6. Material dispersiyasi
Material dispersiyasi to ‘lqin uzunligini tola materialining sindirish ko‘rsatkichiga
bog’liqligi bilan aniqlanadi. Natijada tola materiali orqali har xil to ‘lqin
uzunliklari turli tezliklarda uzatiladi. Optik tola, asosan, kvars shishasidan
(SiO
2
) ishlab chiqariladi. Har bir to‘lqin tola materialidan turli tezliklarda
uzatiladi. 1- shaffoflik oynasida katta to‘lqin uzunliklari katta tezlikda, qisqa
to‘lqin uzunliklari kichik tezliklarda uzatiladi. Masalan; 865 nm to‘lqin
uzunligi 835 nm ga nisbatan katta tezlikda uzatiladi. shunga teskari 3 —
shaffoflik oynasida qisqa to‘lqin uzunliklari katta tezlikda, uzun to‘lqin
uzunliklari nisbatan kichik tezlikda uzatiladi. Masalan, 1535 nm to‘lqin uzunligi
1560 nm ga qaraganda tezroq uzatiladi. 2—shaffoflik oynasining 1310 nm
to‘lqin uzunligi nol dispersiyali to‘lqin uzunligi deyiladi. Chunki 1310 nm
to‘lqin uzunligida kvars shishasini sindirish ko‘rsatkichi minimal.
Material dispersiyasi bir modali optik tolalarda dispersiyaning asosiy tashkil
etuvchisi hisoblanadi. Uzatish tizimlarining tezliklari oshgan sari bitlar orasidagi
interval kamayadi, natijada dispersiya oshadi.
7. To‘lqin uzatkich xossalari bilan bog‘liq dispersiya
To‘Iqin uzatish bilan bog'liq (tola) dispersiya—bu impulslarning tarqalish
tezligini to‘lqin uzunligiga bog‘liqligidir. Dispersiyaning bu turi tolaning
geometrik shakliga va sindirish ko‘rsatkichlari profiliga bog‘liq. Har qanday real
nurlanish manbalari ma’lum chastota polosasida to ‘lqin uzunliklarini nurlantiradi
desak, turli to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik impulslari toladan turli vaqt bo‘yicha
kechikib keladi. Natijada boshlang‘ich impulslar buziladi. Signaliarning turli
to‘lqin uzunligida har xil tezliklarda uzatilishi yuqorida keltirilgan edi.
Shuningdek, yuqorida aytib o‘tilgandek, 1310 nm to‘lqin uzunligida dispersiya
qiymati minimal bo‘lib, nolga teng, lekin so'nish qiymati katta bo‘ladi. Shuning
uchun ham dispersiya, ham so‘nish qiymatlarini kamaytirish maqsadida
dispersiyaning nol qiymati so'nish qiymati kichik bo‘lgan 3-tiniqlik oynasiga
surilgan. Bu kvars shishasini legirlash yordamida amalga oshiriladi. Bunday
tolalar siljigan dispersiyali tolalar deyiladi. Bu tolalardan yuqori tezlikli tizimlarda,
shunigdek, oraliq punktlar soni kam bo‘lgan signallarni uzoq masofalarga
uzatishda qo‘llaniladi. 12-rasmda turli tolalar uchun xromatik dispersiya
qiymatining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi keltirilgan[2]. Uzatish liniyasining
xromatik dispersiyasi qiymati quyidagilarga sezgir:
Do'stlaringiz bilan baham: |