Adsorbsiya.
Gaz, bug` yoki suyuqlik aralashmalaridan bir xil yoki bir necha komponentlarning g`ovaksimon qattiq moddaga tanlab yutilish jarayoni adsorbsiya deyiladi. Faol yuzaga ega bo׳lgan qattiq materiallar adsorbentlar deb ataladi. Teskari jarayon, ya’ni desorbsiya adsorbsiyadan keyin olib boriladi va ko׳pincha yutilgan komponentni adsorbentdan ajratib olish uchun (yoki adsorbentni regenerasiya qilish uchun) qo׳llaniladi. Bunday jarayon aralashma tarkibida oz miqdorda bo׳lgan moddalarni ajratib olish maqsadida ishlatiladi.
Ion almashinish.
Elektrolit eritmalari tarkibidagi ionlarni qattiq fazada tanlab yutilish orqali ajratib olinishi ion almashinish deb ataladi. Bunday jarayon paytida ajratilishi lozim bo׳lgan modda suyuq fazadan qattiq fazaga o׳tadi. Ion almashinish jarayoni adsorbsiyaning bir turi hisoblanadi. eritma tarkibidagi ajratib olinishi lozim bo׳lgan moddaning konsentratsiyasi juda past bo׳lgan holatda ion almashinish jarayoni qo׳llaniladi.
Quritish.
Qattiq materiallar tarkibidagi namlikni asosan bug`latish yo׳li bilan ajratib chiqarish quritish deyiladi. Bu jarayon issiqlik va namlik tashuvchi agentlar (isitilgan havo, tutunli gaz) yordamida olib boriladi. Quritish jarayonida namlik qattiq fazadan gaz (yoki bug`) fazaga o׳tadi. Texnikada quritish jarayoni qayta ishlanayotgan xom ashyo yoki materiallarni dastlabki suvsizlantirish hamda tayyor mahsulotlarni suvsizlantirish uchun keng ishlatiladi.
II.BOB. Azeotrop aralashmalar haqida
II.1. Azeotropning ta’rifi va namunalari
Azeotrop aralashmalar – haydalganda ajralmaydigan va tarkibi oʻzgarmaydigan eritmalar. Azeotrop aralashmalarning mav-judligini ilk bor 1810-yilda ingliz ki-myogari va fizigi J. Dalton aniqlagan. Ba’zi Azeotrop aralashmalar tarkibidagi alohida kompo-nentlarga qaraganda ancha yuqori temperaturada, ba’zilari esa pastroq temperaturada qaynaydi. Masalan, 95,57% etil spirti (78,5°da qaynaydi) va 4,43% suvdan (100°da qaynaydi) iborat aralashma 78,15°da qaynaydigan Azeotrop aralashmalar hosil qiladi. Aksincha tarkibida 69,2% nitrat kislota (84°da qaynaydi) va 30,8% suv boʻlgan Azeotrop aralashmalar esa 121,8°da qaynaydi. Uch va undan ortiq mod-dalar aralashmasi ham azeotrop aralashmalar boʻlishi mumkin. Tashqi bosim oʻzgarishi bilan azeotrop aralashmalarning qaynash temperaturasi, tarkibi oʻzgaradi, shundan foydalanib, aralashmalar tarkibiy qismlarga kimyoviy yoʻl bilan turli bosim ostida haydab ajratiladi
Azeotrop- suyuqliklarning aralashmasi bo'lib, u distillash paytida tarkibini va tiklanish nuqtasini saqlaydi. Bundan tashqari, azeotropik aralash yoki doimiy qaynash nuqtasi aralashmasi sifatida ham tanilgan. Azeotropiya suyuqlik bilan bir xil tarkibga ega bo'lgan bug' hosil qilish uchun aralashmani qaynatganda paydo bo'ladi. Atam "a" prefiksini birlashtirish, ya'ni "yo'q" va yunoncha qaynatish va o'girish so'zlarini birlashtirib olinadi. Ushbu so'z 1911 yilda Jon Wade va Richard Uilyam Merriman tomonidan yaratilgan. Aksincha, har qanday sharoitda azeotrop yaratmaydigan suyuqliklarning aralashmalari zeotropik deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |