sohalari tez rivojlandi va molekulalar, ionlar, radikallarning turli fizik-kimyoviy jarayonlardagi tabiatini muftassal oʻrganadigan yangi yoʻnalishlar vujudga keldi. Dissotsiatsiya, ionizatsiya va fotoionizatsiya energiyasi tadqiq qilindi. Elektr razryadlaridagi reaksiyalar, quyi trali plazmadagi jarayonlar (plazmalar kimyosi), sirt hodisalarining qattiq jismlar xossalariga taʼsiri (fizik kimyoviy mexanika) muvaffaqiyatli oʻrganildi, polimerlar Fizik kimyosi gazlar elektrokimyosi va boshqa rivojlandi. Oʻzbekistonda Fizik kimyoning rivojlanishida-Q.U.Usmonov, H.R.Rustamov, N.A.Parpiyev va boshqalarning xizmatlari katta.[2]
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi: Kirish ,asosiy qism, 2ta bob ,xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan bo‘lib 38 sahifadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |