2-rasm. Optik tolaning tuzilishi
2. ASOSIY QISM
2.1 Optik tola turlari va ularning tavsiflari.
Bir modali va ko‘p modali optik tolalar.
To‘lqin uzunligiga nisbatan o‘zak
diametriga bog‘liq ravishda optik tolalar bir modali va ko‘p modaliga
bo‘linadi. Bir modali optik tolalarda ko‘pincha o‘zak diametri 7 —10 mkm (3a-
rasm), ko‘p modali optik tolalarda esa 50 — 62,5 mkm (3b-rasm) bo‘ladi. Ikkala
turda qobiq diametri 125 mkm ni tashkil etadi. Amaliyotda ko‘p modali va bir
modali optik tola diametrlarining boshqa qiymatlari ham mavjud. Bir modali
optik toladan faqat bir moda (yorug‘lik tashuvchi) uzatiladi. Ko‘p modali
optik toladan esa apertura burchagi doirasida tolaga turli burchaklar ostida
kiritiladigan bir necha yuzlab ruxsat etilgan modalarni bir vaqtda uzatish
mumkin. Barcha ruxsat etilgan modalar turli tarqalish yo‘nalishi va vaqtiga
ega.
Pog‘onali, gradiyentli va maxsus sindirish ko‘rsatkichIi optik tolalar.
Ko‘p
modali optik tolalar sindirish ko‘rsatkichi ko‘rinishi bo‘yicha pog‘onali (4a-rasm )
va gradiyent (4b-rasm)[1] tolalarga bo'linadi. Pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli
ko‘p modali optik tolalar ikki muhit chegarasida sindirish ko‘rsatkichlarining
keskin (pog‘ona ko‘rinishida) o‘zgarishi (n
1
dan n
2
ga) bilan xarakterlanadi.
Pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli optik tolalar o‘tkazish polosasini chegaralaydi,
lekin gradiyent sindirish ko‘rsatkichli optik tolalarga nisbatan arzon hisoblanadi.
Gradiyent sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik tolalar pog‘onali sindirish
ko‘rsatkichli tolalarga qaraganda ravon sindirish ko‘rsatkichi va modalararo
dispersiyaning kamayishi bo'yicha yuqori texnik ko‘rsatkichlarga ega. Chunki
gradiyent sindirish ko‘rsatkichli optik tolada modalarning tarqalish tezligi
(dispersiyasi) bir-biridan juda ham katta farq qilmaydi. Dispersiya
impulslarning kengayib ketishi va uzatilayotgan signallarning buzilishiga olib
keladi. Shuning uchun hozirda gradiyent sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali
optik tolalar keng tarqalgan.Gradiyent sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik
tolalarning eng asosiy kamchiligi ularning qimmatliligi va ishlab chiqarishning
murakkabligidir. Ko‘p modali optik tolalarda modalararo dispersiya o‘tkazish
polosasi va aloqa masofasini chegaralaydi. Shuning uchun ko‘p modali optik
tolalar, asosan, lokal tarmoqlarda va nisbatan past tezlikli raqamli TOAT
signallarini uzatishda ishlatiladi. Bir modali optik tolalardan magistral aloqa
tarm oqlarida foydalaniladi. Chunki bir modali optik tolalarda modalararo
dispersiya yuzaga kelmaydi, shuning uchun signallar ko‘p modali rejimga
qaraganda kam buzilish bilan uzatiladi. Ya’ni, bir modali optik tolalardan
foydalanish o ‘tkazish qobiliyatini oshiradi, lekin uzatuvchi qismda birmuncha
qimmat bo‘lgan lazer diodlardan foydalanish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |